1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


-Mavzu : Sug’urta shartnomalarini tuzish va uni bajarish tartibi



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

4-Mavzu :
Sug’urta shartnomalarini tuzish va uni bajarish tartibi 
 
REJA: 
1. Sug‘urta shartnomasi - sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi hujjat shaklida. 
2.YUridik shaxslar bilan shartnomalar tuzish va sug‘urta polislarini 
rasmiylashtirish tartibi. 
3. Jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish va sug‘urta polislarini 
rasmiylashtirish tartibi. 
4. Sug‘urta vositachilarining sug‘urta faoliyatida tutgan o‘rni va ularning huquq-
majburiyatlari. 
5. Sug‘urta vositachilarining faoliyatini davlat tomonidan litsenziyalash tartibi. 


 268 
1. Sug‘urta shartnomasi - sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi hujjat shaklida 
Sug‘urta 
shartnomasini 
tuzish 
shartlari 
sug‘urtalovchi 
yoxud 
sug‘urtalovchilar birlashmasi tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan yoki 
tasdiqlangan tegishli turdagi sug‘urtaning standart qoidalarida belgilab qo‘yilishi 
mumkin. Sug‘urta qoidalarida mavjud bo‘lgan va sug‘urta shartnomasi matniga 
kiritilmagan shartlar, agar shartnomada shunday qoidalar qo‘llanilishi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ko‘rsatilgan va qoidalarning o‘zi shartnoma bilan bitta hujjatda yoki uning 
orqa tomonida bayon qilingan yoxud unga ilova qilingan bo‘lsa, sug‘urta 
qildiruvchi uchun majburiydir. Sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urta 
qildiruvchi va sug‘urtalovchi sug‘urta qoidalarining ayrim bandlarini o‘zgartirish 
yoki chiqarib tashlash va qoidalarda bo‘lmagan bandlarni shartnomaga kiritish 
to‘g‘risida kelishishlari mumkin. Sug‘urta qildiruvchi o‘z manfaatlarini himoya 
qilib, sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan tegishli turdagi sug‘urta 
qoidalarini, hatto agar bu qoidalar ushbu moddaga ko‘ra uning uchun majburiy 
bo‘lmasa ham, vaj qilib keltirishga haqli. 
 
Sug‘urta shartnomasi quyidagi hollarda o‘z-o‘zidan haqiqiy emas: 
-shartnoma tuzilayotgan paytda sug‘urta ob’ekti mavjud bo‘lmasa; 
- jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan, jinoyat narsasi hisoblanuvchi yoki musodara 
qilinishi lozim bo‘lgan mol-mulk mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 
sug‘urtalangan bo‘lsa; 
- shartnoma bo‘yicha g‘ayrihuquqiy manfaat sug‘urtalangan bo‘lsa; 
- sug‘urta shartnomasida sug‘urta hodisasi sifatida yuz berishi ehtimolligi va 
tasodifiyolik belgilari bo‘lmagan voqea nazarda tutilgan bo‘lsa. 
Sug‘urta shartnomasi amal qilishining boshlanishi. Sug‘urta shartnomasi, agar 
unda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti yoki birinchi 
badal to‘langan paytda kuchga kiradi. Agar shartnomada sug‘urta amal qilishi 
boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnomada 
shartlashilgan sug‘urta sug‘urta shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan 


 269 
sug‘urta hodisalariga nisbatan tadbiq etiladi. 
Sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida sug‘urta xavfining ortishi oqibatlari. 
Sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida sug‘urta qildiruvchi shartnoma 
tuzilayotganda sug‘urtalovchiga ma’lum qilingan holatlarda yuz bergan, o‘ziga 
ma’lum bo‘lgan muhim o‘zgarishlar to‘g‘risida, agar bu o‘zgarishlar sug‘urta 
xavfining ortishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, sug‘urtalovchiga darhol 
xabar qilishi shart. Sug‘urta shartnomasida va sug‘urta qildiruvchiga berilgan 
sug‘urta qoidalarida aytib qo‘yilgan o‘zgarishlar muhim deb hisoblanadi. Sug‘urta 
xavfi ortishiga sabab bo‘ladigan holatlar to‘g‘risida xabardor qilingan 
sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasining shartlarini o‘zgartirishni yoki xavf 
ortishiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lashni talab qilishga 
haqli. Agar sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasining shartlari o‘zgartirilishiga 
yoki sug‘urta mukofotiga qo‘shimcha to‘lashga e’tiroz bildirsa, sug‘urtalovchi 
shartnomani bekor qilishni talab etishga haqli. Sug‘urtalovchi, agar sug‘urta xavfi 
ortishiga sabab bo‘ladigan holatlar yo‘qolgan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasini bekor 
qilishni talab etishga haqli emas.
Sug‘urta shartnomasining muddatidan ilgari bekor bo‘lishi. Sug‘urta shartnomasi, 
agar u kuchga kirganidan keyin sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimoli yo‘qolgan va 
sug‘urta xavfining mavjud bo‘lishi sug‘urta hodisasidan boshqa holatlar bo‘yicha 
tugagan bo‘lsa, tuzilgan muddati kelishidan oldin bekor bo‘ladi. Quyidagilar 
shunday holatlar jumlasiga kiradi: 
- sug‘urtalangan mol-mulkning yuz bergan sug‘urta hodisasidan boshqa sabablarga 
ko‘ra nobud bo‘lishi; 
- tadbirkorlik xavfini yoki ana shu faoliyat bilan bog‘liq fuqarolik javobgarlik 
xavfini sug‘urtalagan shaxsning tadbirkorlik faolitini belgilangan tartibda 
to‘xtatishi. 
Sug‘urta shartnomasi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan 
holatlar bo‘yicha muddatidan oldin bekor bo‘lganda, sug‘urtalovchi sug‘urta 
mukofotining bir qismini sug‘urta amal qilgan vaqtga mutanosib ravishda olish 


 270 
huquqiga ega. Sug‘urta qildiruvchi, agar voz kechish paytiga kelib sug‘urta 
hodisasining yuz berish ehtimoli ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan 
holatlar bo‘yicha yo‘qolmagan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasini bajarishdan istagan 
paytida voz kechishga haqli. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasidan 
muddatidan ilgari voz kechgan taqdirda, sug‘urtalovchiga to‘langan sug‘urta 
mukofoti, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, qaytarib 
berilmaydi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə