256
avvalo, mamlakatning sug‘urta sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa
me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Sug‘urta va qayta sug‘urtalash
kompaniyalari,
sug‘urtaga ixtisoslashgan vositachilar davlat sug‘urta nazoratining ob’ektlari
hisoblanadi. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda,
xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish, alohida hukumat qarorlari
bilan majburiy sug‘urtalashni joriy qilish va vakolatli sug‘urta nazorati xizmatini
tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar (ruxsatnomalar)
berish sug‘urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir. Litsenziya
(ruxsatnoma) berish jarayonida sug‘urta nazorati sug‘urtachining bo‘lajak
faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi. YA’ni, nizom jamg‘armasi va o‘z
mablag‘larining holati hamda bu mablag‘larning tashkilot zimmasidagi
majburiyatlariga o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi. Sug‘urta faoliyatiga litsenziya
(ruxsatnoma) berishning zaruriyati sug‘urtaning o‘z mohiyatidan
kelib chiqishini
unutmaslik kerak. CHunki, sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz bergan vaqtda
sug‘urtalanuvchiga shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni o‘z vaqtida to‘lashi lozim.
Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi organning bu boradagi ishlari nafaqat
sug‘urtalanuvchilar manfaatiga mos tushadi, balki butun davlatning manfaatlari
yo‘lida ham xizmat qiladi.
E’tirof etish lozimki, bugungi kunda mamlakatda sug‘urta faoliyati bilan
shug‘ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) berish tartibi ishlab chiqilgan.
Sug‘urta tashkilotiga beriladigan litsenziya (ruxsatnoma) sug‘urtalashning
har bir
turi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan sug‘urta turlari guruhlari uchun beriladi.
CHunki, ba’zi sug‘urta turlari bo‘yicha operatsiyani amalga oshirish
sug‘urtalovchida etarli darajada moliyaviy mablag‘lar bo‘lishini talab etadi.
Bundan tashqari, sug‘urta kompaniyasi ishlab chiqqan biznes-rejada sug‘urta tarifi
stavkalarini to‘g‘ri hisoblanishiga alohida e’tiborni qaratish zarur. Negaki,
noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan tarif, pirovard natijada, sug‘urta tashkilotini
moliyaviy barqarorliksizga yoki to‘lov qobiliyatini yomonlashuviga olib keladi.
257
Nazarimizda, faqat sug‘urta kompaniyalarini emas, balki, qayta sug‘urtalashga
ixtisoslashgan tashkilotlar va vositachilik
idoralarini ham faoliyatini
litsenziyalashni kiritilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Biz mamlakatimizda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga
solishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo‘llari haqida o‘ylar ekanmiz, yaqin
qo‘shni mamlakatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasida bu sohada olib
borilayotgan ishlar haqida biroz to‘xtasak, foydadan xoli bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga
muvofiq, sug‘urta tashkilotlari sug‘urtalanuvchi oldidagi majburiyatini bajara
olmay qolganda, davlat sug‘urta nazorati xizmati, mijozlarning manfaatini ko‘zda
tutadigan choralar ko‘rishi kerak. Bozorda ko‘plab sug‘urta
tashkilotlari faoliyat
ko‘rsatadi, tabiiyki, bu holat potensial mijozlarni jalb qilish uchun ular o‘rtasidagi
raqobatni ham kuchayishiga olib keladi. Natijada, raqobatga bardosh bermagan
ba’zi sug‘urta kompaniyalari “sug‘urta maydonidan” chiqib ketadi. Xo‘sh, xalqaro
sug‘urta bozorida kuzatilgan yuqoridagidek holat ro‘y bermasligi uchun, davlat
qanday chora-tadbirlar ko‘rishi mumkin?
Birinchidan hukumat o‘zining tegishli nazorat organi orqali, sug‘urta
kompaniyalari tomonidan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni talablarini qat’iy
bajarilishini, shu jumladan, sug‘urta
zahiralarini to‘g‘ri joylanishini nazorat qilib borish muhimdir. Ikkinchidan, endi
shakllanayotgan O‘zbekiston sug‘urta bozoriga moliyaviy jihatdan mustahkam
xorijiy sug‘urta kompaniyalarining kirib kelishini tartibga solish kerak. Negaki, bu
holat mahalliy sug‘urta kompaniyalarining raqobat bardoshligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatib, ularni bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari hajmiga qarab,
ma’lum foiz ajratish yo‘li bilan markazlashgan sug‘urta jamg‘armasini
tashkil
etsalar, maqsadga muvofiqdir. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari qiyin holatga tushib
qolgan sug‘urta tashkilotlariga beriladigan yoki ular bankrot deb e’lon qilinganda
majburiyatlarini bajarishi uchun xizmat qiladi. Bizningcha, bu jamg‘arma tashkil
258
etilajak davlat sug‘urta nazorati xizmati tomonidan, sug‘urtalovchilar uyushmasi
vakillarini jalb qilgan holda boshqarilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: