1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan va kuchga kitgandan keyingi bahslar



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

4. Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan va kuchga kitgandan keyingi bahslar
Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan va kuchga kirgandan keyingi bahslar.
Bunday bahslar quyidagi hollarda yuzaga kelishi mumkin: 
- sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasini tuzish jarayonida sug‘urtalovchiga 
sug‘urta hodisasining ro‘y berish ehtimolligini hamda uning natijasida ko‘rilishi 
mumkin bo‘lgan zararning miqdorini aniqlash holatlarida yolg‘on ma’lumotlar 
taqdim etgshan hollarda; bunday hollarda sug‘urtalovchi haqiqiy emas deb 


 341 
topilishini talab qilish va qonunga muvofiq sug‘urtalanuvchiga nisbatan choralar 
qo‘llashga haqli; 
- sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga shartomaning amal qilish davrida sug‘urta 
riskining oshishiga olib keladigan o‘zgarishlar bo‘lganligi haqida xabar 
bermaganda, shuningdek, sug‘urta hodisasining ro‘y berish ehtimolligi oshishi 
munosabati bilan sug‘urta mukofotiga qo‘shimcha summa to‘lashdan bosh 
tortganda; bunday hollarda sug‘urtalovchi shartnomani bekor qilish va uning bekor 
qilinishi oqibatida keltirilgan zararlarni qoplab berishini talab qilishga haqli; 
- shaxsiy sug‘urta shartnomasi sug‘urtalanuvchi, shuningdek, sug‘urtalangan shaxs 
hisoblanmaydigan shaxsning foydasiga tuzilgan bo‘lsa. 
Sudda ko‘rib chiqiladigan tomonlarning asosiy da’volar quyidagilar bilan 
bog‘liq: 
-
sug‘urtalovchi ro‘y bergan hodisani sug‘urta hodisasi deb tan olmaganda va 
sug‘urta qoplamasini to‘lashdan bosh tortganda; 
-
sug‘urta qoplamasining miqdori sug‘urtalanuvchini (naf oluvchini) 
qoniqtirmaganda; 
-
sug‘urtalovchilarning sug‘urta qoplamasini to‘lab berish muddatini asossiz 
ravishda “uzaytirish”lari hollarida. 
5. Sug‘urta qoplamasining miqdori va uni rad etish bilan bog‘liq bahslar 
Sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchining aniq bir sug‘urta hordisasi natijasida 
ko‘rgan zararini qoplab berishdan bosh tortganda u har tomonlama asoslangan va 
yozma shaklda taqdim etilgan bo‘lishi kerak. Sug‘urtalovchining sug‘urta 
qoplamasini to‘lashni rad etishi haqqoniy bo‘lsa va qonunning huquqiy normalari 
bilan asoslanmagan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchi sug‘urtlovchining haqligini aniqlash 
yuzasidan sudga ariza bilan murojaat qiladi. 
Ko‘pincha sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi, sug‘urtalangan shaxs) bilan 
sug‘urtalovchi o‘rtasidagi nizolar sug‘urta qoplamasining to‘liq yoki qisman 
to‘lanmasligi natijasida kelib chiqadi, lekin ular qonunga muvofiq asoslangan 
bo‘ladi. Quyidagi holatlar sug‘urta qoplamasi to‘lanmasligiga asos bo‘ladi: 
1)sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi ro‘y berganligini shartnomada 
ko‘rsatilgan muddatda va tartibda sug‘urtalovchiga ma’lum qilmasa; 
2) sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan 
zararlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni atayin amalga oshirmasa; 
3) sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi)ning ko‘rgan zarari aybdor shaxs tomonidan to‘liq 
qoplanganda; 


 342 
4) sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi, sug‘urtalangan shaxs) sug‘urta shartnomasi yoki 
qoidalarida ko‘rsatilgan u yoki bu majburiyatlarni bajarmaganda. 
Bunday majburiyatlarga (shartlarga) quyidagilar kiradi: 
-
sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi, sug‘urtalangan shaxs) sug‘urta hodisasi ro‘y 
berganligi to‘g‘risidagi xabarni shartnomada belgilangan muddatda tegishli 
organlarga (IIV, yong‘in xavfsizligi xizmati, sug‘urta nazorati, militsiya, 
sanepidstansiya, avriya, qutqaruv xizmati) taqdim etishi kerak; 
-
sug‘urtalanuvchi mol-mulk sug‘urtasi yoki tadbirkorlik riski sug‘urtasi 
bo‘yicha shartnoma tuzayotganida sug‘urtalovchini xuddi shu ob’ektlar 
boshqa 
sug‘urta 
tashkilotida 
ham 
sug‘urtalanganligi 
to‘g‘risida 
ogohlantirishi kerak; 
-
sug‘urta qoidalariga ko‘ra, mulkiy va tadbirkorlik riski sug‘urtasida sug‘urta 
summasining miqdori sug‘urta qiymatidan oshirilishi mumkin. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə