1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonunchilik hujjatlari



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

2. Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonunchilik hujjatlari 
Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini ikki turga bo‘lish 
mumkin: 

sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlar; 

sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi umumiy qonunlar 


 244 
Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlarga O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yilning 5 aprelida qabul qilingan 
va shu yilning 28 mayida amaliyotga joriy etilgan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi 
Qonuni hamda 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonuni, 2009 yil 16 
aprelda qabul qilingan “Ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus 
qonunlar hisoblanadi.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi 
tomonlarning qonuniy manfaatlarini himoya etish maqsadida 1993 yili Oliy Majlis 
“Sug‘urta to‘g‘risida” Qonun qabul qilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida mazkur 
qonunga ikki marta qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Tabiiyki, bu qonun 
o‘sha paytda mavjud bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarni hisobga olgan holda ishlab 
chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ushbu qonun 
sug‘urta munosabatlari qatnashchilari uchun biroz yumshatilgan holatda amal qildi. 
Jumladan, 
unda 
sug‘urta 
tashkilotlari 
tugatilgan 
taqdirda 
ularning 
sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatini bajarish tartibi to‘liq yoritilmagan. 
SHuningdek, bu qonunda qonunchilik talablarini buzganlik uchun tomonlarning 
javobgarligi o‘z aksini topmagan hamda davlat sug‘urta nazorati organining 
sug‘urta tashkilotlariga nisbatan ta’sir qilish imkoniyati keskin chegaralangan edi. 
Bayon etilgan holatlar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi 
bosqichi talablarini hisobga olgan holda, amaldagi “Sug‘urta to‘g‘risida”gi 
Qonunni yangilash va takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. SHuni 
e’tiborga olib, 2002 yilning 4-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq Oliy 
Majlisning sakkizinchi sessiyasida “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi yangidan 
ishlab chiqilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi 
va qabul qilindi.
Ma’lumki, sug‘urta sohasini huquqiy tartibga soluvchi 2002 yil aprel 
oyigacha amalda bo‘lgan qonun “Sug‘urta to‘g‘risida” deb ataladi. holbuki, biz 


 245 
fikr-mulohaza yuritmoqchi bo‘lgan qonunning nomi esa “Sug‘urta faoliyati 
to‘g‘risida” deyiladi va shubhasiz, bu holat diqqatimizni o‘ziga jalb etdi. 
Ko‘pchilik muhtaram talabalarimizda haqli savol tug‘ilishi mumkin: sug‘urta va 
sug‘urta faoliyati tushunchalari o‘rtasida farq bormi? Savolga javoban biz 
mutaxassislar aytamizki: farq bor. Sug‘urtaning mohiyatini oddiy til bilan 
ifodalaydigan bo‘lsak, oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan har xil hodisalar ro‘y berishi 
oqibatida yuridik va jismoniy shaxslar ko‘radigan zararlarni sug‘urta tashkiloti 
tomonidan qoplash bilan bog‘liq munosabat. SHuni esdan chiqarmaslik lozimki
sug‘urta tashkiloti o‘z xizmatini mijozlarga tegishli haq - sug‘urta mukofoti to‘lash 
evaziga ko‘rsatadi. Sug‘urtalovchi mijozlardan kelib tushgan sug‘urta mukofotlari 
hisobidan maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etadi va bu jamg‘arma mablag‘lari 
faqat sug‘urta hodisalari tufayli ko‘rilgan zararlarni qoplaydi. E’tibor bergan 
bo‘lsangiz, sug‘urta munosabatlarida ikkita tomon ishtirok etyapdi: sug‘urta 
tashkiloti 
(sug‘urtalovchi) 
va 
yuridik 
hamda 
jismoniy 
shaxslar 
(sug‘urtalanuvchilar). Endi, sug‘urta faoliyati tushunchasiga kelsak, qonunda 
ta’kidlanishicha, u sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani 
amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati. Sug‘urta bozorining professional 
ishtirokchilari faqatgina sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchidan iborat emas. Unda 
qayta sug‘urtalovchilar, qayta sug‘urtalanuvchilar, sug‘urta brokerlari va agentlari 
ham ishtirok etadi.
YAngi qonunning e’tiborga molik tomonlaridan biri, unda, aniqroq 
aytadigan bo‘lsak, uning 4-moddasida sug‘urtalovchilarning sug‘urtani amalga 
oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanishlari mumkin emasligi qayd etilgan. Qayd etish joizki, sug‘urta 
faoliyati ham tadbirkorlikning bir ko‘rinishi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni 
erkinlashtirish jarayonlari kechayotgan va tadbirkorlik harakatlariga keng yo‘l 
ochilayotgan bir paytda, tadbirkorlik tizimining muhim bo‘g‘inlaridan bo‘lgan-
sug‘urtalovchilar uchun bunday cheklovning qonun yo‘li bilan belgilanishiga 
sabab nima? o‘tgan yillar tajribasi shundan dalolat beradiki, ko‘pgina sug‘urta 


 246 
tashkilotlari “sug‘urtalovchi” niqobi ostida turli tijorat operatsiyalarini, xususan, 
savdo-vositachilik ishlarini amalga oshirdilar. YUridik va jismoniy shaxslarni 
sug‘urta qilish hisobiga kelib tushgan sug‘urta mukofotlari, qoidaga ko‘ra, sug‘urta 
qoplamalarini to‘lashga mo‘ljallangan zahira jamg‘armalarini tashkil etishga 
sarflanmasdan, balki sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirishga sarflangan holatlar ham bo‘lgan. Sug‘urtaning eng 
asosiy prinsiplaridan biri-sug‘urtalovchilarning o‘z zimmalariga olgan 
majburiyatlarini bajarishni ta’minlaydigan sug‘urta zahiralariga ega bo‘lishidir. 
Taassufki, ba’zi sug‘urtalovchilarimiz, bunday zahiralarni shakllantirmaganliklari 
oqibatida murakkab moliyaviy holatni boshidan kechirganligi sir emas. Ayniqsa, 
bu ko‘p ming sonli sug‘urtalanuvchilar uchun noqulay vaziyatni vujudga keltirishi 
mumkin.
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida» Qonunning diqqatga sazovor joylaridan yana 
biri, uning 10-moddasida sug‘urta tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
tartibini aniq ko‘rsatib qo‘yilganligidir. Ma’lumki, qonun hujjatlariga muvofiq, 
aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkilotlari o‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganlar. Ammo, uzoq vaqt, 
aniqrog‘i, 1998 yilning birinchi yarmigacha sug‘urta faoliyatini tartibga solish 
vakolati berilgan davlat sug‘urta nazorati organining tashkil etilmaganligi va ilgari 
Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan tashkilotlarning faoliyati hech kim 
tomonidan nazorat qilinmaganligi oqibatida yangi tashkil etilgan sug‘urta 
tashkilotlarini davlat ro‘yxatiga olishda muammolar paydo bo‘lgan. 
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun 29 ta moddadan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug‘urtaviy 
huquqiy munosabatlarga bag‘ishlangan. Unda jami 47 ta modda mavjud. Kodeks 
sug‘urta tashilotlari bilan sug‘urtalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga 
solsa, «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun sug‘urta tashkilotlari va davlat 
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 


 247 
 
Mustaqillik yillari sug‘urta sohasini huquqiy tartibga solishga qaratilgan 
qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi 
dastlabki “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonun 1993 yil 6 mayda qabul qilingan. 
Keyinchalik mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, sug‘urta tizimida yuz 
bergan o‘zgarishlarni hisobga olib, mazkur qonun bekor qilindi va yangi tahrirda 
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 1993-2009 yillar davomida 
milliy sug‘urta tizimi faoliyatini qonuniy tartibga solish bilan bog‘liq o‘nlab 
qonunchilik hujjatlari qabul qilindi va ular muntazam takomillashtirilib 
borilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyati qonunchilik bazasini shartli 
ravishda to‘rt guruhga ajratish mumkin. 
1)
Sug‘urtalovchilar va boshqa sug‘urta bozori professional ishtirokchilarini 
tuzish, ularning faoliyatini litsenziyalash, yuritish va tugatish hamda sug‘urta 
shartnomalarini imzolash va ijro etilishini ta’minlash bilan bog‘liq qonunchilik 
hujjatlari. Mazkur qonunchilik hujjatlari tarkibiga, birinchi galda, O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksini kiritish mumkin. Ushbu kodeksning 52-bobi 
sug‘urtaga bag‘ishlangan bo‘lib, unda jami 48 ta modda mavjud. Kodeksda 
mulkiy, shaxsiy sug‘urta va zarar etkazganlik uchun javobgarlikni hamda 
tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish bo‘yicha shartnomalarni tuzish shartlari bayon 
etilgan. SHuningdek, sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydigan manfaatlar ham 
kodeksda ko‘rsatib o‘tilgan. Sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydigan manfaatlarga 
quyidagilar kiradi: 
- g‘ayriqonuniy manfaatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi; 
- qimor, lotereya va garov o‘yinlarida ishtirok etishda ko‘riladigshan zararni 
sug‘urtlashga yo‘l qo‘yilmaydi; 
- garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin 
bo‘lgan harajatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Fuqarolik kodeksida majburiy sug‘urta va majburiy davlat sug‘urtasini 
amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Xususan, majburiy 


 248 
sug‘urta sug‘urta qildiruvchining o‘z mablag‘lari, davlat majburiy sug‘urtasi esa 
Davlat byuyudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ta’kidlangan. 
Kodeksning eng muhim jihati shundaki, unda sug‘urta shartnomasining 
mazmuniga oid normalar mavjud. Masalan, kodeksning 922-moddasida sug‘urta 
shartnomasining muhim shartlari keltirilgan. 
Sug‘urta faoliyatini tartibga 
soluvchi qonunchilik hujjatlari ichida 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug‘urta 
faoliyati to‘g‘risida” gi Qonun muhim o‘rin tutadi. Mazkur qonunga 2009 yil 1 
oktyabr holatiga qadar qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. Ushbu 
qonunning muhim tomoni shundaki, unda maxsus vakolatli davlat organining 
vakolatiga kiruvchi vazifalari bayon etilgan, bundan tashqari, unda sug‘urta bozori 
professional ishtirokchilarini tuzish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, 
sug‘urtalovchilarning ustav fondiga o‘rnatilgan talablar ko‘rsatib o‘tilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli 
qarori asosida “Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini 
litsenziyalash to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan. Nizomda litsenziya talablari va 
shartlari, litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, arizalarni ko‘rib chiqish va 
litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish 
kabi masalalar yoritilgan. 
Sug‘urtalovchining 
sug‘urta 
faoliyatini 
litsenziyalashdagi 
asosiy 
masalalardan biri amalga oshirilishi rejalashtirilgan sug‘urta faoliyatining iqtisodiy 
asoslanishi hisoblanadi. Asosnomada litsenziya talabgorining sug‘urtalash 
operatsiyalarini rivojlantirish prognozi, ehtimol tutilgan qayta sug‘urtalash 
bitishuvlari va sug‘urta zahiralarining hisob-kitob rejasini o‘z ichiga oluvchi 
litsenziyalanayotgan sug‘urta klassi bo‘yicha biznes-reja ilova qilingan bo‘lishi 
lozim. Maxsus vakolatli davlat organiga da’vogar sug‘urtalashning litsenziya talab 
qilinadigan turlari bo‘yicha qoidalarni ham tiaqdim etishi talab qilinadi. Qoidada 
sug‘urtalash ob’ektlari doirasi va sug‘urta shartnomasidagi umumiy istisnolar, 
sug‘urta hodisalari ro‘yxati belgilanishi zarur. SHuningdek, sug‘urta qilish 


 249 
qoidalarida sug‘urta mukofotlari tariflari, sug‘urtalashning eng ko‘p (eng kam) 
muddati, sug‘urta shartnomalarini tuzish va sug‘urta mukofotlarini to‘lash tartibi, 
tomonlarning sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari va sug‘urta 
shartnomalari bo‘yicha to‘lovni rad etishning mumkin bo‘lgan holatlari, sug‘urta 
shartnomasi bo‘yicha e’tirozlarni ko‘rib chiqish tartibi ham atroflicha o‘z aksini 
topgan bo‘lishi kerak.
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan 
maxsus vakolatli davlat organi sug‘urtalovchining ijro etuvchi organi rahbarlari va 
bosh buxgalteriga ijro etilishi majburiy bo‘lgan malaka talablarini belgilaydi. 
SHunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2008 yil 11 
iyundagi 61-son buyrug‘i bilan “Sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) 
rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risida”gi Nizom 
tasdiqlangan. Ushbu Nizom 2008 yil 18 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligida 1827-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan. Nizomga muvofiq 
sug‘urtalovchi yoki sug‘urta brokeri va bosh buxgalteri lavozimiga tavsiya 
etilayotgan nomzodlarning hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 
ular lavozimga tayinlanishidan oldin malaka talablariga javob berishini o‘rganish 
nuqtai nazaridan taqdim etiladi. Nizomga asosan sug‘urtalovchining yoki sug‘urta 
brokerining rahbari quyidagi malaka talablariga javob berishi kerak: 
a) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumotga 
yoki x’orijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasigi oliy ma’lumotga ekvivalent deb tan olingan 
oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; 
b) sug‘urta sohasida ikki yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi. 
Bundan tashqari, sug‘urtalovchi va sug‘urta brokerining bosh buxgalteri 
quyidagi malaka talablariga mos kelishi shart: 
a) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumotga 
yoki xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga 


 250 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasigi oliy ma’lumotga ekvivalent deb tan olingan 
oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; 
b) buxgalter sifatida 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi, shundan 
sug‘urta sohasida buxgalter sifatida bir yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega 
bo‘lishi kerak. 
2) 
Sug‘urtalovchilar uchun prudensial talablarni belgilovchi normativ-
huquqiy hujjatlar.
Sug‘urta faoliyatini tartibga solish bilan bog‘liq prudensial talablar 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2008 yil 22 apreldagi 41-son 
buyrug‘iga muvofiq tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 
2008 yil 12 mayda 1806-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Sug‘urtalovchilar va 
qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining 2008 yil 20 noyabrdagi 107-son buyrug‘iga 
binoan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2008 yil 15 dekabrda 1882-son bilan 
davlat ro‘yxatiga olingan “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zahiralari to‘g‘risidagi 
Nizom” va boshqa shu kabi normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan. 
Xususan, “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati 
to‘g‘risida”gi Nizomda sug‘urtalovchining alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha 
majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdori sug‘urta zahiralari va o‘z 
mablag‘lari manbalari summasining 20 foizidan oshmasligi shart ekanligi ko‘rsatib 
o‘tilgan. Masalan, sug‘urtalovchining sug‘urta zahiralari va o‘z mablag‘lari 
miqdori 5,0 mlrd so‘mni tashkil etadi. Demak, nizomga asosan sug‘urtalovchining 
alohida tavakkalchiliklar, ya’ni bitta sug‘urta shartnomasi doirasida zimmasiga 
olmoqchi bo‘lgan majburiyati 1,0 mlrd so‘mdan oshib ketmasligi zarur. Agar 
sug‘urta majburiyati miqdori 1,0 mlrd so‘mdan oshib ketsa, u holda sug‘urtalovchi 
oshgan summani qayta sug‘urta qilishi shart. 
Umumiy sug‘urta sohasida yoki faqat qayta sug‘urta qilish faoliyatini 
amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun majburiyatlarning jami miqdori o‘z 
mablag‘lari manbalari summasining 200 foizidan oshib ketmasligi zarur. Bu haqda 


 251 
“Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risida”gi 
Nizomda aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Sug‘urtalovchining o‘z mablag‘lari deganda, 
ustav fondi, qo‘shimcha kapital, zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda va 
maqsadli tushumlar summalarining yig‘indisi tushuniladi. 
Amaldagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha sug‘urtalovchilar yuridik va 
jismoniy shaxslarni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta 
mukofotlari hisobidan o‘rnatilgan tartibda sug‘urta zahirasiga mablag‘lar ajratishi 
shart. Sug‘urta zahiralarini shakllantirish bo‘yicha talablar va ularni hisob-kitob 
qilish tartibi “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zahiralari to‘g‘risida”gi Nizomda 
qayd etilgan. Sug‘urta zahiralari har bir sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta tovoni 
to‘lanishi zarur bo‘lgan valyutada shakllantiriladi. Sug‘urtalovchi sug‘urta 
zahirasini buxgalteriya hisobotini tuzish paytida hisobot davri holatiga sug‘urta 
faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha olingan moliyaviy natijani aniqlashda 
hisoblaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2008 yil 11 iyuldagi 77-
sonli, Davlat soliq qo‘mitasining 2008-3-sonli va Monopoliyadan chiqarish, 
raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2008 yil 26 
iyuldagi 13-son qarorlari bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligida 2008 yil 15 avgustda 1842-son bilan ro‘yxatga olingan “Sug‘urta 
faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga 
jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda sug‘urtalovchilarga 
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima 
sanksiyalarini qo‘llash tartibi belgilangan. Nizom O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2008 yil 21 maydagi PQ-872-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini 
yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Mazkur Nizomga muvofiq sug‘urta faoliyati 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima 
sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi 
va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi- O‘zbekiston Respublikasi 


 252 
Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari, sug‘urtalovchilar tomonidan buzganligi uchun ularga sug‘urta faoliyati 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav 
fondi eng kam miqdorining 1,0 foizi miqdorigacha jarima solinadi. 
3)
Sug‘urta munosabatlari ishtirokchilariga imtiyozlar berish bilan bog‘liq 
qonunchilik hujjatlari. Bunday toifadagi hujjatlarga O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “2006-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish 
va sersis sohasi rivojlanishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006 yil 
17 apreldagi PQ-325 son, “2010 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston 
Respublikasida xizmat ko‘rsatish va sersis sohasi rivojlanishini jadallashtirish 
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2007 yil 21 maydagi PQ-640-
son qarorlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta 
xizmatlari bozorini rivojlantirish va yanada isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” gi 2007 yil 10 apreldagi 618-son Farmoni hamda “Sug‘urta xizmatlari 
bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” 2008 yil 21 maydagi PQ-872-son Qarori kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-2010 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasida xizmat ko‘rsatish va sersis sohasi rivojlanishini jadallashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-son Qaroriga asosan 
sug‘urta faoliyatidan olinadigan daromad (foyda) 3 yil muddatga daromad (foyda) 
solig‘i to‘lashdan ozod etildi. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish va sersis sohasi 
rivojlanishini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
2007 yil 21 maydagi PQ-640 son Qaroriga muvofiq sug‘urta bozori professional 
ishtirokchilari daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini 
yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil apreldagi 
PQ-618 son Qarori mamlakatimizda sug‘urta bozorini yangi pog‘onaga 
ko‘tarilishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Avvalo mazkur farmonga asosan 


 253 
sug‘urta bozorini rivojlantirish hamda yuridik va jismoniy shaxslarning 
sug‘urtalashda keng qatnashishini rag‘batlantirish maqsadidi mol-mulkni va 
hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari soliqqa 
tortilmasligi belgilab qo‘yildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini 
yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 
2008 yil 21 maydagi PQ-872- son Qarori asosida sug‘urtalovchilarga soliq 
imtiyozlari berildi (3-ilova). YA’ni, 2008 yilning 1 iyunidan boshlab uch yil 
muddatga yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtalovchilar aksiyalari bo‘yyicha 
dividendlar ko‘rinishida olingan daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘i 
hamda jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini tshlashdan ozod qilindi. 
SHuningdek, sug‘urtalovchilarning dividendlar va foizlar ko‘rinishida olingan 
daromadlari ham yuridik shaxslarning foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilindi va 
soliqdan bo‘shagan mablag‘lar respublika hududlarida, birinchi navbatda, qishloq 
joylarida hududiy bo‘linmalarni, keng tarmoqli agentlik tizimini tashkil qilish, 
shuningdek, ularning mlddiy-texnika bazasini rivojlantirishga maqsadli 
yo‘naltirilishi qarorda qat’iy belgilab qo‘yildi. 
4)
Sug‘urtaning ayrim turlarini amalga oshirish tartibini belgilovchi 
qonunchilik hujjatlari. Sug‘urta faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik 
hujjatlarining mazkur guruhiga «Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki 
suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy sug‘urtasi 
to‘g‘risida» 1993 yil 7 mayda, «Transport vositalari egalarining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida» 2008 yil 21 aprelda va «Ish 
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida» 2009 yil 
16 aprelda qabul qilingan qonunlarni kiritish mumkin. 
2008 yil 21 aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonun 41 
moddadan iborat bo‘lib, unda majburiy sug‘urtani amalga oshirishning tartibi va 
shartlari, xususan, transport vositalari egalarining o‘z fuqarolik javobgarligini 


 254 
sug‘urta qilish majburiyati, majburiy sug‘urta shartnomasi, majburiy sug‘urta 
bo‘yicha sug‘urta tariflarini davlat tomonidan tartibga solish kabi huquqiy 
normalar o‘z aksini topgan. SHuningdek, sug‘urta mukofoti, sug‘urta mukofoti 
bo‘yicha siylovlar, majburiy sug‘urtani amalga oshiruvchi sug‘urtalovchilarga 
qo‘yilgan talablar, sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishi natijasida etkazilgan zararlarni 
qoplash tartibi ham mazkur qonunda yoritib berilgan. 
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta 
qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport 
vositalari egalarining Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari 
haqida” 2008 yil 24 iyundagi 141-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan. Ushbu 
qarorda majburiy sug‘urtani amalga oshirishning barcha qirralari ko‘rsatib o‘tilgan. 
2009 yil 16 aprelda “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bu 
qonunni qabul qilishdan maqsad xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan 
bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘ligi 
boshqacha tarzda shikastlanishi natijasida uning hayoti va sog‘ligiga etkazilgan 
zararni qoplash bo‘yicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urta qilish hisoblanadi. Qonunda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish shartlari va tartibi, sug‘urta hodisasi yuz 
berganda sug‘urta tovonini to‘lash kabi huquqiy normalar yoritilgan. SHuningdek, 
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sub’ektlarining 
huquq va majburiyatlari, sug‘urtalovchi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha 
sug‘urtalovchi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari ham qonunda aniq bayon 
etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2009 yil 24 iyunda “Ish 
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 177-
sonli qaror qabul qildi. Bu qarorga muvofiq ish beruvchining fuqarolik 


 255 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari tasdiqlandi. Mazkur qoidalarda ish 
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini 
tuzish, o‘zgartirish va uning amal qilishini muddatidan oldin to‘xtatish tartibi, 
sug‘urta summasi, sug‘urta mukofoti va uni to‘lash shartlari, shartnomada ishtirok 
etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlari kabi holatlarni huquqiy tartibga 
soluvchi jihatlar ko‘rsatib o‘tilgan 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə