1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


-Mavzu : Majburiy sug‘urtaning zarurligi va uning huquqiy asoslari



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

5-Mavzu : Majburiy sug‘urtaning zarurligi va uning huquqiy asoslari 
REJA: 
1. Majburiy sug‘urta tushunchasi va uning joriy etilish shartlari. Majburiy 
sug‘urtalashning asosiy tamoyillari. 
2. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash 
tizimi. 
3. Ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi.
 
4. Shaxsiy sug‘urta tizimini huquqiy tartibga solish 
5. Mol-mulk sug‘urta tizimini huquqiy tartibga solish 
6. O‘zbekistonda javobgarlik sug‘urtasining joriy qilinishi va uni o‘tkazish tartibi 
7. Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyati va uning huquqiy asoslari 
 
1. Majburiy sug‘urta tushunchasi va uning joriy etilish shartlari. Majburiy 
sug‘urtalashning asosiy tamoyillari 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 922-moddasida majburiy 
sug‘urta haqida alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, unda shunday deyiladi: 
«Qonunda quyidagilarni sug‘urta qilish majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin: 
- qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulki 
ularning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi ehtimolini nazarda 
tutib; 
- boshqa shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi 
yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan o‘zining fuqaroviy javobgarligi xavfi». 
Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan 
shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy sug‘urtaning boshqa turlari ham 
belgilanishi mumkin. Fuqaroga o‘z hayoti yoki sog‘ligini sug‘urtalash majburiyati 
qonun bilan yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki 
unda belgilangan tartibda xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida davlatga 
qarashli molg‘mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslarga bu mulkni sug‘urtalash 
majburiyati yuklanishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasida majburiy sug‘urtaning quyidagi turlari mavjud: 


 293 

transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta 
qilish; 

ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash; 

yo‘lovchilarni majburiy sug‘urta qilish; 

Davlat majburiy sug‘urtasi. 
SHu erda ta’kidlash lozimki, yuqorida ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta turlari 
hukumat qarorlari asosida joriy etilgan. Unda sug‘urtalanuvchilar guruhi, sug‘urta 
qilish shartlari, sug‘urta tarifi stavkalari va sug‘urta qoplamalari miqdorlari 
ko‘rsatilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
«O‘zbekiston Respublikasida transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashina 
hamda mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sug‘urtasi 
to‘g‘risida» 1994 yil 30 dekabrdagi 632-sonli qaroriga ko‘ra, 1995 yil 1 
yanvardan boshlab transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat
majburiy sug‘urtasi joriy etilgan. Ushbu qaror bilan belgilab qo‘yilganki, 
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilikning barcha 
shakllaridagi transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy 
sug‘urtasiga jalb qilinadilar. 
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini 
ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘lik va mol-mulkning majburiy davlat 
sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin. 
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 
ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa 
tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi. 
Fuqarolik kodeksining qoidalari, agar sug‘urta to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa va sug‘urta bo‘yicha 
mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sug‘urtasiga 
nisbatan qo‘llaniladi. 
Majburiy sug‘urta sug‘urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo‘lgan 
shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu 
hujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug‘urta javobgarligining hajmi, 
sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari 
hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan


 294 
O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday 
sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin. 
Sug‘urta tashkilotlari yuridik va jismoniy shaxslar zararlarini qoblab berish 
orqali davlatning pul mablag‘larini tejaydilar. Sug‘urta hodisalari va ular 
keltiradigan moliyaviy zararlar oldini olish maqsadida sug‘urtaning ayrim turlari 
majburiy shaklda amalga oshiriladi. Sug‘urta turlarining bunday shaklda amalga 
oshirilishida davlat jabrlanuvchi ya’ni sug‘urtalanganlarning ko‘rgan zararlarini 
qoplab berilishi va mulkiy manfaatlarini himoya qilinishini kafolatlaydi. Bu 
davlatning hamda sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalaridan kelib chiqadi. 
Majburiy sug‘urta turlarini har bir davlat o‘zining milliy qonunchilik bazasi, 
sug‘urta xizmatlari bozorining rivojlanish darajasi va boshqa qator ijtimoiy
iqtisodiy omillardan kelib chiqib joriy qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
majburiy sug‘urta turlarining o‘rni muqarar saqlanib qoladi. 
SHu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Prezidentimiz I.Karimovning 2007 yilda 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy 
islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 
Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida quyidagilarga e’tibor berilgandi: 
“Ayni damda sug‘urtalashning umumiy hajmida majburiy sug‘urtalashni turli 
shakllarining ulushi nihoyatda past bo‘lib, 6 foizdan ham ortmaydi. Buning sababi 
halqaro amaliyot talablariga mos bo‘lgan majburiy sug‘urtalashning ayrim turlari 
bizda joriy etilmagani bilan izohlanadi”. 
YUqoridagilardan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, 2008 yil majburiy 
sug‘urta turlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish va “Transport vositalari 
egalarining javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun 
Prezidentimiz tomonidan 2008 yil 21 aprelida imzolandi, 2008 yil 22 oktyabrdan 
esa kuchga kirdi. SHuningdek 2008 yil 24 iyunda Vazirlar Mahkamasining 
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari 
haqidagi № 141-sonli qarori orqali transport vositalari egalarining fuqarolik 


 295 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish mexanizmi ishlab chiqildi. YUqoridagi 
qaror bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash 
qoidalari, javobgarlik limitlari, sug‘urta muddati belgilandi hamda transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 
to‘lovlarni kafolatlash fondi tashkil etildi. 
Halqaro amaliyot talablariga mos keladigan majburiy sug‘urta turlarini joriy 
etish orqali, xususan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urtalashda yo‘l harakati ishtirokchilarining mulkiy manfaatlari 
himoyalanadi. Majburiy sug‘urta turlarin keng qamrovli ekanligini hisobga 
oladigan bo‘lsak, bu o‘z o‘rnida sug‘urtaning rivojlanishiga va keng omma orasida 
tarqalishiga imkoniyat yaratadi. 
Umuman olganda, milliy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish uchun 
birinchi navbatda sug‘urtalashni taritibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani 
takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-dadbirlarni amalga 
oshirish zarur.
Majburiy sug‘urta turlarini joriy qilish orqali davlat o‘zining ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarini barta’raf etishi mumkin. Jumladan, sug‘urta sohasidagi 
qonunchilikni takomillishtirish, hamda majburiy sug‘urta turlarini joriy etish orqali 
davlat quyidagi natijalarga erishishi mumkin:

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə