1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 Sug‘urta tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning zarurligi va



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

4. Sug‘urta tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning zarurligi va
uning faoliyatini litsenziyalash tartibi 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 
Qonunining 15-moddasida sug‘urta faoliyatini litsenziyalash masalalari ko‘rsatib 
o‘tilgan. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda 
maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi. 
Litsenziya sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta qilish sohasida yoxud umumiy 
sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni 
sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi 
umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas
umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
belgilaydigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasnodir. Umumiy sug‘urta 
sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta 
qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. 
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug‘urta turlari 
(klasslari) ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini 
yanada rivojlanlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan sug‘urta 
faoliyati klassifikatori tasdiqlangan. Unda hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i 4 ta 
klassdan, umumiy sug‘urta tarmog‘i 17 ta klassdan iborat ekanligi ko‘rsatilgan.
Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishining to‘xtatib turilishi uning yangi 
sug‘urta shartnomalari tuzishi taqiqlanishiga, shu jumladan amaldagi sug‘urta 
shartnomalari uzaytirilishining taqiqlanishiga sabab bo‘ladi. Bunda sug‘urtalovchi 
ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan 
majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga majburdir. Litsenziyaning amal 
qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi 
sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda sudga murojaat etishi shart. 
Sug‘urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari to‘xtatib 
turiladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tayinlagan sug‘urtalovchining 
muvaqqat ma’muriyatiga o‘tadi. Muvaqqat ma’muriyat sud qaror chiqargunga 


 264 
qadar bo‘lgan davrda o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Sug‘urtalovchi muvaqqat 
ma’muriyatining hisoboti maxsus vakolatli davlat organiga hamda sug‘urtalovchini 
tugatish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining arizasi yo‘llangan sudga 
taqdim etiladi. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati o‘z faoliyati davrida 
xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, sug‘urtalovchining 
boshqaruv xarajatlari (ma’muriy xarajatlari), sug‘urtalovchiga tushayotgan pullarni 
hisobga yozish va ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta 
hodisalari yuz berganda sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash bilan bog‘liq 
hollar bundan mustasnodir. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining ishlash 
tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning 
qoidalari sug‘urtalovchining arizasiga binoan litsenziya bekor qilingan hollarga, 
shuningdek uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlarida shunday 
vakolat berilgan sug‘urtalovchining boshqaruv organi qaroriga binoan qayta tashkil 
etilishi yoxud tugatilishiga taalluqli emas. 
Sug‘urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 27 noyabrda qabul qilgan 
qaroriga ko‘ra, sug‘urta kompaniyalari ustav kapitaliga talablar qo‘yildi7.
Sug‘urtalovchi ustav fondining kamida to‘qson foizi muassislarning pul 
mablag‘laridan shakllantiriladi. Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish 
uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan 
mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sug‘urtalovchining ustav fondi 
litsenziya olinadigan paytga qadar sug‘urtalovchining muassislari tomonidan 
to‘langan bo‘lishi kerak. Sug‘urta kompaniyalari ustav fondining eng kam miqdori: 
qayta sug‘urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun (agar 
faoliyat mavzusi faqat qayta sug‘urta qilish bo‘lsa) - 2 mln AQSH dollariga teng 
summada belgilandi. Majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi 
sug‘urtalovchilar uchun ustav fondining eng kam miqdori 500 ming AQSH 
dollariga teng miqdordagi summada belgilandi. 
SHuni alohida ta’kidlash joizki, 2007 yil 10 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 618-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh 
qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 618-son qaroriga muvofiq, 
sug‘urta kompaniyalari ustav kapitali eng kam miqdoriga yangi talab o‘rnatildi. 
Qayta sug‘urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun (agar 
7
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori.” 


 265 
faoliyat mavzusi faqat qayta sug‘urta qilish bo‘lsa) - 3 mln AQSH dollariga teng 
summada belgilandi. Majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi 
sug‘urtalovchilar uchun ustav fondining eng kam miqdori 1,0 mln. AQSH 
dollariga teng miqdordagi summada belgilandi. 
Vazirlar 
Mahkamasining 
yuqorida 
ko‘rsatib 
o‘tilgan 
qarori 
bilan 
“Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash 
to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, sug‘urtalovchilar va sug‘urta 
brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
yuridik shaxslar sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini 
amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlari bo‘lishlari mumkin. Sug‘urtalovchi 
va sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning 
amal qilish muddati, qoidaga ko‘ra, cheklanmaydi. Litsenziyaning amal qilishi 
litsenziya berilgan kundan boshlanadi. 
Sug‘urta tashkilotlari litsenziya olishlari uchun quyidagi talab va shartlarga javob 
berishlari zarur: 
-O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga 
rioya qilish; 
-sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonun hujjatlari 
talablariga muvofiq maxfiyligini ta’minlash; 
-litsenziyalovchi organ talabiga ko‘ra sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga doir 
qonun hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish; 
-litsenziya talabgori rahbari oliy ma’lumotga hamda sug‘urta sohasida kamida ikki 
yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak; 
-litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari boshqa sug‘urta tashkilotlarida rahbar 
lavozimini egallashga haqli emas.
a) sug‘urtalovchilar uchun: 
ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud 
bo‘lishi; 
b) sug‘urta brokerlari uchun: 
sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma 
majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash;
sug‘urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va 
bajarilishi; 
sug‘urtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga 
oshirish. 


 266 
Litsenziya olish uchun sug‘urta kompaniyasi litsenziyalovchi organga quyidagi 
hujjatlarni taqdim etadi: 
a) sug‘urtalovchilar uchun: 
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta 
manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs 
amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi hamda ko‘rsatib 
o‘tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan litsenziya berish 
to‘g‘risida ariza; 
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning 
notarial tasdiqlangan nusxasi; 
rahbar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi va 
mehnat daftarchasidan ko‘chirma); 
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi 
organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi 
hujjat; 
ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitali 
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul 
qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar);
sug‘urta faoliyatining iqtisodiy asoslanishi, unga sug‘urtalash operatsiyalarini 
rivojlantirish prognozini, ehtimol tutilgan qayta sug‘urtalash bitishuvlari rejasini, 
sug‘urta zahiralarining hisob-kitob rejasini o‘z ichiga oluvchi litsenziyalanayotgan 
sug‘urta klassi bo‘yicha biznes-reja kiradi;
sug‘urtalashning litsenziya talab qilinadigan turlari bo‘yicha qoidalar (shartlar), 
litsenziyada quyidagilar bo‘ladi: sug‘urtalash sub’ektlari doirasini belgilash va 
sug‘urta shartnomasi tuzish bo‘yicha cheklashlar, sug‘urta ob’ektlarini belgilash, 
sug‘urta hodisalari ro‘yxatini belgilash - ushbu holatlar ro‘y berganda 
sug‘urtalovchining sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlari paydo bo‘ladi, 
(asosiy va qo‘shimcha shartlar), olib qo‘yish (tavakkalchilarning yoki mol-
muklarni) bunda sug‘urtalovchi majburiyatlarni bajarmasdan ozod bo‘ladi, 
sug‘urta mukofotlari tariflari (stavkalari), sug‘urtalashning eng ko‘p (eng kam) 
muddati, sug‘urta shartnomalarini tuzish va sug‘urta mukofotlarini to‘lash tartibi, 
tomonlarning sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari va sug‘urta 
shartnomalari bo‘yicha to‘lovni rad etishning mumkin bo‘lgan holatlari sug‘urta 
shartnomasi bo‘yicha e’tirozlarni ko‘rib chiqish tartibi. Qoidalarga sug‘urta 
shartnomalari namunalari ilova qilinishi kerak. Litsenziya talabgori rahbari 
tomonidan tasdiqlangan sug‘urtalash qoidalari (shartlari) ikki nusxada taqdim 
etiladi, ularning betlari tikilgan va raqamlangan bo‘lishi kerak. Faoliyat turi faqat 


 267 
qayta sug‘urta qilishdan iborat bo‘lgan litsenziya talabgorlari mazkur bandda 
ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni taqdim etadilar, sug‘urtalash qoidalari (shartlari)ga oid 
xat boshi bundan mustasno. 
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.
Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston 
Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida 
yig‘im undiriladi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi 
litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori 
berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash 
ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilovaga qarang). Ilova 
keltirilgan sxemadan ko‘rinib turibdiki, sug‘urtalovchilar va sug‘urta 
brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash jarayoni 6 ta bosqichni o‘z ichiga 
olib, dastlab litsenziya talabgori zarur hujjatlarni tayyorlaydi va uni ko‘rib chiqish 
uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi. Keyingi bosqichda hujjatlar Moliya 
vazirligi tomonidan qabul qilinadi va ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyaga 
beriladi. Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o‘rganib chiqib, 
sug‘urtalovchiga yoki sug‘urta brokeriga litsenziya berish yoxud litsenziya 
berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
SHunday qilib xulosa qilish mumkinki, O‘zbekistonda sug‘urta nazorati davlat 
organiga yuklatilgan sug‘urta faoliyatini litsenziyalash vakolati, pirovardida, 
barcha sug‘urtalanuvchilarning, ya’ni sug‘urta kompaniyalari mijozlarining 
qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bunday tizimining yaratilganligi 
nafaqat sug‘urtalanuvchilarning, balki davlatning manfaatlariga mos keladi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə