1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

 
3-Mavzu :
Davlat sug’urta nazorati, uning huquqlari va majburiyatlari
 
REJA: 
1. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv zarurligi va 
shakllari. 
2. Davlat sug‘urta nazorati: uning funksiya va vazifalari. 
3. Sug‘urta tashkilotlarining ustav kapitaliga qo‘yiladigan talablar. 
4. Sug‘urta tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning zarurligi va uning 
faoliyatini litsenziyalash tartibi. 
1. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv zarurligi 
va shakllari 
 
Sug‘urta tashkilotlarining faoliyati boshqa turdagi xujalik sub’ektlari 
faoliyatidan keskin
 
farq qiladi. CHunki, ular ishlab chiqarish uzluksizligini 
ta’minlashda va sug‘urta hodisalari ro‘y berganda etkazilgan zararni qoplash uchun 
xizmat qiladilar. Bu holat, sug‘urtachilar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi 
va shuning uchun, ular davlat tomonidan nazorat ostiga olinmog‘i zarurdir.
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari. Sugurta 
faoliyatini davlat tomonidan nazoratga olishni shartli ravishda uchga bulish 
mumkin (1-chizmaga qarang). 
Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, iqtisodiy jihatdan 
rivojlangan mamlakatlarning barchasida sug‘urta bozori davlatning vakolatli 
idoralari tomonidan tartibga solib boriladi. 
Masalan, Buyuk britaniyada sug‘urta ishini Savdo va sanoat departamenti, 
YAponiyada Moliya vazirligining sug‘urta bulimi, AQSHda esa maxsus sug‘urta
komissariatlari nazorat qilib boradi. Davlat, bunday nazorat ishini olib borar ekan, 


 256 
avvalo, mamlakatning sug‘urta sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa 
me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari
sug‘urtaga ixtisoslashgan vositachilar davlat sug‘urta nazoratining ob’ektlari 
hisoblanadi. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda, 
xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish, alohida hukumat qarorlari 
bilan majburiy sug‘urtalashni joriy qilish va vakolatli sug‘urta nazorati xizmatini 
tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar (ruxsatnomalar) 
berish sug‘urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir. Litsenziya 
(ruxsatnoma) berish jarayonida sug‘urta nazorati sug‘urtachining bo‘lajak 
faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi. YA’ni, nizom jamg‘armasi va o‘z 
mablag‘larining holati hamda bu mablag‘larning tashkilot zimmasidagi 
majburiyatlariga o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi. Sug‘urta faoliyatiga litsenziya 
(ruxsatnoma) berishning zaruriyati sug‘urtaning o‘z mohiyatidan kelib chiqishini 
unutmaslik kerak. CHunki, sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz bergan vaqtda 
sug‘urtalanuvchiga shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni o‘z vaqtida to‘lashi lozim. 
Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi organning bu boradagi ishlari nafaqat 
sug‘urtalanuvchilar manfaatiga mos tushadi, balki butun davlatning manfaatlari 
yo‘lida ham xizmat qiladi. 
E’tirof etish lozimki, bugungi kunda mamlakatda sug‘urta faoliyati bilan 
shug‘ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) berish tartibi ishlab chiqilgan. 
Sug‘urta tashkilotiga beriladigan litsenziya (ruxsatnoma) sug‘urtalashning har bir 
turi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan sug‘urta turlari guruhlari uchun beriladi. 
CHunki, ba’zi sug‘urta turlari bo‘yicha operatsiyani amalga oshirish 
sug‘urtalovchida etarli darajada moliyaviy mablag‘lar bo‘lishini talab etadi. 
Bundan tashqari, sug‘urta kompaniyasi ishlab chiqqan biznes-rejada sug‘urta tarifi 
stavkalarini to‘g‘ri hisoblanishiga alohida e’tiborni qaratish zarur. Negaki, 
noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan tarif, pirovard natijada, sug‘urta tashkilotini 
moliyaviy barqarorliksizga yoki to‘lov qobiliyatini yomonlashuviga olib keladi. 


 257 
Nazarimizda, faqat sug‘urta kompaniyalarini emas, balki, qayta sug‘urtalashga 
ixtisoslashgan tashkilotlar va vositachilik idoralarini ham faoliyatini 
litsenziyalashni kiritilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Biz mamlakatimizda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga 
solishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo‘llari haqida o‘ylar ekanmiz, yaqin 
qo‘shni mamlakatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasida bu sohada olib 
borilayotgan ishlar haqida biroz to‘xtasak, foydadan xoli bo‘lmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga 
muvofiq, sug‘urta tashkilotlari sug‘urtalanuvchi oldidagi majburiyatini bajara 
olmay qolganda, davlat sug‘urta nazorati xizmati, mijozlarning manfaatini ko‘zda 
tutadigan choralar ko‘rishi kerak. Bozorda ko‘plab sug‘urta tashkilotlari faoliyat 
ko‘rsatadi, tabiiyki, bu holat potensial mijozlarni jalb qilish uchun ular o‘rtasidagi 
raqobatni ham kuchayishiga olib keladi. Natijada, raqobatga bardosh bermagan 
ba’zi sug‘urta kompaniyalari “sug‘urta maydonidan” chiqib ketadi. Xo‘sh, xalqaro 
sug‘urta bozorida kuzatilgan yuqoridagidek holat ro‘y bermasligi uchun, davlat 
qanday chora-tadbirlar ko‘rishi mumkin? 
Birinchidan hukumat o‘zining tegishli nazorat organi orqali, sug‘urta 
kompaniyalari tomonidan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni talablarini qat’iy bajarilishini, shu jumladan, sug‘urta 
zahiralarini to‘g‘ri joylanishini nazorat qilib borish muhimdir. Ikkinchidan, endi 
shakllanayotgan O‘zbekiston sug‘urta bozoriga moliyaviy jihatdan mustahkam 
xorijiy sug‘urta kompaniyalarining kirib kelishini tartibga solish kerak. Negaki, bu 
holat mahalliy sug‘urta kompaniyalarining raqobat bardoshligiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatib, ularni bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari hajmiga qarab, 
ma’lum foiz ajratish yo‘li bilan markazlashgan sug‘urta jamg‘armasini tashkil 
etsalar, maqsadga muvofiqdir. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari qiyin holatga tushib 
qolgan sug‘urta tashkilotlariga beriladigan yoki ular bankrot deb e’lon qilinganda 
majburiyatlarini bajarishi uchun xizmat qiladi. Bizningcha, bu jamg‘arma tashkil 


 258 
etilajak davlat sug‘urta nazorati xizmati tomonidan, sug‘urtalovchilar uyushmasi 
vakillarini jalb qilgan holda boshqarilishi lozim. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə