1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

SHomaj
- sug‘urta hodisasi ro‘y berishi natijasida ishlab chiqarishni to‘xtab 
qolishi bilan bog‘liq foyda olmaslik riskini sug‘urtasi. 
Ekssedent riski
- mazkur toifadagi risk bo‘yicha zararni qayta sug‘urtalash 
to‘g‘risidagi kelishuv. 


 241 
Ekssedent zarari
- noproporsionl qayta sug‘urtalash shakli. Bunda sedentga 
o‘z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qismi qayta sug‘urtalovchi 
kompaniya tomonidan qoplanadi. 
O‘zaro sug‘urtalash jamiyati
- foyda olishni ko‘zlamaydigan notijorat 
shaklidagi sug‘urta kompaniyasi. Sug‘urta qilishning tashkiliy shakli. O‘zlarining 
mulkiy manfaatlarini sug‘urtaviy himoyalash uchun yuridik va jismoniy 
shaxslarning ixtiyoriy bitim asosida birlashuvi. O‘zaro sug‘urtalash jamiyati 
yuridik shaxs hisoblanib, har bir sug‘urtalanuvchi ushbu jamiyatning a’zosi 
bo‘ladi. AQSH va YAponiyada asosan, hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi 
kompaniyalar o‘zaro sug‘urtalash jamiyati shaklidadir. Hozirgi paytda 
YAponiyada o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari hayotni sug‘urtalash bozorining 
89,4%ni tashkil etadi. 
2-Mavzu : Sug’urta faoliyatini yuritishning tashkiliy-huquqiy asoslari va
ularni davlat ro’yxatidan o’tkazish 
REJA: 
1. Sug‘urta munosabatlarini tartibga solishda huquqning ahamiyati, sug‘urta 
huquqi va uning mazmuni. 
2. Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonunchilik hujjatlari. 
 
1. Sug‘urta munosabatlarini tartibga solishda huquqning ahamiyati, sug‘urta 
huquqi va uning mazmuni 
Jamiyatda fuqarolar va ularning jamoasi o‘z faoliyatlari jarayonida bir-birlari 
bilan tegishli ijtimoiy munosabatda bo‘ladilar. Ushbu munosabatlarni bir qolipga 
solish uchun ularni tartibga keltirish zarur, ya’ni fuqarolar va tashkilotlarning hatti-
harakat qilish doirasini belgilash zarur. Bayon etilganlar to‘laligacha sug‘urtaga 
ham taalluqlidir. Sug‘urta ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyat sifatida huquqiy tomondan 
mustahkamlanishni talab etadi. Sug‘urta fondini tashkil etish va undan foydalanish 
jarayonida paydo bo‘ladigan munosabatlar huquqiy tartibga solinadi.
Sug‘urta sohasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar fuqarolik-
huquqiy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bunday munosabatlar fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy 
huquqlarning, shartnoma majburiyatlarini, shuningdek mulkiy hamda shaxsiy 
nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. 


 242 
Sug‘urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar quyidagi yo‘nalishlarda 
namoyon bo‘ladi: 

fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida shakllanadigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar; 

sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar; 

fuqarolar va maxsus davlat organlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar; 

sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida paydo 
bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar. 
Fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar tegishli shartnoma qoidalariga asoslanadi. Bunda bir 
tomondan sug‘urta tashkilotining fuqaro oldida, ikkinchi tomondan fuqaroning 
sug‘urta tashkiloti oldidagi burch va majburiyatlari paydo bo‘ladi. YA’ni, tuzilgan 
shartnomaga ko‘ra, fuqaro o‘z vaqtida sug‘urta mukofotini to‘lashi shart. Sug‘urta 
hodisasi ro‘y berganda esa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta shartnomasida qayd etilgan 
shart va muddatlarda sug‘urta qoplamasi (summasini) fuqaroga to‘lab berishi 
lozim. Ko‘rinib turibdiki, shartnoma –fuqarolik-huquqiy hujjat sifatida taraflarning 
o‘zaro munosabatini huquqiy tartibga solyapti.
Sug‘urta tashkilotlarining bir-birlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlari sug‘urta pulini va qayta sug‘urta qilish bilan bog‘liq 
tuzilgan shartnomalar doirasida shakllanadi. Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, 
sug‘urta 
tashkiloti 
moliyaviy 
barqarorlikni 
ta’minlash, 
binobarin, 
sug‘urtalanuvchilar oldida o‘z majburiyatini bajarishini ta’minlash maqsadida 
sug‘urta pulida ishtirok etishi yoxud boshqa sug‘urta tashkilotlari yoki 
ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarga 
kirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-moddasida 
«sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta 
tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman 
boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish 
shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin» deb alohida qayd etilgan. 
Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta sug‘urta qilish 
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Fuqarolik kodeksining 
tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish borasida qo‘llanishi lozim bo‘lgan qoidalari 


 243 
tatbiq etiladi. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta shartnomasi 
(asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘urtalovchi keyingi shartnomada sug‘urta 
qildiruvchi hisoblanadi. 
Fuqarolar va maxsus davlat organlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan 
fuqarolikg‘huquqiy 
munosabatlar 
maxsus 
vakolatli 
davlat 
organining 
sug‘urtalanuvchilar bo‘lgan – fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya etish 
bilan bog‘liqdir. Amaliyotda shunday holatlar bo‘ladiki, sug‘urta tashkiloti 
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta hodisasi tufayli ko‘rilgan zararni qoplashdan asossiz 
voz kechishi mumkin. Bunday paytda o‘z manfaatlarini huquqiy himoya etish 
maqsadida sug‘urtalanuvchi maxsus vakolatli davlat organiga murojaat etishi 
mumkin. 
Sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida paydo 
bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari asosida tartibga 
solinadi. Maxsus vakolatli organning sug‘urta tashkilotlariga nisbatan paydo 
bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlari o‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik kodeksi va «Sug‘urta faoliyati» to‘g‘risidagi Qonunda o‘z aksini topgan. 
Maxsus vakolatli davlat organi qonunda belgilangan tartibda sug‘urta 
tashkilotlarining faoliyatini nazorat etib boradi. Zaruriyat bo‘lganda esa, 
sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya etish maqsadida undan sug‘urta 
faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olish huquqiga 
ega.
Sug‘urtani huquqiy tartibga solish davlat tomonidan sug‘urta munosabati 
qatnashchilarining hattig‘harakatini huquqiy normalar vositasida amalga oshiriladi. 
Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini har xil oldindan ko‘rib 
bo‘lmaydigan sug‘urtaviy himoya qilish uchun ko‘pchilik shaxslar tomonidan 
tashkil etiladigan maxsus fond hisobidan amalga oshiriladigan sug‘urta faoliyati 
jarayonida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar mavjud. Ushbu munosabatlarni 
tartibga soladigan normalar yig‘indisiga sug‘urta huquqi deyiladi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə