4. Sug‘urta vositachilarining sug‘urta faoliyatida tutgan o‘rni va ularning
huquq-majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 5-
moddasida “Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyatining
sub’ektlari hisoblanadi. Sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari hamda boshqa
yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozorining
prfessional ishtirokchilari hisoblanadilar”, deb qayd etilgan.
Sug‘urta
bozorining
asosiy
professional
ishtirokchisi-sug‘urtalovchi.
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Quyidagilar bundan
mustasnodir:
- maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya
faoliyati;
- sug‘urta sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish bilan bog‘liq
faoliyat;
- sug‘urta agenti sifatidagi sug‘urta vositachiligi;
- binolarni ijaraga berish.
O‘z navbatida, sug‘urtalovchilar mulkiy shakliga qarab, bir nechta turda
bo‘ladi. Sug‘urta bozorida qayd etilgan qatnashchilardan tashqari, o‘zaro
sug‘urtalash jamiyatlari ham faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Bu jamiyatlarning
boshqasug‘urtalovchilardan farqi shundaki, ular foyda olish uchun intilmasdan,
ko‘rilgan zararni o‘zaro hamkorlikda qoplashni nazarda tutadi. Statistik
ma’lumotlar bo‘yicha, o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari xalqaro sug‘urta bozorida
to‘plagan sug‘urta mukofoti hamda aktivlari jihatidan salmoqli o‘ringa ega. AQSH
va YAponiya milliy sug‘urta bozorlarida o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlarining soni
jami sug‘urta tashkilotlarining 50 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Hozirgi paytda respublikamizda faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlari
qaysi sug‘urta sohasiga ixtisoslashganligiga qarab ikkiga bo‘linadi: haytni
sug‘urtalashga ixtisoslashgan sug‘urta tashkilotlari hamda umumiy sug‘urta
tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlari.
286
Sug‘urta bozori professional ishtirokchilari tarkibiga sug‘urta brokeri ham
kiradi. Sug‘urta brokeri- sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan
sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni
amalga oshiruvchi yuridik shaxs. O‘zbekistonda sug‘urta brokerlari tizimi
shakllanish jarayonini boshidan kechirmoqda. Ammo hozirgi paytda sug‘urta
xizmatlarining aksariyati ularning ishtirokisiz amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda sug‘urta bozorining barqaror rivojlanishi uning ishtirokchilari
tarkibini yanada kengayishiga asos yaratmoqda. Bunga misol tariqasida sug‘urta
bozoriga adjaster, syurveyer, aktuariy va assistans kabi tushunchalarning kirib
kelganligini keltirish mumkin. 2007 yil 15 sentyabrda matbuotda e’lon qilingan
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha
va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
qabul qilinishi yuqorida nomlari zikr etilgan sug‘urta bozori yangi
ishtirokchilarining huquqiy maqomini mustahkamlab berdi. Mazkur qonunning 9-
2-moddasida adjasterga quyidagicha ta’rif berilgan: “Adjaster sug‘urtalovchining
topshirig‘i bo‘yicha quyidagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, o‘z shtatida tegishli
mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega
bo‘lgan jismoniy shaxsdir:
- sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin sug‘urta ob’ektini ko‘zdan kechirish
va tekshirish;
- sug‘urta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish;
- sug‘urta ob’ektining shikastlanish sabablarini va sug‘urta hodisasi
mavjudligini aniqlash;
- sug‘urta hodisasi mavjud bo‘lgan taqdirda- sug‘urta hodisasi oqibatida
vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilash;
- to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasini aniqlash;
- sug‘urtalovchi uchun sug‘urta hodisasi bo‘yicha xulosa tuzish”.
Adjaster o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq
amalga oshiradi. Adjaster: sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish
operatsiyalari o‘tkazishga, sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga
oshirishga, sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Adjaster xizmati ko‘rsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtirilib, undan
sug‘urtalovchi zararlarning o‘rnini qoplash va nizolarni hal qilish chog‘ida
foydalanishi mumkin. Adjasterning hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil
sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Sug‘urta bozorining prfessional ishtirokchilar safiga aktuariylar ham kiradi.
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha
va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining9-4-
moddasiga asosan “Aktuariy quyidagilarni o‘z ichiga oladigan aktuar xizmatlar
ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir:
287
- Sug‘urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-
kitobini amalga oshirish, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman
sug‘urta majmui bo‘yicha zarar etkazilishining takroriyligini va ularning oqibatlari
og‘irligi darajasini belgilash;
- sug‘urtalovchining zarur sug‘urta zahiralari va fondlarini matematik jihatdan
asoslash hamda hisob-kitob qilish, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
- sug‘urtalovchining investitsiyalar sifatida to‘plangan badallardan
foydalanishida kapital qo‘yilma normasi va netto-stavka miqdori o‘rtasidagi
bog‘liqlikni tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga
ko‘maklashadigan tarzda aniqlash;
- sug‘urta jarayonini tashkil etish uchun zarur harajatlarni asoslash va sug‘urta
xizmatlari tannarxini hisoblash;
- sug‘urtaning har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini sug‘urtalovchilar uchun
ularni o‘tkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli hususiyatini hisobga olgan
holda belgilash;
- sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati natijalarini baholash;
- sug‘urtalovchining daromadlarini sug‘urtaning har xil turlari bo‘yicha
rejalashtirish”.
Sug‘urta syurveyeri ham sug‘urta bozorida muhim mavqega ega. Ammo,
O‘zbekistonda syurveyer xizmati hali etarli darajada rivojlanmagan. Ammo
shunday bo‘lishiga qaramay, syurveyerlarning faoliyati qonuniy jihatdan tartibga
solinadi. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining9-6-moddasida sug‘urta syurveyeri haqida quyidagilar ko‘rsatib
o‘tilgan: Sug‘urta syurveyeri quyidagilar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, o‘z
shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim
va malakaga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir:
- sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar sug‘urta ob’ektini ko‘zdan kechirish va
tekshirish;
- sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va tavakkalchilik
holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini aniqlash;
- tekshirilayotgan sug‘urta ob’ekti bo‘yicha xulosa tuzish.
Sug‘urta syurveyeri sug‘urtaga qabul qilinayotgan ob’ektlarni ko‘rikdan
o‘tkazish bilan shug‘ullansa, sug‘urta assistansisug‘urtalovchilarga, sug‘urta
qildiruvchilarga ko‘mak berishga ixtisoslashgan. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining9-8-moddasiga asosan,
“Assistans sug‘urta qildiruvchilarga hamda sug‘urtalovchilarga sug‘urta
shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar
ko‘rsatuvchi, shuningdek, ularga moliyaviy ko‘mak beruvchi yuridik yoki jismoniy
288
shaxsdir. Assistans o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga
muvofiq amalga oshiradi. Assistans xizmatlariga sug‘urta qildiruvchilar
(sug‘urtalangan shaxslar) ishtirokisiz faqat sug‘urtalovchilar tomonidan haq
to‘lanadi. Assistans: sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish
operatsiyalari o‘tkazishga, sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga
oshirishga, sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas”.
Qayta sug‘urta tashkilotlari sug‘urta bozorining prfessional ishtirokchisi sifatida
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy holatini mustahkamlashning muhim vositasi
hisoblanadi.
Qayta
sug‘urtalovchi-sug‘urtalangan
tavakkalchilikni
qayta
sug‘urtalash uchun qabul qilib oladigan yuridik shaxs. Qayta sug‘urtalovchi
yordamida tavakkalchilikni ikkilamchi taqsimlash amalga oshiriladi. Qayta
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta kompaniyasi ham bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda
O‘zbekistonda yagona qayta sug‘urtalash kompaniyasi mavjud.
Sug‘urta agentlarining faoliyati “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003 yil
28 yanvardagi 19-son bug‘rug‘i bilan tasdiqlangan hamda 2003 yilning 1 fevralida
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1213-son bilan ro‘yxatga olingan
“Sug‘urta agentlari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tartibga solinadi.
Sug‘urtalovchining nomidan va uning topshirig‘iga muvofiq sug‘urta
shartnomalarini tuzish hamda uning ijrosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni
amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga sug‘urta agenti deyiladi.
Sug‘urta agenti- jismoniy shaxs o‘z nomiga, to‘lovlar naqd pul bilan amalga
oshirilganida esa yaqin qarindoshlari nomiga sug‘urta shartnomalari bo‘yicha
hujjatlar yozishga, shuningdek, o‘z foydasiga sug‘urta shartnomalari tuzishga va
bunda mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta agenti sifatida ish ko‘rishga
haqli emas.
Sug‘urta agenti quyidagi huquqlarga ega:
- sug‘urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sug‘urtaning har
qanday turi, shu jumladan, majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha vositachilik
faoliyatini amalga oshirish;
- sug‘urtaga qabul qilinayotgan sug‘urta tavakkalchiligini baholashda, sug‘urta
hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovini to‘lashda va sug‘urta qildiruvchining
sug‘urta mukofotini to‘liq hajmda hamda sug‘urta shartnomasida belgilangan
muddatlarda to‘lashida zarur ko‘mak ko‘rsatish;
- sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta
zahiralari hamda qabul qilingan majburiyatlarito‘g‘risida, shuningdek,
sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa
ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
- sug‘urta qildiruvchilarning so‘roviga ko‘ra ularga sug‘urtaning amaldagi
shartlari to‘g‘risida axborot berishi;
289
- mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etgan ma’lumotlarning
mahfiyligini saqlashi;
- tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, sug‘urtalovchining topshirig‘iga ko‘ra
va uning hisobidan sug‘urta to‘lovlari to‘lanishini tashkil etishi shart.
Sug‘urta agentining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Tabiiyki, agent bitimini tuzishdan oldin sug‘urta tashkiloti agent bilan suhbat
uyushtiradi, zaruriyat bo‘lganda kasbiy faoliyatga layoqatlilik nuqtai nazaridan
savol-javob tashkil etadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslar bilan agentlik
bitimi imzolanadi. Amaldagi holatdan kelib chiqqanda, ayrim sug‘urtalovchilar
agentni ishga qabul qilganlaridan so‘ng ularni sug‘urta tashkilotida tashkil etilgan
agentlarni tayyorlash kurslarida bepul o‘qitadilar. SHunisi diqqaga sazovorki,
sug‘urta agentining ish vaqti sug‘urta tashkiloti tomonidan belgilanmaydi. Demak,
jismoniy shaxslar asosiy ishlaridan bo‘sh paytlarida sug‘urtalovchi bilan tuzilgan
agentlik bitimiga binoan uning nomidan sug‘urta polislarini mijozlarga sotishlari
mumkin.
Alohida ta’kidlash lozimki, topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzilgan
kundan 5 kun ichida sug‘urta agenti- jismoniy shaxsga guvohnoma beriladi.
SHundan so‘ng sug‘urtalovchi agentni uning nomidan sug‘urta shartnomalarini
tuzish uchun kerakli bo‘lgan ish qog‘ozlari, sug‘urta qilish qoidalari,
shartnomalari, sug‘urta tariflari, sug‘urta polislari, reklama va boshqa kerakli
hujjatlar bilan ta’minlaydi. O‘z navbatida, sug‘urta agenti sug‘urtalovchi
tomonidan ajratilgan hujjatlarni, shu jumladan, qat’iy hisobda turuvchi hujjatlarni
to‘liq va butun saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi. Agent vaziyatga qarab va
sug‘urtalovchining talabidan kelib chiqqan holda haftada yoki oyda bir marta
vositachilik faoliyati yuzasidan sug‘urtalovchiga hisobot berib boradi- bu shartlar
agent bitimida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. Hisobotda agent tomonidan
tuzilgan va sotilgan sug‘urta polislari, shunga muvofiq ravishda, sug‘urta tashkiloti
hisob raqamiga kelib tiushgan sug‘urta mukofotlari miqdori haqida ma’lumotlar
batafsil bayon etiladi.
Sug‘urta agentlariga to‘lanadigan vositachilik haqi sug‘urtalovchining yoki
uning filialining hisob raqamiga kelib tushgan sug‘urta mukofotiga nisbatan
foizlarda hisoblanadi.
Sug‘urta agentlari mehnatiga haq to‘lash, sug‘urta agenti tuzgan
shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlaridan vositachilik puli shaklida amalga
oshiriladi. Vositachilik puli miqdori sug‘urta agenti tuzgan sug‘urta shartnomalari
bo‘yicha sug‘urtalovchi hisob raqamiga tushgan sug‘urta mukofotlarining 25
foizidan oshishi mumkin emas.
Sug‘urta mukofotlari yuridik shaxs shaklida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
agentining hisobiga kelib tushganda, sug‘urta agenti ularni agent bitimida
ko‘rsatilgan muddatlarda sug‘urtalovchining hisob raqamiga o‘tkazishi, jismoniy
290
shaxs- sug‘urta agenti sug‘urta mukofotlarini naqd pulda qabul qilib olganda esa
ularni o‘sha kunning o‘zida vakolatli bankning kirim kassasiga topshirishi kerak.
Agar sug‘urta agenti sug‘urta mukofotlarini sug‘urtalovchining hisob raqamiga
o‘tkazish muddatiga amal qilmasa yoki ularni asossiz ushlab tursa, o‘sha davrda
sug‘urta hodisasi ro‘y berganda, sug‘urta qildiruvchining oldidagi sug‘urta
tovonini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarga sug‘urta agenti javobgar bo‘ladi.
Agent bilan tuzilgan agentlik bitimi quyidagilarga ko‘ra bekor qilinishi
mumkin:
- agentning tashabbusi bilan;
- sug‘urta tashkiloti tashabbusi bilan.
Agentlik bitimini tomonlardan birining tashabbusi bilan shartnoma amal
qilish muddati tugagunga qadar bekor qilinishi boshqa tomonni yozma xabarnoma
berish orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta tashkiloti bir tomonlama tartibda agent
bilan tuzilgan topshiriq shartnomasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
- sug‘urta agenti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va sug‘urta tashkilotining
me’yoriy hujjatlariga rioya etmaganda;
- sug‘urta agenti tomonidan agentlik faoliyati amalga oshirilmaganda, ya’ni
topshiriq shartnomasi imzolangan kundan boshlab olti oy mobaynida shartnomalar
tuzilmasligi va polislar berilmasligi hollarida;
- qabul qilingan majburiyatlarni surunkali bajarilmasligi hollarida;
- sud tomonidan sug‘urta agenti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida
o‘rnatilgan tartibda layoqatsiz deb topilsa;
- sug‘urta agentiga jazo choralari tayinlash bo‘yicha sud qarorining qonuniy
kuchga kirib, ishni davom ettirish imkoni bo‘lmaganda.
Dostları ilə paylaş: |