1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 Sug‘urta tashkilotlarining ustav kapitaliga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

3. Sug‘urta tashkilotlarining ustav kapitaliga qo‘yiladigan talablar
Sug‘urta faoliyatini yuritishda sug‘urtalovchilarning xizmati kattadir. CHunki 
sug‘urta ishi ularning asosiy faoliyatidir. SHuning uchun sug‘urtalovchi atamasiga 
quyidagicha tarif beramiz: 
Sug‘urtalovchi
– sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va 
tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining 
muhim bo‘g‘ini. O‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi 
Qonuniga ko‘ra, sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) 
to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb 
hisoblanadi.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi unsurlardan biri 
uning ustav kapitalidir. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq sug‘urta 
tashkilotlarining ustav kapitalining eng kam miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 
noyabrdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 


 262 
to‘g‘risida”gi 413-sonli qaroriga asosan sug‘urta tashkilotlari ustav kapitalining eng 
kam miqdorlari belgilandi (1-jadval)
5
.
Jadval-1 
t/r Sug‘urta tarmoqlari 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
21.05.2008 
dagi Qaroriga asosan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
26.11.2010 
dagi Qaroriga asosan 

Umumiy sug‘urta
750 ming evroga ekvivalent 
summada 
1,5 mln evroga ekvivalent 
summada 

Hayotni sug‘urta qilish
1 mln evroga ekvivalent 
summada 
2 mln evroga ekvivalent 
summada 

Majburiy sug‘urta 
1,5 mln evroga ekvivalent 
summada 
3 mln evroga ekvivalent 
summada 

Faqat 
qayta 
sug‘urta 
qilish bo‘yicha 
4 mln evroga ekvivalent 
summada 
6 mln evroga ekvivalent 
summada 
Jadvalda aks ettirilgan ma’lumotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2008 yil 21 maydagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va 
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
6
”gi Qaroriga binoan
mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlari o‘zlarining ustav kapital 
miqdorlarini 2010 yil 1 yanvargacha Qarordagi ko‘rsatilgan ustav kapitalning eng 
kam miqdoriga etkazishlari shart. Aks holda sug‘urtalovchilarining litsenziyalarining
amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turilishi va tugatilishi mumkin. 
SHuningdek Qarorda quyidagilar bayon etilgan. 
Sug‘urtalovchilar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida 
professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. bunda sug‘urtlaovchilar 
tomonidan ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya talab 
qilinmaydi.
2008 yil 1 iyundan boshlab uch yil muddatga: 
- yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtalavchilar aksiyalari bo‘yicha dividentlar 
ko‘rinishida oladigan daromadlari yuridik shaxslar foyda solig‘i va jismoniy 
shaxslarning daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi; 
- sug‘urtalovchilarning dividentlar va foizlar ko‘rinishida olingan daromadlari 
yuridik shaxslarning foyda solig‘i va jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini 
to‘lashdan ozod qilingan va soliqdan bo‘shagan mablag‘lar respublika hududlarida, 
birinchi navbatda, qishloq joylarida hududiy bo‘linmalarni, keng tarmoqli agentlik 
5
Manba: O’zbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlari to’plami. 2002 y. 11-son. 
6
Manba: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 maydagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh 
qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori.//Xalq so’zi gazetasi. 2008 yil 22 may.


 263 
tizimini tashkil qilish, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga 
yo‘nalirilishi ko‘zda tutilgan.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə