1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 SHartnoma tuzishdan avval yuzaga keladigan bahslar



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

 
3. SHartnoma tuzishdan avval yuzaga keladigan bahslar 
Sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi, sug‘urtalangan shaxs) 
o‘rtasida yuzaga keladigan bahs-munozaralarning 3ta asosiy ko‘rinishi mavjud: 
1) sug‘urta shartnomasini tuzish jarayonida yuzaga keladigan bahslar; 
2) sug‘urta shartnomasining va sug‘urtalovchi o‘z majburiyatini bajarishi bilan 
bog‘liq bahs-munozaralar; 
3) sug‘urta shartnomasiga o‘zgartirish kiritish, bekor qilish hamda tugatish bilan 
bog‘liq bahs-munozaralar. 
Mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha quyidagi hollarda sug‘uurtalovchi sug‘urta 
shartnomasini tuzishdan bosh tortishi mumkin: 
-
sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtaga olinadigan mol-mulkni saqlashga 
loqaydlik bilan munosabatda bo‘lishi aniqlanganda; 
-
sug‘urta hodisasining ro‘y berish ehtimolligi yuqori bo‘lganda; bunday 
hollarda sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga riskni kamaytirishga qaratilgan 
texnik tadbirlar o‘tkazishni tavsiya qiladi; ba’zan esa sug‘urtalovchi bunday 
tadbirlarni moliyalashtirishga ogohlantirish tadbirlarining fondi hisobidan 
ko‘mak berishi mumkin; 
-
sug‘urtalovchi bilan sug‘urtalanuvchi mol-mulkning haqiqiy yoki texnik 
holatidagi qiymati yuzasidan kelisha olmaganda; 


 340 
-
sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasining ro‘y berish 
ehtimolligini va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning 
miqdorini aniqlash yuzasidan to‘liq va aniq ma’lumotlarni taqdim etishdan 
bosh tortganda; 
-
tomonlar sug‘urta summasining hajmi yuzasidan bir to‘xtamga kela 
olmaganda; 
-
sug‘urtalanuvchini sug‘urta shartnomasi bo‘yicha tarif stavkaning miqdori 
hamda sug‘urtalovchiga to‘lanadigan sug‘urta mukofotining miqdori 
qoniqtirmasa.
Bunday kelishmovchiliklar sug‘urtalanuvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida 
shaxsiy sug‘urta shartnomasini tuzish jarayonida ham kuzatilishi mumkin, lekin 
uning boshqa sug‘urta shartnomasidan farqi shundaki, shaxsiy sug‘urta 
shartnomasi ommabop hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, tijorat shaklidagi 
sug‘urta tashkiloti bunday shartnomani imzolashdan bosh tortishga haqli emas, 
ba’zi holatlar bundan mustasno, masalan, sug‘urtalovchi shartnoma tuzishning 
imkoni yo‘qligini qonun yoki huquqiy hujjatlar yordamida asoslab bersa. 
Majburiy 
sug‘urtada 
sug‘urtalovchi 
sug‘urtalanuvchiga 
sug‘urta 
shartnomasini tuzish taklifini. Dalolatnomani olgandan so‘ng sug‘urtalovchi 30 
kun ichida ikkinchi tomonga (sug‘urtalanuvchi) uning shartlarini qabul qilganligi 
yoki dalolatnomaga qarshi ekanligi to‘g‘risida ma’lum qilishi shart. 
Agar tomonlar (sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi) uchun sug‘urta 
shartnomasini tuzish qonunga muvofiq majburiy hisoblansa, tomonlardan fay biri 
uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi tomon sudga murojaat qilib, uni shartnoma 
tuzishga majburlashga haqli. SHartnoma tuzishdan asossiz ravishda bosh tortgan 
tomon ikkinchi tomonga etkazgan zararini qoplab berishi kerak. Agar sug‘urta 
shartnomasini tuzishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar sudga ko‘rib chiqish 
uchun taqdim etiladigan bo‘lsa, kelisha olmayotgan shartnoma shartlari sudning 
qarori bilan aniqlanadi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə