1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


- bosqichma-bosqich davlat o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy himoya bilan bog‘liq  muammolarni iqtisodiyotning biznes sohasiga topshirishi; -



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

-
bosqichma-bosqich davlat o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy himoya bilan bog‘liq 
muammolarni iqtisodiyotning biznes sohasiga topshirishi;
-
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini 
izchil kamaytirib borish; 
-
byudjetning ijtimoiy harajatlar qismiga tushadigan og‘irlikni engilashtirish;
-
sug‘urta tashkilotlari mablag‘larini ijtimoiy-iqtisodiy himoya bilan bog‘liq 
masalalarga yo‘naltirish; 
-
yuqoridagi chora-tadbirlarni qo‘llash orqali bo‘shagan pul mablag‘larni sog‘liqni 
saqlash, infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, sug‘urta tashkilotlarining 


 296 
moliyaviy barqarorligini oshirish kabi maqsadlarga sarflashda foydalanish 
mumkin.
Aytish kerakki, majburiy sug‘urtalash yurtimiz moliya bozorini jonlantirish 
barobarida aholining ijtimoiy muhofazasini yanada mustahkamlashda ham katta rol 
o‘ynaydi. SHu bois ishonch bilan ayta olamizki, mamlakatimizning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida sug‘urta amaliyoti, xususan majburiy sug‘urtaning 
ahamiyati kattadir. Majburiy sug‘urta turlarining qamrovligini hisobga oladigan 
bo‘lsak, bu o‘z o‘rinda sug‘urtaning rivojlanishiga va keng omma orasida 
tarqalishiga imkoniyat yaratadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish mamlakat 
iqtisodiyotida etakchi ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun iqtisodiy jihatdan 
rivojlangan mamlakatlar aholining kuchli ijtimoiy himoyasini ta’minlashga 
intiladilar. Buning ustiga, ijtimoiy himoyani ta’minlashning samarali usullari 
sifatida bozor iqtisodiyoti prinsiplariga asoslangan metodlar bo‘lib, ular bir 
vaqtning o‘zida ham iqtisodiyotning rivojlanishi uchun, ham mamlakatda ijtimoiy 
himoyani ta’minlash uchun sharoit yaratadi.
Bugungi kunda majburiy sug‘urtaning mavjudligi sug‘urtaning mamlakat 
iqtisodiyotiga kirib borishida asosiy omillardan biri ekanligini xorijiy amaliyot 
orqali yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Albatta, sug‘urtaning majburiy turlarini tadbiq 
etish respublikada sug‘urta sohasi rivojiga ko‘p jihatdan imkon yaratadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ko‘ra majburiy sug‘urta 
qonun xujjatlariga asosan joriy etiladi. Majburiy va majburiy davlat sug‘urtasi 
mavjud. Majburiy sug‘urtada sug‘urta mukofotlari sug‘urtalanuvchining 
mablag‘lari hisobidan, majburiy davlat sug‘urtasida esa davlat byudjeti mablag‘lari 
hisobidan to‘lanadi.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə