1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

Retrotsessionariy
-retrotsedentdan riskni qabul qilib oluvchi qayta 
sug‘urtalovchi kompaniya. 
Retrotsessiya
- 1) qayta sug‘urtalashga ilgari qabul qilib olingan risklarni 
yana qayta sug‘urtalashga berish; 2) risklarni uchlamchi joylashtirish. 
Sug‘urta portfeli
g‘sug‘urta kompaniyasiga kelib tushgan sug‘urta 
mukofotlarining 
yig‘indisi. 
Sug‘urtalangan 
ob’ektlar 
soni, 
sug‘urta 


 238 
shartnomalarining miqdori ham sug‘urta portfeli tushunchasini anglatadi. CHet 
mamlakatlar sug‘urta amaliyotida ushbu ibora ishlab topilgan sug‘urta 
mukofotining hajmi tushunchasiga to‘g‘ri keladi. 
Sug‘urta dalolatnomasi
- sug‘urta xodisasi ro‘y berganda sug‘urta 
kompaniyasi tomonidan tuziladigan xujjat. Dalolatnomada molg‘mulkning 
zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari, ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa 
ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug‘urta hodisasi va 
molg‘mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong‘inga 
qarshi kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo‘jaligi, veterinariya xizmati va 
boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug‘urta munosabatlarida sug‘urta 
dalolatnomasini adjaster tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi. 
Sug‘urta mukofoti-
sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta summasiga 
nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug‘urta mukofotining miqdori aniq summalarda 
ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar 
keltirish fuqarolik javobgarligini sug‘urtasida sug‘urta mukofoti aniq pul birligida 
ko‘rsatiladi. 
Sug‘urtaviy foyda
- sug‘urta xizmatining bahosi va tannarxi o‘rtasidagi farq. 
Sug‘urtaviy foyda sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish natijasida shakllanadi. 
Sug‘urtaviy foyda balans uslubi asosida sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta 
operatsiyalari tannarxini o‘zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Sug‘urta 
operatsiyalarining tannarxi bu, sug‘urta kompaniyasining sug‘urta himoyasini 
ta’minlashga qaratilgan to‘g‘ri va egri, (shu jumladan zahira fondlariga ajratmalar) 
xarajatlarning yig‘indisidir. Odatda, sug‘urta tarifini hisoblashda nettog‘stavkaga 
yuklamada foyda ulushi ham ko‘rsatiladi. SHakllanish manbaiga ko‘ra, 
haqiqatdagi sug‘urtaviy foyda o‘z ichiga quyidagi foyda turlarini oladi: sug‘urta 
summasi zararlik ko‘rsatkichini kamaytirishdan olingan foyda, boshqaruv 
xarajatlarini iqtisod qilish natijasida olingan foyda, investitsiyadan olingan foyda 
va sug‘urta tarifida belgilangan foyda. 
Sug‘urta puli
- sug‘urta majburiyatini bajarish hamda sug‘urta 
operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‘lmasdan o‘zaro kelishgan holda bir qancha sug‘urta 
kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik 
ob’ektlarni sug‘urtalash maqsadida tashkil etiladi. Har qaysi kompaniya o‘z 
sug‘urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta 
mukofotlarining bir qismini oladi. Olingan sug‘urta mukofotlari hajmida sug‘urta 
koplamasini to‘lash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi. Xorijiy 


 239 
mamlakatlarda aviatsiya, atom, xarbiy risklarni sug‘urtalash uchun sug‘urta puli 
tashkil etilgan. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə