1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 Sug‘urta vositachilarining faoliyatini davlat tomonidan litsenziyalash



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

 
5. Sug‘urta vositachilarining faoliyatini davlat tomonidan litsenziyalash 
tartibi
 
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi qarori bilan 
“Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash 
to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, sug‘urtalovchilar va sug‘urta 
brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
yuridik shaxslar sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini 
amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlari bo‘lishlari mumkin. Sug‘urtalovchi 
va sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning 
amal qilish muddati, qoidaga ko‘ra, cheklanmaydi. Litsenziyaning amal qilishi 
litsenziya berilgan kundan boshlanadi. 
Sug‘urta brokerlari uchun: 
sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma 
majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash;


 291 
sug‘urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va 
bajarilishi; 
sug‘urtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga 
oshirish. 
Litsenziya olish uchun sug‘urta brokerlari litsenziyalovchi organga quyidagi 
hujjatlarni taqdim etadi: 
Sug‘urta brokerlari uchun: 
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta 
manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs 
amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir 
qismi) hamda ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat 
ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza; 
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning 
notarial tasdiqlangan nusxasi; 
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi 
organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi 
hujjat; 
ustav kapitali to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, 
molg‘mulkni qabul qilishg‘topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar).
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.
Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston 
Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida 
yig‘im undiriladi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi 
litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori 
berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash 
ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilovaga qarang). Ilova 
keltirilgan sxemadan ko‘rinib turibdiki, sug‘urtalovchilar va sug‘urta 
brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash jarayoni 6 ta bosqichni o‘z ichiga 
olib, dastlab litsenziya talabgori zarur hujjatlarni tayyorlaydi va uni ko‘rib chiqish 
uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi. Keyingi bosqichda hujjatlar Moliya 
vazirligi tomonidan qabul qilinadi va ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyaga 
beriladi. Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o‘rganib chiqib, 
sug‘urtalovchiga yoki sug‘urta brokeriga litsenziya berish yoxud litsenziya 
berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
SHunday qilib xulosa qilish mumkinki, O‘zbekistonda sug‘urta nazorati davlat 
organiga yuklatilgan sug‘urta faoliyatini litsenziyalash vakolati, pirovardida, 


 292 
barcha sug‘urtalanuvchilarning, ya’ni sug‘urta kompaniyalari mijozlarining 
qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bunday tizimining yaratilganligi 
nafaqat sug‘urtalanuvchilarning, balki davlatning manfaatlariga mos keladi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə