1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 Sug‘urta vositachilarining sug‘urta faoliyatida tutgan o‘rni va ularning



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

4. Sug‘urta vositachilarining sug‘urta faoliyatida tutgan o‘rni va ularning 
huquq-majburiyatlari 
 
 
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 5-
moddasida “Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyatining 
sub’ektlari hisoblanadi. Sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari hamda boshqa 
yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozorining 
prfessional ishtirokchilari hisoblanadilar”, deb qayd etilgan. 
Sug‘urta 
bozorining 
asosiy 
professional 
ishtirokchisi-sug‘urtalovchi. 
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Quyidagilar bundan 
mustasnodir: 
- maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya 
faoliyati; 
- sug‘urta sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish bilan bog‘liq 
faoliyat; 
- sug‘urta agenti sifatidagi sug‘urta vositachiligi; 
- binolarni ijaraga berish. 
O‘z navbatida, sug‘urtalovchilar mulkiy shakliga qarab, bir nechta turda 
bo‘ladi. Sug‘urta bozorida qayd etilgan qatnashchilardan tashqari, o‘zaro 
sug‘urtalash jamiyatlari ham faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Bu jamiyatlarning 
boshqasug‘urtalovchilardan farqi shundaki, ular foyda olish uchun intilmasdan, 
ko‘rilgan zararni o‘zaro hamkorlikda qoplashni nazarda tutadi. Statistik 
ma’lumotlar bo‘yicha, o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari xalqaro sug‘urta bozorida 
to‘plagan sug‘urta mukofoti hamda aktivlari jihatidan salmoqli o‘ringa ega. AQSH 
va YAponiya milliy sug‘urta bozorlarida o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlarining soni 
jami sug‘urta tashkilotlarining 50 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi. 
Hozirgi paytda respublikamizda faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlari 
qaysi sug‘urta sohasiga ixtisoslashganligiga qarab ikkiga bo‘linadi: haytni 
sug‘urtalashga ixtisoslashgan sug‘urta tashkilotlari hamda umumiy sug‘urta 
tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlari. 


 286 
Sug‘urta bozori professional ishtirokchilari tarkibiga sug‘urta brokeri ham 
kiradi. Sug‘urta brokeri- sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan 
sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni 
amalga oshiruvchi yuridik shaxs. O‘zbekistonda sug‘urta brokerlari tizimi 
shakllanish jarayonini boshidan kechirmoqda. Ammo hozirgi paytda sug‘urta 
xizmatlarining aksariyati ularning ishtirokisiz amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda sug‘urta bozorining barqaror rivojlanishi uning ishtirokchilari 
tarkibini yanada kengayishiga asos yaratmoqda. Bunga misol tariqasida sug‘urta 
bozoriga adjaster, syurveyer, aktuariy va assistans kabi tushunchalarning kirib 
kelganligini keltirish mumkin. 2007 yil 15 sentyabrda matbuotda e’lon qilingan 
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha 
va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
qabul qilinishi yuqorida nomlari zikr etilgan sug‘urta bozori yangi 
ishtirokchilarining huquqiy maqomini mustahkamlab berdi. Mazkur qonunning 9-
2-moddasida adjasterga quyidagicha ta’rif berilgan: “Adjaster sug‘urtalovchining 
topshirig‘i bo‘yicha quyidagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, o‘z shtatida tegishli 
mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega 
bo‘lgan jismoniy shaxsdir: 
- sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin sug‘urta ob’ektini ko‘zdan kechirish 
va tekshirish; 
- sug‘urta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish; 
- sug‘urta ob’ektining shikastlanish sabablarini va sug‘urta hodisasi 
mavjudligini aniqlash; 
- sug‘urta hodisasi mavjud bo‘lgan taqdirda- sug‘urta hodisasi oqibatida 
vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilash; 
- to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasini aniqlash; 
- sug‘urtalovchi uchun sug‘urta hodisasi bo‘yicha xulosa tuzish”. 
Adjaster o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 
amalga oshiradi. Adjaster: sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish 
operatsiyalari o‘tkazishga, sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga 
oshirishga, sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas. 
Adjaster xizmati ko‘rsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtirilib, undan 
sug‘urtalovchi zararlarning o‘rnini qoplash va nizolarni hal qilish chog‘ida 
foydalanishi mumkin. Adjasterning hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil 
sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Sug‘urta bozorining prfessional ishtirokchilar safiga aktuariylar ham kiradi. 
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha 
va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining9-4-
moddasiga asosan “Aktuariy quyidagilarni o‘z ichiga oladigan aktuar xizmatlar 
ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir: 


 287 
- Sug‘urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-
kitobini amalga oshirish, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman 
sug‘urta majmui bo‘yicha zarar etkazilishining takroriyligini va ularning oqibatlari 
og‘irligi darajasini belgilash; 
- sug‘urtalovchining zarur sug‘urta zahiralari va fondlarini matematik jihatdan 
asoslash hamda hisob-kitob qilish, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqish; 
- sug‘urtalovchining investitsiyalar sifatida to‘plangan badallardan 
foydalanishida kapital qo‘yilma normasi va netto-stavka miqdori o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga 
ko‘maklashadigan tarzda aniqlash; 
- sug‘urta jarayonini tashkil etish uchun zarur harajatlarni asoslash va sug‘urta 
xizmatlari tannarxini hisoblash; 
- sug‘urtaning har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini sug‘urtalovchilar uchun 
ularni o‘tkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli hususiyatini hisobga olgan 
holda belgilash; 
- sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati natijalarini baholash; 
- sug‘urtalovchining daromadlarini sug‘urtaning har xil turlari bo‘yicha 
rejalashtirish”. 
Sug‘urta syurveyeri ham sug‘urta bozorida muhim mavqega ega. Ammo, 
O‘zbekistonda syurveyer xizmati hali etarli darajada rivojlanmagan. Ammo 
shunday bo‘lishiga qaramay, syurveyerlarning faoliyati qonuniy jihatdan tartibga 
solinadi. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining9-6-moddasida sug‘urta syurveyeri haqida quyidagilar ko‘rsatib 
o‘tilgan: Sug‘urta syurveyeri quyidagilar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, o‘z 
shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim 
va malakaga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir: 
- sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar sug‘urta ob’ektini ko‘zdan kechirish va 
tekshirish; 
- sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va tavakkalchilik 
holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini aniqlash; 
- tekshirilayotgan sug‘urta ob’ekti bo‘yicha xulosa tuzish. 
Sug‘urta syurveyeri sug‘urtaga qabul qilinayotgan ob’ektlarni ko‘rikdan 
o‘tkazish bilan shug‘ullansa, sug‘urta assistansisug‘urtalovchilarga, sug‘urta 
qildiruvchilarga ko‘mak berishga ixtisoslashgan. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining9-8-moddasiga asosan, 
“Assistans sug‘urta qildiruvchilarga hamda sug‘urtalovchilarga sug‘urta 
shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar 
ko‘rsatuvchi, shuningdek, ularga moliyaviy ko‘mak beruvchi yuridik yoki jismoniy 


 288 
shaxsdir. Assistans o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga 
muvofiq amalga oshiradi. Assistans xizmatlariga sug‘urta qildiruvchilar 
(sug‘urtalangan shaxslar) ishtirokisiz faqat sug‘urtalovchilar tomonidan haq 
to‘lanadi. Assistans: sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish 
operatsiyalari o‘tkazishga, sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga 
oshirishga, sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas”.
Qayta sug‘urta tashkilotlari sug‘urta bozorining prfessional ishtirokchisi sifatida 
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy holatini mustahkamlashning muhim vositasi 
hisoblanadi. 
Qayta 
sug‘urtalovchi-sug‘urtalangan 
tavakkalchilikni 
qayta 
sug‘urtalash uchun qabul qilib oladigan yuridik shaxs. Qayta sug‘urtalovchi 
yordamida tavakkalchilikni ikkilamchi taqsimlash amalga oshiriladi. Qayta 
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta kompaniyasi ham bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda 
O‘zbekistonda yagona qayta sug‘urtalash kompaniyasi mavjud. 
Sug‘urta agentlarining faoliyati “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003 yil 
28 yanvardagi 19-son bug‘rug‘i bilan tasdiqlangan hamda 2003 yilning 1 fevralida 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1213-son bilan ro‘yxatga olingan 
“Sug‘urta agentlari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tartibga solinadi. 
Sug‘urtalovchining nomidan va uning topshirig‘iga muvofiq sug‘urta 
shartnomalarini tuzish hamda uning ijrosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni 
amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga sug‘urta agenti deyiladi.
Sug‘urta agenti- jismoniy shaxs o‘z nomiga, to‘lovlar naqd pul bilan amalga 
oshirilganida esa yaqin qarindoshlari nomiga sug‘urta shartnomalari bo‘yicha 
hujjatlar yozishga, shuningdek, o‘z foydasiga sug‘urta shartnomalari tuzishga va 
bunda mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta agenti sifatida ish ko‘rishga 
haqli emas. 
Sug‘urta agenti quyidagi huquqlarga ega: 
- sug‘urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sug‘urtaning har 
qanday turi, shu jumladan, majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha vositachilik 
faoliyatini amalga oshirish; 
- sug‘urtaga qabul qilinayotgan sug‘urta tavakkalchiligini baholashda, sug‘urta 
hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovini to‘lashda va sug‘urta qildiruvchining 
sug‘urta mukofotini to‘liq hajmda hamda sug‘urta shartnomasida belgilangan 
muddatlarda to‘lashida zarur ko‘mak ko‘rsatish; 
- sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta 
zahiralari hamda qabul qilingan majburiyatlarito‘g‘risida, shuningdek, 
sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa 
ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish; 
- sug‘urta qildiruvchilarning so‘roviga ko‘ra ularga sug‘urtaning amaldagi 
shartlari to‘g‘risida axborot berishi; 


 289 
- mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etgan ma’lumotlarning 
mahfiyligini saqlashi; 
- tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, sug‘urtalovchining topshirig‘iga ko‘ra 
va uning hisobidan sug‘urta to‘lovlari to‘lanishini tashkil etishi shart.
Sug‘urta agentining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan 
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Tabiiyki, agent bitimini tuzishdan oldin sug‘urta tashkiloti agent bilan suhbat 
uyushtiradi, zaruriyat bo‘lganda kasbiy faoliyatga layoqatlilik nuqtai nazaridan 
savol-javob tashkil etadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslar bilan agentlik 
bitimi imzolanadi. Amaldagi holatdan kelib chiqqanda, ayrim sug‘urtalovchilar 
agentni ishga qabul qilganlaridan so‘ng ularni sug‘urta tashkilotida tashkil etilgan 
agentlarni tayyorlash kurslarida bepul o‘qitadilar. SHunisi diqqaga sazovorki, 
sug‘urta agentining ish vaqti sug‘urta tashkiloti tomonidan belgilanmaydi. Demak, 
jismoniy shaxslar asosiy ishlaridan bo‘sh paytlarida sug‘urtalovchi bilan tuzilgan 
agentlik bitimiga binoan uning nomidan sug‘urta polislarini mijozlarga sotishlari 
mumkin.
Alohida ta’kidlash lozimki, topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzilgan 
kundan 5 kun ichida sug‘urta agenti- jismoniy shaxsga guvohnoma beriladi. 
SHundan so‘ng sug‘urtalovchi agentni uning nomidan sug‘urta shartnomalarini 
tuzish uchun kerakli bo‘lgan ish qog‘ozlari, sug‘urta qilish qoidalari
shartnomalari, sug‘urta tariflari, sug‘urta polislari, reklama va boshqa kerakli 
hujjatlar bilan ta’minlaydi. O‘z navbatida, sug‘urta agenti sug‘urtalovchi 
tomonidan ajratilgan hujjatlarni, shu jumladan, qat’iy hisobda turuvchi hujjatlarni 
to‘liq va butun saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi. Agent vaziyatga qarab va 
sug‘urtalovchining talabidan kelib chiqqan holda haftada yoki oyda bir marta 
vositachilik faoliyati yuzasidan sug‘urtalovchiga hisobot berib boradi- bu shartlar 
agent bitimida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. Hisobotda agent tomonidan 
tuzilgan va sotilgan sug‘urta polislari, shunga muvofiq ravishda, sug‘urta tashkiloti 
hisob raqamiga kelib tiushgan sug‘urta mukofotlari miqdori haqida ma’lumotlar 
batafsil bayon etiladi. 
Sug‘urta agentlariga to‘lanadigan vositachilik haqi sug‘urtalovchining yoki 
uning filialining hisob raqamiga kelib tushgan sug‘urta mukofotiga nisbatan 
foizlarda hisoblanadi.
Sug‘urta agentlari mehnatiga haq to‘lash, sug‘urta agenti tuzgan 
shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlaridan vositachilik puli shaklida amalga 
oshiriladi. Vositachilik puli miqdori sug‘urta agenti tuzgan sug‘urta shartnomalari 
bo‘yicha sug‘urtalovchi hisob raqamiga tushgan sug‘urta mukofotlarining 25 
foizidan oshishi mumkin emas.
Sug‘urta mukofotlari yuridik shaxs shaklida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta 
agentining hisobiga kelib tushganda, sug‘urta agenti ularni agent bitimida 
ko‘rsatilgan muddatlarda sug‘urtalovchining hisob raqamiga o‘tkazishi, jismoniy 


 290 
shaxs- sug‘urta agenti sug‘urta mukofotlarini naqd pulda qabul qilib olganda esa 
ularni o‘sha kunning o‘zida vakolatli bankning kirim kassasiga topshirishi kerak. 
Agar sug‘urta agenti sug‘urta mukofotlarini sug‘urtalovchining hisob raqamiga 
o‘tkazish muddatiga amal qilmasa yoki ularni asossiz ushlab tursa, o‘sha davrda 
sug‘urta hodisasi ro‘y berganda, sug‘urta qildiruvchining oldidagi sug‘urta 
tovonini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarga sug‘urta agenti javobgar bo‘ladi. 
Agent bilan tuzilgan agentlik bitimi quyidagilarga ko‘ra bekor qilinishi 
mumkin: 
- agentning tashabbusi bilan; 
- sug‘urta tashkiloti tashabbusi bilan. 
Agentlik bitimini tomonlardan birining tashabbusi bilan shartnoma amal 
qilish muddati tugagunga qadar bekor qilinishi boshqa tomonni yozma xabarnoma 
berish orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta tashkiloti bir tomonlama tartibda agent 
bilan tuzilgan topshiriq shartnomasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin: 
- sug‘urta agenti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va sug‘urta tashkilotining 
me’yoriy hujjatlariga rioya etmaganda; 
- sug‘urta agenti tomonidan agentlik faoliyati amalga oshirilmaganda, ya’ni 
topshiriq shartnomasi imzolangan kundan boshlab olti oy mobaynida shartnomalar 
tuzilmasligi va polislar berilmasligi hollarida; 
- qabul qilingan majburiyatlarni surunkali bajarilmasligi hollarida; 
- sud tomonidan sug‘urta agenti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida 
o‘rnatilgan tartibda layoqatsiz deb topilsa; 
- sug‘urta agentiga jazo choralari tayinlash bo‘yicha sud qarorining qonuniy 
kuchga kirib, ishni davom ettirish imkoni bo‘lmaganda. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə