1-mavzu. “Sohada axborot kommunikatsiya texnologiyalari” faniga kirish


Berilganlar, deganda avtomatik vositalar yordamida qayta ishlashnishi mumkin bo’lgan ko’rinishda taqdim qilinadigan axborotlar



Yüklə 5,45 Mb.
səhifə3/12
tarix26.10.2023
ölçüsü5,45 Mb.
#131237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma\'ruza mashg\'uloti

Berilganlar, deganda avtomatik vositalar yordamida qayta ishlashnishi mumkin bo’lgan ko’rinishda taqdim qilinadigan axborotlar tushuniladi .
Berilganlar bilan bajariladigan amallar deganda, axborot jarayonlarida berilganlarni bir ko’rinishdan boshqa ko’rinishga keltirilishi tushuniladi.
Axborot - borliq haqidagi noaniqliklarni kamaytiruvchi ma’lumot lar bo’lib, u saqlash, o’zartirish, uzatish va foydalanish obekti hisoblanadi.


Xabar - bu axborotlarni nutq, matn, tasvir, raqamli berilganlar, grafiklar, jadvallar kabi ko’rinishlarda taqdim qilish shaklidir.

Axborotni yozish va saqlashga mo’ljallangan material obyekt axborot tashuvchisi deyiladi, material buyumlar, qog’oz, kitob, disk, optik disklar va h.k.
Axborotlarni saqlash, uzatish, qayta ishlash, qidirish va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar axborot jarayonlari deyiladi





Texnologiya” so'zi lotincha “thexnos” - san’at, hunar, soha va “logos” - fan degan ma’noni bildiradi.
Texnologiya so'zi - biror vazifani bajarishda uning turli xil usullarini ko'rinishini anglatadi
Kompyuter faqat sonli ko’rinishdagi taqdim qilingan axborotlarni qayta ishlay oladi. Kompyuterda qayta ishlanishi kerak bo’lgan boshqa barcha axborotlar sonli shaklga keltiriladi. Masalan, musiqiy tovushni sonli ko’rinishga keltirish uchun, kichik vaqt oralig’idagi aniq chastotalarda tovush intensivigini o’lchash va har bir o’lchash natijalarni sonli ko’rinishda qayd qilinib boriladi.
Axborot texnologiyasi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar («Axborotlashtirish to’g’risida» gi qonun, 2-modda).
Axborot texnologiyasi - obyekt-jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar (boshlang’ich axboroti)ni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.

Yüklə 5,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə