1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 Qayta sug‘urtaning turlari va shakllari



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

2. Qayta sug‘urtaning turlari va shakllari 
Sedent atamasi riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi
ya’ni riskni qayta sug‘urtalash uchun beruvchi sug‘urta kompaniyasi. Ikkilamchi 
sedent retrotsedent deb ataladi. Bundan qayta sug‘urtalashda sessiya atamasi ham 
keng qullaniladi. Sessiya – sug‘urta riskini qayta sug‘urtalashga berish jarayonidir. 
Qayta sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta kompaniyasi ham bo‘lishi mumkin. 
Jahondagi eng yirik sug‘urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug‘urtalash
jamiyati, SHveysariya qayta sug‘urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug‘urtalash 
jamiyatlari kiradi. 
Qayta sug‘urtalash ishida uning bir necha turlarini uchratish mumkin. 
Jumladan, fakultativ, obligator va fakultativg‘obligatorli qayta sug‘urtalashdir. 
Fakultativ qayta sug‘urtalash - nisbiy qayta sug‘urtalash shartnomasining turi. 


 338 
Fakultativ qayta sug‘urtalashda har bir berilayotgan risk buyicha alohida 
shartnoma tuziladi. Sedent har bir risk buyicha qayta sug‘urtalash zarur yoki 
zarur emaslik masalasini mustaqil ko‘rib chiqadi. o‘z navbatida, qayta 
sug‘urtalovchi ham sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham 
mumkin. 
Obligatorli qayta sug‘urtalash xalqaro amaliyotda ikki xil ma’noni 
bildiradi: 
1) qayta sug‘urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar 
qonunchiligiga ko‘ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha 
sug‘urta kompaniyalari qabul qilgan risklarini bir qismini majburiy ravishda
qayta sug‘urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora qayta sug‘urtalash orqali chet 
elga valyuta chiqib ketishini oldini oladi; 
2) sug‘urta kompaniyasi (sedent) ma’lum bir sug‘urta turi buyicha riskni 
qayta sug‘urtalovchiga berishini va o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi, riskni
qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta sug‘urtalash shartnomasi. Fakultativ-
obligator shartnomasi g‘ sedent qayta sug‘urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har 
qanday sug‘urta riskini berishi, qayta sug‘urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart 
ekanligi haqidagi qayta sug‘urtalash shartnomasi. 
Qayta sug‘urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda amalga 
oshiriladi. Nonisbiy qayta sug‘urta qilishga nisbatan nisbiy qayta sug‘urtalash 
ancha ilgari paydo bo‘lgan. SHu nuqtai nazardan qaraganda nisbiy qayta 
sug‘urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta sug‘urtalash ham deb atash qabul qilingan. 
Nisbiy qayta sug‘urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta 
sug‘urtalovchi kompaniyaning riskni taqsimlashdagi ulushi sug‘urta kompaniyasi 
aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta 
sug‘urtalash mukofotining va sug‘urta kompaniyasining tegishli ulushi aniqlanadi. 
Nisbiy qayta sug‘urta qilishning prinsipi "qayta sug‘urtalovchi sedentning riskini 
bo‘ladi" degan fikrdan iborat. 
Sug‘urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug‘urtalashning quyidagi shakllari 
mavjud: 
* Kvotali qayta sug‘urta qilish; 
* Ekssedent qayta sug‘urta qilish; 
* Kvotalig‘ekssedent qayta sug‘urta qilish. 
Nonisbiy qayta sug‘urta qilishda qayta sug‘urtalovchining sug‘urta mukofoti 
va qoplamasidagi foizlardagi ishtiroki prinsipi qullanilmaydi. Nisbiy qayta sug‘urta 
qilishda tomonlarning manfaati bir-biriga mos keladi.


 339 
Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga xos bo‘lgan belgilardan biri qayta 
sug‘urta qilish buyicha sug‘urta mukofotlarini qaytarib olish xarakteriga ega 
ekanligidir. Qayta sug‘urta qilish munosabatlarining uzoq yillik rivojlanishi 
jarayoni davomida xalqaro va milliy darajalarda foydalaniladigan qayta sug‘urta 
qilish shartnomalarining bir necha xillari shakllangan. Ular quyidagilardir: 
* fakultativ qayta sug‘urta qilish; 
* obligatorli qayta sug‘urta qilish; 
* fakultativ-obligatorli qayta sug‘urta qilish;
YUqorida qayd qilingan qayta sug‘urta qilish shartnomalaridan eng 
ommaviysi va uzoq yillardan beri qo‘llanib kelinayotgani - bu fakultativ qayta 
sug‘urta qilish shartnomalaridir. Mazkur shartnomaning ijobiy tomoni shundaki
bunda riskni qayta sug‘urtaga beruvchi – sug‘urta kompaniyasi ham va qayta 
sug‘urtalovchi kompaniya ham qancha miqdordagi riskni o‘ziga olib qolish yoki 
qabul qilib olish masalalarini mustaqil hal qiladilar. Aksincha, obligatorli qayta 
sug‘urta qilish shartnomalari buyicha sug‘urta kompaniyasi qabul qilib olingan har 
bir riskning tegishli qismini qayta sug‘urta kompaniyasiga berishi shart. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə