1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

Sug‘urta qoplamasi
- mulkiy sug‘urtada va sug‘urtalanuvchining uchinchi 
shaxs oldida fuqarolik javobgarligini sug‘urtasida zararni qoplash uchun sug‘urta 
fondidan to‘lanadigan pul mablag‘i. Sug‘urta qoplamasi sug‘urta summasiga teng 
yoki undan kam bo‘lishi mumkin. Sug‘urta hodisasi ro‘y berganlik xolati va shakli 
bo‘yicha adjaster yoki avariya komissarining xulosasi sug‘urta kompaniyasi 
tomonidan sug‘urta qoplamasi to‘lanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. 


 240 
Syurveyer
- sug‘urtaga tortiladigan mol-mulkni ko‘rikdan o‘tkazuvchi 
sug‘urta kompaniyasining xodimi. Sug‘urta kompaniyasi syurveyerning xulosasi 
asosida sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. CHet el 
amaliyotida yong‘in havfsizligini ta’minlovchi ixtisoslashgan firmalar, mehnat 
muhofazasi bo‘yicha tashkilotlar syurveyer funksiyasini bajaradi.
Franshiza
- sug‘urta shartnomasi shartlarida ko‘zda tutiladigan 
sug‘urtalovchining zararni qoplashdan ozod etiladigan qismi. Franshiza sug‘urta 
summasiga nisbatan foizlarda belgilanadigan shartli va shartsiz franshizalarga 
bo‘linadi. SHartli franshizada sug‘urtalovchi belgilangan franshiza summasidan 
oshmaydigan zararni qoplash javobgarligidan ozod etiladi. Bu holda, agar 
ko‘rilgan zarar miqdori franshiza summasi miqdoridan oshib ketsa, sug‘urta 
kompaniyasi zararni to‘liq qoplaydi. SHartsiz franshizada ko‘rilgan zarar franshiza 
summasidan chegirilib qoplanadi. 
Fraxt
- dengiz yoki havo yo‘llari orqali yukni tashishda to‘lanadigan haq. 
Ushbu haq tarif yoki yukni tashish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘zaro 
kelishilgan narx asosida to‘lanadi. Dengiz sug‘urtasida yuklarni tashishda fraxt 
polisi yoziladi va fraxt qiluvchiga beriladi. 
Frontlashtiruvchi kompaniya
- boshqa sug‘urta kompaniyasining 
iltimosiga ko‘ra, o‘z nomidan sug‘urta polisi beruvchi sug‘urta kompaniyasi. 
Frontlashtiruvchi sug‘urta kompaniyasi qabul qilib olingan riskni yuz foiz 
miqdorida iltimos qilgan sug‘urta kompaniyasi hisobiga o‘tkazadi va buning uchun 
undan komission haq oladi. Hozirgi paytda, O‘zbekistonda bir nechta 
frontlashtiruvchi kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Masalan, “Anglo-
Tashkent”, “UzAIG” sug‘urta kompaniyalari. 
Fronting
- qabul qilib olingan riskni tegishli komissiya haqi evaziga 
to‘laligicha boshqa sug‘urta yoki qayta qayta sug‘urtalovchi kompaniyalariga 
berish. 
Sedent
- riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni riskni 
qayta sug‘urtalash uchun beruvchi sug‘urta kompaniyasi. Ikkilamchi sedent 
retrotsedent deb ataladi. 
Sessiya
- 1) sug‘urta riskini qayta sug‘urtalashga berish jarayoni. Sedent va 
qayta sug‘urtalovchi o‘rtasidan huquqiy munosabatlarda ishlatiladi. 2) Xorij 
amaliyotida sedentning olingan sug‘urta mukofoti ma’nosini bildiradi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə