1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 Jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish va sug‘urta polislarini



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

3. Jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish va sug‘urta polislarini 
rasmiylashtirish tartibi 
Fuqarolarga tegishli mulklarni sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma tuzish 
ularga o‘rnatilgan shakldagi sug‘urta polisini berish orqali rasmiylashtiriladi. Bu 
erda mulklarning turi (uy mulki, uy-joy, hayvonlar, transport vositasi (kasko), 
avtomobilning o‘zini, haydovchisini va yukni birgalikda sug‘urta qilish (avto-
kombi)) e’tiborga olinadi. 
Sug‘urta polisi nusxa oluvchi qog‘oz asosida aniq va ko‘zda tutilgan barcha 
ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda to‘ldiriladi. Moboda, polisda qaysidir grafa 
to‘ldirilmasdan qolsa, u holda o‘sha joyga chiziqcha qo‘yiladi. Polisni 
rasmiylashtirish chog‘ida unga tuzatishlar kiritish, sug‘urta qildiruvchining ismi va 
familiyasini qisqartirilgan holda yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar sug‘urta polisini 


 280 
yozishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa, u holda unga “buzilgan” degan yozuv yoziladi 
va uning o‘rniga yangi blanka to‘ldiriladi hamda buzilgan polis sug‘urta agentining 
hisobotiga tikiladi va sug‘urtalovchiga topshiriladi. 
Sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalangan transport vositasi o‘rniga boshqa 
transport vositasini olgan taqdirda sug‘urta shartnomasi qaytadan tuziladigan 
bo‘lsa, bunday holatda sug‘urta qildiruvchiga o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilgan yangi 
sug‘urta polisi beriladi. Eski sug‘urta polisini sug‘urta qildiruvchi sug‘urta 
agentiga qaytarishi shart. Sug‘urta agenti o‘z navbatida sug‘urta qildiruvchi 
qaytarib bergan sug‘urta polisini va yangidan rasmiylashtirigan sug‘urta polisining 
nusxasini sug‘urtalovchiga topshiradi. Bunday holatlarda yangidan berilgan 
sug‘urta polislarida oldingi polisning raqami, uni amal qilish muddati hamda 
sug‘urta qilingan transport vositasining turi va markasi ko‘rsatilgan holda “Qayta 
rasmiylashtirilgan” deb belgi qo‘yiladi. 
Sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urta qildiruvchi sug‘urta 
polisini yo‘qotib qo‘ysa, uning yozma arizasiga asosan unga sug‘urta polisning 
dublikati beriladi. Dublikat sug‘urtalovchida saqlanayotgan sug‘urta agentining 
hisobotidagi yo‘qotilgan sug‘urta polisi nusxasi asosida rasmiylashtiradi. 
Dublikatga 
quyidagi 
yozuv 
yozib 
qo‘yiladi: 
“________________ 
seriyali___________ - raqamli yo‘qotilgan sug‘urta polisi o‘rniga berildi”. 
Sug‘urta polisi sug‘urta qildiruvchiga, agar u sug‘urta mukofotini naqd pul 
bilan to‘lasa, sug‘urta shartnomasi tuzilishi bilanoq beriladi. Agar sug‘urta 
mukofoti naqd pulsiz shaklda to‘lanadigan bo‘lsa, sug‘urta polisi sug‘urta 
mukofoti sug‘urtalovchining hisob raqamiga kelib tushgandan so‘ng 3 kundan 
kechiktirmasdan sug‘urta qildiruvchiga beriladi. 
Fuqaroning hohishaga ko‘ra mulkiy sug‘urta shartnomasi, sug‘urta 
mukofotini, nafaqat naqd pul to‘lash, balki, naqd pulsiz shaklda, ya’ni sug‘urta 
qildiruvchining ish joyi buxgalteriya orqali yoxud hisob raqamidan pul o‘tkazish 
yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Bunday sug‘urta shartnomasini tuzish quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi. 
Sug‘urta qildiruvchi fuqaro belgilangan shakldagi blankada o‘zi mehnat 
qilayotgan korxona yoki tashkilot buxgalteriyasiga uning nomiga hisoblangan ish 
haqidan sug‘urta mukofotini to‘lashni ko‘rsatgan holda yozma topshiriqnoma 
beradi. Topshiriqnomada fuqaroga tegishli mulkning turi, sug‘urta to‘lovi miqdori 
va sug‘urta qildiruvchining qaysi oydagi oylik ish haqidan sug‘urta mukofoti 
to‘lash uchun pulni ushlab qolish lozimligi aniq bayon etiladi. Sug‘urta 
qildiruvchining topshirig‘iga muvofiq u ishlayotgan tashkilot buxgalteriyasi uning 


 281 
oylik ish haqidan sug‘urta mukofotini ushlab qolishi va bu mablag‘ni 
sug‘urtalovchining hisob raqamiga o‘tkazishga majburdir. 
Agar qandaydir sababga ko‘ra sug‘urta qildiruvchi o‘z mulkini sug‘urta 
qilish bo‘yicha shartnomani tuzish to‘g‘risidagi qarorini o‘zgartirsa, sug‘urta 
mukofoti to‘langunga qadar tashkilot buxgalteriyasiga topshiriqni bekor qilish 
bo‘yicha yozma topshiriq berishi mumkin. 
Sug‘urta agenti o‘zi rasmiylashtirgan sug‘urta polislari va boshqa 
hujjatlarning to‘g‘riligini tekshirish (tarif stavkalarini qo‘llanilishi, sug‘urta 
mukofotini hisoblanishi va boshqalar) uchun ularni sug‘urtalovchiga taqdim etishi 
mumkin. Hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini ko‘zdan kechirish, bevosita, 
sug‘urta agenti ishtirokida amalga oshiriladi. Agar tekshirish natijasida hujjatlarni 
rasmiylashtirish bo‘yicha kamchiliklar aniqlansa, ularni zudlik bilan bartaraf etish 
choralari ko‘riladi.
Sug‘urta agenti sug‘urta qildiruvchi fuqarolar ishlayotgan tashkilot 
buxgalteriyasida u tomonidan topshirilgan topshiriq ro‘yxat nusxasida zaruriy 
qaydlar amalga oshirilganligini tekshirish shart. YA’ni, ushlab qolingan va 
o‘tkazilgan sug‘urta mukofotlari umumiy summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma 
to‘ldirilganligi, sug‘urta mukofotini oylik ish haqidan ushlab qolish bo‘yicha 
topshiriq bergan barcha sug‘urta qildiruvchilar uchun hisoblangan sug‘urta 
mukofoti sug‘urtalovchi hisob raqamiga to‘liq ko‘chirilganligi va pul ko‘chirishni 
amalga oshirgan buxgalterning imzosi mavjudligi tekshirib ko‘riladi. Moboda, u 
yoki bu fuqaro uchun sug‘urta mukofoti summasi ko‘chirilmagan bo‘lsa, uning 
sabablari ko‘rsatiladi (masalan, “ishdan bo‘shagan”, “ish haqi hisoblanmagan”, 
“topshiriq bekor qilingan”). 
Sug‘urtalovchining hisob raqamiga sug‘urta mukofoti kelib tushgandan va 
sug‘urta agenti tomonidan sug‘urta qildiruvchilar mehnat qilayotgan tashkilot 
buxgalteriyasidan topshiriqnomalar ro‘yxati nusxasi olingandan so‘ng sug‘urta 
polislari shartnomaning amal qilish muddati va sug‘urta mukofoti to‘langan sana 
ko‘rsatilgan holda to‘liq rasmiylashtiriladi. Sug‘urta polisini sug‘urta qildiruvchiga 
topshirish kuni polis berilgan sana sifatida qayd etiladi. 
Topshiriqnoma bergan fuqaro uchun sug‘urta mukofoti to‘lanmagan taqdirda 
bu shaxs uchun sug‘urta shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. 
Agar fuqaro mulkini sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma sug‘urta mukofotini 
naqd pulsiz shaklda to‘lash va sug‘urta polisini taqdim etish bilan bir vaqtning 
o‘zida sug‘urta mukofotlarini to‘langanligi to‘g‘risidagi 
topshiriqnoma olingan bo‘lsada, ammo sug‘urta mukofoti haqiqatda pul ko‘chirish 
yo‘li bilan o‘tkazilmagan bo‘lsa, u holda sug‘urta polisining nusxasiga tegishli 


 282 
ma’lumot qayd etiladi. Bundan tashqari, sug‘urta agenti sug‘urta mukofoti 
to‘lamagan shaxsga berilgan sug‘urta polisini qaytarib olishi va uni 
sug‘urtalovchiga topshirishi shart. 
Sug‘urta mukofotini naqd pulsiz shaklda to‘lash yo‘li bilan fuqaroga tegishli 
mulkni sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma tuzilayotganda sug‘urta agenti mazkur 
sug‘urta turining ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanishiga qatiy rioya etishi lozim. 
Sug‘urta mukofotini oylik ish haqi hisobidan to‘lash to‘g‘risidagi topshiriqnoma 
sug‘urta qildiruvchi tomonidan shaxsan imzolanishi lozim. 
Sug‘urta polisi sug‘urta mukofotini oylik ish haqidan to‘lash bo‘yicha 
topshiriqnoma bergan fuqaroning oila a’zolaridan birining nomiga ham yozilishi 
mumkin, ammo bu haqda to‘lov topshiriqnomasida tegishli yozuv qayd etilgan 
bo‘lishi zarur. Sug‘urtalovchining jismoniy shaxslar mol-mulkini sug‘urta qilish 
qoidalarida mulkni ko‘rikdan o‘tkazib, keyin sug‘urtaga qabul qilish zarurligi 
ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda sug‘urta agenti bu qoidagi rioya etishi kerak. 
Sug‘urta shartnomasi qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, shartnoma kuchga 
kirgan sanadan to u amalda bo‘lgan sanagacha davom etadi, ya’ni kuchga kirgan 
sanadan bir kun oldin tugaydi. Masalan, sug‘urta shartnomasi 1 yil muddatga 
tuzildi va 2008 yil 5 oktyabrda kuchga kirdi. Uning amal qilish muddati 2009 yil 4 
oktyabrda tugaydi. Bayon etilgan mazkur tartib ilk marta tuzilayotgan sug‘urta 
shartnomalari yoki oldin tuzilgan va amal qilish muddati tugagandan so‘ng yangi 
muddatga rasmiylashtirilayotgan shartnomalar uchun qo‘llaniladi. SHuningdek, 
bunday tartib sug‘urta summasi miqdori oshishi bilan bog‘liq qo‘shimcha 
shartnomalarni imzolashda ham qo‘llaniladi. 
Transport vositasini sug‘urta qilishda sug‘urta shartnomasi, agar bu transport 
vositasi avtosalondan sotib olinayotgan bo‘lsa shu zahoti shartnoma 
rasmiylashtiriladi, ammo uning kuchga kirishi transport vositasini haqiqatda olgan 
kundan boshlanadi. Hayvonlar kasalliklardan nobud bo‘lgan holatda 
sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyati sug‘urta shartnomasi 
kuchga kirgandan so‘ng 10 kundan keyin boshlanadi. Masalan, 15 yanvarda 
sug‘urta mukofotini naqd pul to‘lash yo‘li bilan tuzilgan sug‘urta shartnomasi 
bo‘yicha sug‘urtalovchining javobgarligi 26 yanvardan boshlanadi. Biroq, 
sug‘urtalovchining kasalliklardan nobud bo‘lgan hayvonlar uchun sug‘urta 
tovonini to‘lash majburiyati 6 fevraldan, ya’ni sug‘urta shartnomasi kuchga kirgan 
kundan 10 kun keyin boshlanadi. 
Jismoniy shaxslarga tegishli uy mulki, inshootlar va transport vositalarini 
sug‘urta qilish bo‘yicha asosiy shartnoma amalda bo‘lgan davrda sug‘urta 
qildiruvchining taklifiga asosan sug‘urta summasi miqdorini oshirish bo‘yicha 


 283 
qo‘shimcha kelishuvga erishilishi mumkin. Bunday holatda ham asosiy 
shartnomada, ham qo‘shimcha kelishuvda ko‘rsatilgan uy mulklari, inshootlar va 
transport vositasining umumiy sug‘urta summasi ularning amaldagi narxlardan 
kelib chiqqan holdagi (eskirish summasi hisobga olingan holda) qiymatidan oshib 
ketishi mumkin emas. 
Inshootlarni sug‘urta qilish bo‘yicha amalda bo‘lgan sug‘urta shartnomasiga 
qo‘shimcha kelishuv yana shunday holatlarda tuzilishi mumkinki, mazkur 
inshootga etkazilgan zarar qoplangandan so‘ng sug‘urta qildiruvchi inshootni 
ta’mirdan chiqarib, sug‘urta summasini oshirishga hohish bo‘lganda. Qo‘shimcha 
kelishuv faqat asosiy shartnomaning amal qilish muddatiga qadar tuzilishi 
mumkin. Masalan, asosiy shartnomaning amal qilish muddati 10 dekabrda tugaydi. 
Demak, mazkur asosiy shartnomaga qo‘shimcha kelishuv 10 dekabrgacha bo‘lgan 
muddatga tuzilishi mumkin. 
Qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha sug‘urta mukofoti, qoidaga ko‘ra, sug‘urta 
mukofoti yillik summasidan kelib chiqqan holda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi: 
Uy mulkini sug‘urta qilishda sug‘urta mukofotlari yillik sug‘urta mukofotlari 
summasining quyidagi miqdorlarida to‘lanadi: 1 oyga - 15foizi; 2 oyga – 30 foizi; 
3 oyga – 40 foizi; 4 oyga – 50 foizi; 5 oyga – 60 foizi; 6 oyga – 70 foizi; 7 oyga – 
75 foizi; 8 oyga – 80 foizi; 9 oyga – 85 foizi; 10 oyga – 90 foizi; 11 oyga – 95 
foizi. 
Inshootlar va transport vositalarini sug‘urta qilishda (kasko) sug‘urta 
mukofotlari yillik sug‘urta mukofotlari summasining quyidagi miqdorlarida 
to‘lanadi: 1 oyga – 20 foizi; 2 oyga – 40 foizi; 3 oyga – 45 foizi; 4 oyga – 50 foizi; 
5 oyga – 60 foizi; 6 oyga – 70 foizi; 7 oyga – 75 foizi; 8 oyga – 80 foizi; 9 oyga – 
85 foizi; 10 oyga – 90 foizi; 11 oyga – 95 foizi. 
Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, to‘liq bo‘lmagan oy uchun to‘langan 
sug‘urta mukofoti to‘liq oy uchun to‘langan deb hisoblanadi. 
Misol: asosiy shartnomaga qo‘shimcha kelishuvning amal qilish muddati 
2009 yil 18 yanvardan 2009 yilning 23 sentyabrigacha belgilangan, ya’ni asosiy 
shartnomaning amal qilish muddatigacha. Bu erda sug‘urta mukofoti 9 oy uchun 
to‘liq to‘lanadi, 8 oy uchun – to‘liq (18 yanvardan 17 sentyabrgacha), to‘liq 
bo‘lmagan 1 oy uchun (18 sentyabrdan 23 sentyabrgacha) ham to‘liq oy uchun 
to‘langan deb hisoblanadi. 
Sug‘urta shartnomalarini qaytadan tuzish. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta 
shartnomasi muddati tugagunga qadar uni yangi muddatga tuzishi mumkin. 
Sug‘urta mukofotining qaysi kuni va qachon to‘langanidan qatiy nazar, avval 
amalda bo‘lgan shartnoma tugashi bilan yangi muddatga tuzilgan sug‘urta 


 284 
shartnomasi kuchga kiradi. Misol uchun, sug‘urta shartnomasining muddati 18 
oktyabrda tugaydi, sug‘urta qildiruvchi 25 sentyabrda sug‘urta shartnomasini yangi 
muddatga tuzadi. Bunday holatda yangi muddatga tuzilgan sug‘urta shartnomasi 
26 sentyabrdan emas, balki avvalgi sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati 
tugashi bilanoq, ya’ni 19 oktyabrdan kuchga kiradi. 
Sug‘urta shartnomasi tuzilishidan oldin sug‘urta agenti bajarishi zarur 
bo‘lgan holatlar. Fuqarolarga tegishli mulklarni noto‘g‘ri tuzilishini oldini olish 
maqsadida agent sug‘urta polisini rasmiylashtirishdan avval quyidagilarga o‘z 
e’tiborini qaratishi lozim: 
- sug‘urtaga qabul qilinayotgan mulklarni haqiqatan ham shartnoma 
tuzayotgan shaxsga tegishli ekanligini tekshirish (mulklar fuqaroning shaxsiy 
mulki bo‘lishi kerak, transport vositalarini sug‘urta qilishda, bundan tashqari
mazkur transport vositasi boshqa shaxslarga notarial tasdiqlangan ishonchnoma 
asosida berilganmi yoki yo‘qligi ham tekshiriladi); 
- fuqaroning mulki joylashgan joy rasmiylar tomonidan suv toshqini yoki 
boshqa tabiiy ofatlar tahdid solishi mumkin bo‘lgan xudud deb e’lon qilinganmi 
yoki yo‘qligini aniqlashtirish zarur; 
- fuqarolar inshootini ixtiyoriy sug‘urta qilishda sug‘urta aniq sug‘urta 
summasini chiqarish uchun inshootlarning bahosini aniqlashtirishi kerak; 
- fuqaroga tegishli hayvonlarni sug‘urta qilishda xo‘jalikda mavjud bo‘lgan 
bir xil turdagi barcha hayvonlar soni va ularning yoshiga qarab guruhlarini 
aniqlash talab etiladi; 
- Uy mulki va inshootlarni, ayniqsa, dala hovlilarni sug‘urta qilishda shuni 
aniqlashtirish lozimki, ular sug‘urta qildiruvchi yoki u tayinlangan shaxs 
tomonidan muntazam nazorat qilib borilishi, quriqlash signalizatsiyasi 
mavjudligiga e’tiborni qaratishi zarur. Agar bunday nazorat mavjud bo‘lmasa, 
sug‘urta shartnomasi tuzish tavsiya etilmaydi; 
- sug‘urtaga mulklarni qabul qilish jarayonida sug‘urta qildiruvchi 
ishtirokida, albatta, ularni ko‘zdan kechirish kerak. Fuqaroga tegishli transport 
vositasini sug‘urtaga qabul qilishda esa mazkur transport vositasiga egalik qilish 
huquqini beruvchi tegishli hujjatlar va texnik pasportni ko‘rish hamda maxsus 
jadvalga (agar jadval sug‘urtalovchi tomonidan ishlab chiqilgan va bu jadval bilan 
agent ta’minlangan bo‘lsa) muvofiq transport vositasining eskirish summasiga 
muvofiq sug‘urta mukofoti summasidan chegirmalarni ayiradi. Uy hayvonlarini 
sug‘urta qilishda sug‘urtaga qabul qilinayotgan hayvonlarning sog‘ligi talab 
darajasidami yoki yo‘qmi va mazkur xudud uchun karantin e’lon qilinmaganmi 
kabi masalalarga agent o‘z e’tiborini qaratishi kerak (agar hayvonlar kasallikga 


 285 
chalingan bo‘lsa, tug‘ish holatida yoki tuqqandan keyin kuzatuvda bo‘lgan bo‘lsa, 
shuningdek, so‘ngi tibbiy tekshiruv jarayonida hayvonlarda brutsellez yoxud 
tuberkulez kasalliklariga chalinganliklarining alomatlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, 
bunday hayvonlar sug‘urtaga qabul qilinmaydi); 
- sug‘urtaga qabul qilinayotgan mulklar joylashgan joy, uy haqiqatan 
sug‘urta qildiruvchining doimiy yashash joyimi yoki yo‘qligini ham nazardan 
chetda qoldirmaslik talab etiladi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə