1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 YUridik shaxslar bilan shartnomalar tuzish va sug‘urta polislarini



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

 
2. YUridik shaxslar bilan shartnomalar tuzish va sug‘urta polislarini 
rasmiylashtirish tartibi 
Sug‘urta agenti mijoz bilan sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin o‘ziga 
ishongan holda harakat qilmog‘i lozim. U mijoz bilan uchrashuvga puxta 
tayyorgarlik ko‘rishi, fikrlarini bir joyga jamlashi va kutilishi mumkin bo‘lgan 
savollarga malakali javob berishga tayyor bo‘lishi talab etiladi.
Sug‘urta agenti yuridik shaxslar bilan shartnomani tuzishda nimalarga 
e’tibor qaratishi lozim? Sug‘urtaning asosiy shartlarining qaysi jihatlarini sug‘urta 
qildiruvchiga ko‘proq tushuntirib berishi kerak? Ushbu bo‘lim doirasida mana shu 
savollar yuzasidan fikr yuritamiz. 
Dastavval, sug‘urta agenti sug‘urta shartnomasi tuzishdan oldin bu sug‘urta 
turi sug‘urta faoliyatining qaysi klassifikatoriga oid ekanligini yaxshi bilishi talab 
etiladi. SHuningdek, sug‘urta qilish qoidalarini ham chuqur o‘zlashtirib olgan 
bo‘lishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan, mol-mulkka (sug‘urta 
predmeti bo‘lgan hamda sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan ko‘char va ko‘chmas 
mulk: binolar va inshootlar, savdo uskunalari, jihozlar, orgtexnika, sotiladigan 
mahsulotlar, maishiy va sanoat texnikalari, tugallanmagan kapital qurilish 
ob’ektlari, mashina va mexanizmlar, qurilish materiallari va qurilmalar, 
inventarlar, xom-ashyolar, material va boshqa mol-mulklar) egalik qilish, 
foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq mulkiy manfaatlar yuridik shaxs mulkini 
zarardan, olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish ob’ektlari hisoblanadi.
YUridik shaxslar mol-mulkini sug‘urta qilish sug‘urta shartnomasini tuzgan 
shaxs, ya’ni sug‘urta qildiruvchi yoki mulk yuqotilganda yoki zararlanganda 


 271 
sug‘urta qoplamasi to‘lanishi mumkin bo‘lgan sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan 
boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs (naf oluvchi) foydasiga amalga oshiriladi. 
Mol-mulklarni sug‘urtaga qabul qilish maqsadida baholash yuridik 
shaxsning buxgalteriya balansidagi ma’lumotlarga asoslangan holda amalga 
oshiriladi. SHundan so‘ng agent sug‘urtaga qabul qilinayotgan mulklarga qanday 
sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishi natijasida zararlar etkazilganda sug‘urtalovchi 
tomonidan qoplanishini tushuntirish zarur. SHartnomada sug‘urta hodisalari deb 
nomlangan bo‘lim bo‘lishi mumkin. Unda mol-mulkning jismoniy yuqolishi va 
shikastlanishidan ko‘rilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararlarni quyidagilar natijasida 
yuzaga kelgan bo‘lsa sug‘urtalovchi tomonidan qoplanishi nazarda tutiladi: 
yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, erning ko‘chishi, erning cho‘kishi, 
erning siljishi, er osti suvlarining harakati, sel, chaqmoq urishi, zilzila; 
do‘l; ko‘p qor yog‘ishi yoki muzlash; qulfni buzib qilingan ug‘rilik; mashina 
va mexanizmlarning, qurilish materiallari va qurilmalarning, shuningdek uchuvchi 
jismlarning qo‘lab tushishi; isitish tizimlari, suv o‘tkazgich va kanalizatsiya 
tarmoklarining buzilishi; ichki santexnika tizimlarining yorilishi; elektr uskunalar, 
asboblar va mashinalarning elektr toki ta’sirida ichki zararlanishi; uchinchi 
shaxslarning qonunga xilof ravshida qasddan sodir etgan hatti-harakatlari. 
Sug‘urta agenti shuni yoddan chiqarmasligi zarurki, tomonlarning 
kelishuviga muvofiq sug‘urtalash bir vaqtning o‘zida yuqorida keltirilgan barcha 
sug‘urta tavakkalchiliklari bo‘yicha yoki boshqa istalgan uyg‘unlikda amalga 
oshirilishi mumkin. 
YUridik shaxslar bilan sug‘urta shartnomasini tuzishda agent mijozga albatta 
qanday hodisalar sodir bo‘lganda mol-mulkga etkazilgan zararlar qoplanmasligini 
tushuntirishi talab etiladi. Sug‘urta shartnomasida bunday hodisalar “umumiy 
istisnolar” tariqasida keltiriladi. Masalan, yuridik shaxslar mulkini sug‘urta qilish 
shartnomasi bo‘yicha quyidagilar natijasida sodir bo‘lgan hodisalar sug‘urta 
hodisasi hisoblanmaydi: 

sug‘urtalanuvchi, naf oluvchi yoki ular vakillarining korxonada 
belgilangan yong‘indan xavfli yoki portlovchi narsa hamda buyumlarni saqlash 
qoidalari, shuningdek alohida mulk turlari bilan muomala qilishda belgilangan 
boshqa qoidalarni qasddan buzishi; 

o‘z o‘zidan yonish, achish, chirish yoki boshqa tabiiy xususiyatlar; 

mol-mulkning o‘g‘irlanishi, uchinchi shaxslar tomonidan qonunga zid, 
qasddan sodir etilgan harakatlar natijasida yo‘q qilinishi yoki shikastlanishi, agar 


 272 
ushbu holat tegishli tashkilotlarga xabar qilinmagan, shuningdek bu tashkilotlar 
tomonidan ushbu hodisa tasdiqlanmagan bo‘lsa; 

kuya, parazit, termit yoki boshqa hashoratlar, ko‘rinmagan nuqsonlar, 
tabiiy eskirish, chirish, mog‘orlash, ob-havo namligi natijasida keltirilgan 
shikastlanish, buzilish va zararlar; 

sug‘urtalanuvchi yoki ularning vakillariga ma’lum bo‘lgan va 
sug‘urtalovchining javobgarligi kuchga kirishidan oldin mavjud bo‘lgan mol-
mulkning nuqsonlari; 

sug‘urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan sug‘urtalangan mol-
mulkdan foydalanish qoidalari buzilishi natijasida sodir bo‘lgan zararlar; 

doimiy mavjud bo‘lgan foydalanish omillari (eskirish, korroziya) ning 
ta’siri va ob-havo omillari ta’sirida asta-sekin zararlanishlar yoki sug‘urtalangan 
buyumlarning ishlatilmasligi; 

mol-mulkni tashish, shuningdek sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilmagan 
joyda saqlanishi; 

sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchiga zararlangan buyumlarni yoki 
ularning qoldiqlarini, zararlangan buyumlarning butkul yo‘q bo‘lib ketgan hollarini 
istisno qilgan holda taqdim etishdan bosh tortishi; 

sug‘urta shartnomasida kayd etilmagan boshqa barcha hodisalar; 

loyixa-smeta hujjatlarida ko‘rsatilmagan ishlarning qisman yoki butunlay 
to‘xtatilishidan zararlar; 

ko‘rsatilgan mol-mulkka rasman biriktirilmagan va ishlash uchun maxsus 
o‘qitilmagan shaxslar tomonidan mol-mulklardan foydalanish va xizmat ko‘rsatish 
natijasida ko‘rilgan zararlar; 

yoqilg‘i-moylash materiallari, ximikatlar (kimyoviy moddalardan 
tayyorlangan moddalar), muzlatish suyuqliklari va boshqa yordamchi 
materiallarning yuqolishi yoki zararlanishidan ko‘rilgan zararlar; 

qurilish texnikasi va transport vositalarining tashqi omillarga bog‘liq 
bo‘lmagan ichki buzilishlari natijasida shikastlanishidan ko‘rilgan zararlar; 

sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan vaqtda yoki undan so‘ng mulkning 
o‘g‘rilanishidan ko‘rilgan zararlar; 

loyiha - smeta xujjatlarida ko‘zda tutilmagan tajriba va tadqiqot ishlari; 

yadroviy portlash, radiatsiya yoki radioaktiv zaxarlanish ta’siri; 

harbiy harakatlar, manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar; 

agar mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasida boshqacha tartib
nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urtalangan mol-mulk davlat 


 273 
organlarining farmoyishi bilan olib qo‘yilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya 
qilinishi, xatlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi oqibatida ko‘rilgan zararlar uchun 
sug‘urta qoplamasini to‘lashdan ozod qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilganidek, 
quyidagi g‘ayri qonuniy manfaatlar sug‘urtasini amalga oshirish man etiladi: 

har xil o‘yinlar, lotereyalar va garov o‘ynashdan ko‘rilgan zararlarni 
sug‘urtalash amalga oshirilmaydi; 

garovga olingan odamlarni ozod qilish maqsadida shaxsni majburan 
qilishi mumkin bo‘lgan xarajatlarini sug‘urtalash amalga oshirilmaydi. 
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, quyidagi hollarda sug‘urtalovchi sug‘urta 
qildiruvchi (naf oluvchi)ga sug‘urta qoplamasi to‘lashni rad etishga xaqli: 
■ sug‘urta shartnomasining amal qilishi sug‘urta hodisasi ro‘y bergunga 
qadar to‘xtatilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 
948 va 950 - moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha to‘xtatilgan bo‘lsa; 
■ sug‘urta shartnomasi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
Kodeksi yoki boshqa qonunlarga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lsa; 
■ sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi yuz 
berish sabablarini o‘rganishga yoki etkazilgan zararlar hajmini aniqlashga 
to‘sqinlik qilganligi sababli shartnoma bekor qilinganda yoki O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonunlarga asosan sug‘urta 
shartnomasi kuchga ega emasligini e’tirof etish haqida sug‘urtalovchiga da’vo 
berilganda; 
■ Agar sug‘urta hodisasi sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning qasddan 
qilgan xatti-harakatlari oqibatida yuz bergan bo‘lsa, faqatgina bu xatti-xarakatlar 
ular tomonidan o‘zlarini zarur vaqtda ximoya qilish maqsadida yoki juda zarur 
sharoitda qilingan xolatlarni istisno qilgan hollarda sug‘urtalovchi sug‘urta 
qoplamasini to‘lashdan ozod bo‘ladi. 
Sug‘urta shartnomasini tuzishda agent e’tibor qilish zarur bo‘lgan jihatlardan 
biri mijozga sug‘urta puli, sug‘urta mukofoti, uni to‘lash tartibidir. Har qanday 
sug‘urta shartnomasida bayon etilganlar aniq ko‘rsatiladi. 
Sug‘urta shartnomasi 1 yil muddatga tuzilganda sug‘urta tarifi sug‘urta 
ob’ektining tavakkalchilik darajasiga qarab sug‘urta kelishilgan sug‘urta puliga 
nisbatan foizlarda belgilanadi. Masalan, yuridik shaxslar mol-mulkini 
sug‘urtalashda tarif stavkasi 0,1% dan 5% gacha miqdorda belgilanishi mumkin. 
SHartnomaning alohida shartlari, tavakkalchilik darajasi xamda sug‘urta 
muddatiga qarab sug‘urta tarifi kamaytirilishi yoki oshirilishi mumkin. Sug‘urta 
shartnomasi bir yildan kam yoki ko‘p muddatga tuzilganda sug‘urta mukofoti bir 


 274 
yillik sug‘urta to‘lovidan sug‘urta muddatiga nisbatan mutanosib ravishda 
belgilanadi. Tomonlarning kelishuviga muvofiq sug‘urta qildiruvchi tomonidan 
sug‘urta mukofoti sug‘urtalovchining hisob-kitob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li 
bilan yoki sug‘urtalovchining kassasiga yoki u tomonidan tayinlangan agentga 
naqd pul to‘lash orqali to‘lanishi mumkin. Sug‘urta mukofotini to‘lash tartibi 
sug‘urta shartnomasida belgilanadi. Misol uchun, sug‘urta qildiruvchi sug‘urta 
mukofotini shartnoma tuzilgandan so‘ng 3 kun ichida yoki 72 soat mobaynida 
to‘lash shartligi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatiladi. Agar sug‘urta shartnomasida 
boshqa shart belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti to‘liq to‘lanmagan takdirda, 
sug‘urtalovchining javobgarligi sug‘urta mukofotining to‘langan qismiga 
mutanosib ravishda bo‘ladi. 
Sug‘urta shartnomasida sug‘urta mukofoti bo‘lib-bo‘lib, ya’ni ikki va undan 
ortiq marta to‘lanishi ko‘rsatilishi mumkin. Sug‘urta mukofoti yoki navbatdagi 
to‘lov belgilangan muddatda to‘lanmasa, agar sug‘urta shartnomasida boshqa shart 
belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasi o‘z-o‘zidan kuchini yo‘qotadi va 
buning uchun tomonlarning qo‘shimcha istak bildirishlari shart emas. Avval 
to‘langan sug‘urta mukofotlari qaytarilmaydi, 
Tomonlarning kelishuviga binoan sug‘urta shartnomasi 1 yilgacha va undan 
ko‘p muddatga tuzilishi mumkin. Sug‘urta shartnomasi, agar unda boshqa shart 
belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti yoki uning birinchi qismi to‘lanishi bilan 
kuchga kiradi. Sug‘urtalovchining javobgarligi, agar sug‘urta shartnomasida 
boshqa shart belgilanmagan bo‘lsa, naqd pulli xisob-kitobda sug‘urta mukofoti 
yoki uning birinchi qismi to‘lanishi bilan va naqd pulsiz xisob-kitobda sug‘urta 
mukofoti yoki uning birinchi qismi sug‘urtalovchining hisob-kitob raqamiga kelib 
tushgandan so‘ng kuchga kiradi. 
Sug‘urta agentiga sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta shartnomasini uning 
nomidan tuzish vakolati berilgan bo‘lsa, u holda shartnomani tuzishda agent va 
sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida bir to‘xtamga kelib olinishi 
kerak: 

sug‘urtalash ob’ekti xisoblangan ma’lum mol-mulk yoki boshqa mulkiy 
manfaatlar haqida; 

sug‘urta hodisasining tavsifi xaqida; 

sug‘urta pulining miqdori xaqida; 

agar shartnomada sug‘urta qoplamasi sug‘urta puliga nisbatan kamroq 
miqdorda to‘lash mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa, sug‘urta qoplamasi 
miqdorini aniqlash tartibi xaqida; 


 275 

sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) 
xaqida; 

shartnomaning amal qilish muddati xaqida. 
Mol-mulk sug‘urta shartnomasiga binoan ushbu mol-mulkning saqlanishidan 
manfaatdor shaxs shartnomani naf oluvchi foydasiga, uning egasi, mol-mulkka 
boshqa mulkiy xuquqi bor shaxslar, ijarachi, pudratchi, saqlovchi, dallol va 
boshqalar foydasiga tuzishi mumkin. Sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi 
sug‘urtalangan mol-mulkning but saqlanishidan manfaatdor bo‘lmagan holda 
tuziladigan sug‘urta shartnomasi xaqiqiy xisoblanmaydi. Naf oluvchi foydasiga 
tuzilgan sug‘urta shartnomasida, uning ismi yoki nomi ko‘rsatilmasligi mumkin. 
Bunday sug‘urta shartnomasi tuzilganda oq polis (oluvchining ismi-sharifi 
ko‘rsatilmagan polis) beriladi. Bunday shartnoma bo‘yicha xaq-xuquqlarni talab 
qilish uchun sug‘urtalovchiga ushbu polis taqdim etilishi lozim. 
Sug‘urtalovchi mol-mulk sug‘urta shartnomasiga ko‘ra shartnomada 
shartlashilgan to‘lov (sug‘urta mukofoti) uchun shartnomada ko‘rsatilgan hodisa 
(sug‘urta hodisasi) yuz berganda sug‘urta qildiruvchi yoki boshqa shaxs, 
shartnoma kimning foydasiga tuzilgan bo‘lsa o‘sha shaxs (naf oluvchi)ga, 
sug‘urtalangan mol-mulkka ushbu hodisa natijasida etkazilgan zararlar yoki 
sug‘urta qildiruvchining mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararlar (sug‘urta 
qoplamasini to‘lash) uchun shartnomada belgilangan pul (sug‘urta puli) 
chegarasida to‘laydi. 
Sug‘urta shartnomasi yozma ravishda, bitta xujjat tuzish bilan yoki sug‘urta 
qildiruvchining yozma yoki og‘zaki arizasiga binoan sug‘urtalovchi imzolagan 
sug‘urta polisini sug‘urta qildiruvchiga berish orqali amalga oshiriladi. 
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra shartnomaga boshqa shartlar kiritilishi mumkin. 
Agar sug‘urta shartnomasida Sug‘urta qildiruvchining holatini qonunda 
belgilangan holatga ko‘ra yomonlashtiruvchi shartlar mavjud bo‘lsa, 
shartnomaning bunday shartlari o‘rniga qonunchilikning mos qoidalari 
qo‘llaniladi. Sug‘urta shartnomasini tuzish vaqtida sug‘urta qildiruvchi va 
sug‘urtalovchi ayrim sug‘urtalash qoidalarini o‘zgartirish yoki olib tashlash yoxud 
shartnomaga sug‘urtalash qoidalarda bo‘lmagan shartlarni kiritish haqida kelishib 
olishlari mumkin. 
Sug‘urta shartnomasini tuzish vaqtida sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalash 
ob’ektiga doir tuzilgan yoki tuzilishi mumkin bo‘lgan boshqa barcha sug‘urta 
shartnomalari haqida hamda ma’lum bo‘lgan sug‘urta hodisasining sodir bo‘lish 
extimolini va uning sodir bo‘lishidan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar xajmini 
aniqlashda ahamiyatga ega bo‘lgan barcha shartlar xaqida sug‘urtalovchiga 


 276 
ma’lum qilishi kerak. Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta shartnomasi(polisi)ning 
standart shaklida ko‘rsatilgan holatlar ahamiyatli holatlar xisoblanadi. 
Agar mol-mulk sug‘urta qiymatining bir qismi miqdorida sug‘urta qilingan 
bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) qo‘shimcha sug‘urtalashni amalga 
oshirish huquqiga ega, shu jumladan boshqa sug‘urtalovchida, lekin bunda barcha 
tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha umumiy sug‘urta puli sug‘urta 
qiymatidan oshmasligi kerak. Sug‘urta shartnomasi sug‘urta qiymatidan oshiqcha 
sug‘urta puliga nisbatan kuchga ega emas. Bu holda ortiqcha to‘langan sug‘urta 
mukofoti qaytarilmaydi. 
Agar sug‘urta shartnomasida sug‘urta puli sug‘urta qiymatidan kamroq qilib 
belgilangan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta 
qildiruvchi (nafdor shaxs)ga u ko‘rgan zararlarni sug‘urta pulining sug‘urta 
qiymatiga nisbatiga mutanosib ravishda qoplashi shart. Barcha hollarda shartnoma 
bo‘yicha sug‘urtalovchining javobgarligi sug‘urta pulidan ko‘p bo‘lishi mumkin 
emas. Mol-mulk sug‘urtasi shartnomasini tuzgan sug‘urta qildiruvchi vafot 
etganda, uning xuquq va majburiyatlari shu mulkni meros bo‘yicha olgan shaxsga 
o‘tadi. Boshqa barcha mulkiy xuquqlarning yangi mulkdorga o‘tishi holatlarida, 
agar shartnoma yoki qonunda boshqa shart belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urta 
qildiruvchining huquq va majburiyatlari sug‘urtalovchining roziligi bilan yangi 
mulkdorga o‘tadi. 
Agar shartnomada boshqa shart belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urta polisi 
sug‘urta qildiruvchiga naqd pulli xisob-kitobda sug‘urta mukofoti to‘lanishi 
bilanoq yoki naqd pulsiz xisob-kitobda sug‘urtalovchining hisob-kitob raqamiga 
pul kelib tushgan kundan co‘ng 3 bank ish kuni ichida beriladi. 
Har ikkala tomon xoxlagan vaqtda sug‘urta shartnomasini bekor qilish 
huquqiga ega, unda mo‘ljallangan bekor qilish muddatidan 30 kun oldin ikkinchi 
tomon so‘nggi manzili bo‘yicha yozma ravishda ogoxlantirilishi lozim. Sug‘urta 
shartnomasining amal qilishi quyidagi xollarda to‘xtatiladi: 

muddati tugaganda; 

sug‘urtalovchi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarganda; 

bir tomonning talabiga binoan shartnoma bekor qilinganda; 

sug‘urta qildiruvchining talabiga binoan sug‘urtalovchi tomonidan 
sug‘urta qoidalariga amal qilinmaganda; 

yuridik shaxs – sug‘urta qildiruvchining yoki sug‘urtalovchining faoliyati 
O‘zbekistan 
Respublikasining 
qonun 
hujjatlarida 
belgilangan 
tartibda 
to‘xtatilganda; 


 277 

jismoniy shaxs – sug‘urta qildiruvchi vafot etganda, agar uchinchi shaxs 
sug‘urta qildiruvchining majburiyatlarini bajarishni o‘z zimmasiga olmasa; 

sud qaroriga binoan sug‘urta shartnomasi haqiqiy emas deb topilganda; 

O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
hollarda. 
Agar sug‘urta shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng sug‘urta hodisasining 
yuz berish extimoli yo‘qqa chiqsa va sug‘urta tavakkalchiligi sug‘urta hodisasidan 
boshqa sabablarga ko‘ra mavjud bo‘lmay qolsa, masalan, sug‘urtalangan mol-mulk 
sug‘urta hodisasidan o‘zga sabablar tufayli nobud bo‘lsa sug‘urta shartnomasi 
muddati tugamasdan oldin to‘xtatiladi. Bu xolda sug‘urtalovchi sug‘urta 
mukofotining sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lgan 
qismini olish huquqiga ega. Sug‘urta shartnomasidan sug‘urta qildiruvchi (naf 
oluvchi)ning muddatidan ilgari voz kechishi natijasida sug‘urtalovchiga to‘langan 
sug‘urta mukofoti agarda shartnomada boshqacha shart nazarda tutilmagan bo‘lsa 
qaytarilmaydi. Agar sug‘urta qildiruvchining yolg‘on ma’lumotlari asosida 
sug‘urta shartnomasidagi sug‘urta puli oshirilgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta 
shartnomasi bekor qilinishi va etkazilgan zararlarni qoplash maqsadida sug‘urta 
qildiruvchi tomonidan to‘langan sug‘urta mukofoti miqdoridan ko‘proq miqdorda 
to‘lov talab qilish huquqiga ega. Agar sug‘urta shartnomasi tuzilganidan so‘ng 
sug‘urtalovchiga sug‘urta qildiruvchi tomonidan mavjud shart-sharoit xaqida 
ataylab yolg‘on ma’lumotlar berilgani ma’lum bo‘lsa, sug‘urtalovchi shartnomani 
bekor qilinishini talab qilish xuquqiga ega. 
Sug‘urta agenti mijoz bilan sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirishda 
tomonlarning huquq va majburiyatlarini, ayniqsa mijozning huquq va 
majburiyatlarini atroflicha tushuntirishi kerak. 
SHartnomadaga muvofiq sug‘urta qildiruvchi quyidagi xuquqlarga ega 
bo‘lishi mumkin: 
-sug‘urtaning amal qilish muddati davomida sug‘urta masalalari bo‘yicha 
sug‘urtalovchidan maslahatlar olish; 
-sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalovchidan sug‘urta qoplamasi olish; 
-sug‘urta hodisasi yuz berganda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishini talab 
qilish; 
-barcha mulkini va alohida ob’ektlarni qo‘shimcha sug‘urta qilish. 
-sug‘urtalovchi bilan kelishgan xolda sug‘urta shartnomasiga qo‘shimcha 
va/yoki o‘zgartirishlar kiritish. 


 278 
-shartnomani sug‘urtalovchini ogohlantirish sharti bilan muddatidan avval 
bekor qilish. 
SHu bilan bir qatorda sug‘urta qildiruvchi quyidagi majburiyatlarni o‘z 
zimmasiga oladi: 
-sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatlarda sug‘urta mukofotini 
to‘lash; 
-sug‘urta ob’ekti haqida sug‘urtalovchiga to‘liq va aniq ma’lumotlar berish; 
-sug‘urta ob’ektini ko‘rib chiqishga imkoniyat yaratish;
-sug‘urtalovchiga tavakkalchilikdagi sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lgan 
taqdirda darhol xabar berish, masalan quyidagilar xaqida: 
■ sug‘urtalangan ob’ektni boshqa shaxs ixtiyoriga o‘tishi, mulkni garovga 
yoki ijaraga berilgani haqida (sotib oluvchi, garovga oluvchi yoki ijarachining 
nomi va manzilini ko‘rsatgan holda); 
■ mol-mulk joylashgan o‘rnining o‘zgargani, inshootni qayta jihozlash, 
qayta qurish yoki ularni boshqa maqsadlarda ishlatilishi xaqida;
■ ishlab chiqarish ishlarining to‘xtatilgani yoki faoliyati o‘zgargani xaqida; 
■ mol-mulkning nobud bo‘lishi yoki zararlangani xaqida, zararlar qoplanishi 
mumkin yoki mumkinmasligidan qatiy nazar; 
■ sug‘urtalangan binoda yoki unga aloqador bo‘lmagan yaqin joyda 
yong‘indan xavfli, portlovchi yoki boshqa narsalarning saqlanishi xaqida;
■ sug‘urta qildiruvchi talabga ko‘ra sodir bo‘lgan hodisa xaqida tegishli 
davlat organlariga darhol xabar berish shart. Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan jinoiy 
ish qo‘zg‘atilganligi, to‘xtatilganligi yoki ishning sudga oshirilganligi xaqida 
tergov organlari tomonidan tasdiqlangan qarorlarning nusxasini sug‘urtalovchiga 
taqdim etishi zarur; 
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga zararlangan mol-mulkni ko‘zdan 
kechirish uchun imkoniyat yaratish yoki mol-mulkning zararlangan qismlarini 
suratga yoki videotasvirga olib berishda amaliy ko‘mak berishi lozim. 
Sug‘urtalangan mol-mulkning sharoitini shartnomaning amal qilish muddati 
davomida hamda sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalangan mol-mulk haqida 
taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirishga sug‘urtalovchiga imkoniyat yaratish. 
SHartnomada sug‘urtalovchining huquqlari ham ko‘rsatiladi. Ular jumlasiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
-sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati davomida sug‘urtalangan 
mol-mulkning axvoli va qiymatini hamda sug‘urta qildiruvchi tomonidan 
sug‘urtalangan mol-mulk haqida taqdim etilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini 
tekshirish; 


 279 
-sug‘urta hodisasi yuz bergani xaqida sug‘urta qildiruvchining xabar 
berishini kutmasdan sug‘urta hodisalari oqibatida etkazilgan zararlarni ko‘rib 
chiqish va baholashni boshlash; 
-sug‘urta hodisasi yuz berganda tavakkalchilik darajasini ifodalovchi 
qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish; 
-sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgani va uning kelib chiqish sabablarini 
tasdiqlovchi kerakli xujjatlar va to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagunga qadar hamda 
voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganida tegishli tashkilotlar tomonidan tegishli 
qaror qabul qilingunga qadar sug‘urta qoplamasi to‘lashni keyinga surish; 
-sug‘urta tavakkalchiligining darajasi oshishiga olib keladigan sabablar 
haqida ogoxlantirilgan taqdirda sug‘urta shartlarini o‘zgartiri; 
-sug‘urta hodisasini yuz berish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan 
ogohlantiruv tadbirlarini o‘tkazish va tegishli mablag‘lar bilan ta’minlash. 
Sug‘urtalovchining majburiyatlari doirasiga quyidagilar kiradi: 
-sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatda sug‘urta polisini berish va 
sug‘urta shartnomasi tuzishda asoslanilgan sug‘urta qoidalari bilan tanishtirish; 
-sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta hodisasi yuz berganini tan 
olganidan va kerakli barcha ma’lumotlarga ega bo‘lganidan so‘ng sug‘urta 
qoplamasi to‘lash muddatlari har bir alohida sug‘urta shartnomasi shartlardan kelib 
chiqqan holda belgilanadi; 
-sug‘urta qoplamasi to‘lanmaydigan bo‘lsa, to‘lamaslik haqida qaror qabul 
qilinganidan boshlab 15 kun mobaynida sug‘urta qildiruvchini xabardor qilish; 
-sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchilar bilan munosabatlardagi maxfiylikni 
ta’minlash. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə