1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 Davlat sug‘urta nazorati: uning funksiya va vazifalari



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

2. Davlat sug‘urta nazorati: uning funksiya va vazifalari 
Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi (keyingi 
o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) sug‘urta munosabatlari barcha 
qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta tashkilotlari faoliyati 
ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi. 
Davlat 
inspeksiyasi 
o‘z 
faoliyatida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
qarorlariga, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
farmonlari 
va 
farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarorlariga
shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 
Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: 
bajarilishi majburiy bo‘lgan to‘lov layoqati normalarini va ularni aniqlash 
tartibini, alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilarning majburiyatlari 
cheklangan yo‘l qo‘yiladigan miqdorini hisoblab chiqish metodikasini hamda 
majburiyatlarning jami miqdorini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga layoqatliligi 
bo‘yicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash; 
sug‘urta bozorining professional qatnashchilari tomonidan sug‘urta faoliyati 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, to‘lovga 
layoqatlilikning belgilangan normativlarini va ularning moliyaviy barqarorligiga 
qo‘yiladigan boshqa talablarni ta’minlash; 
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zahiralari mablag‘lari shakllantirilishi 
va joylashtirilishi bo‘yicha hisobot yuritish tartibini, hisobotlar tuzishni belgilash; 
sug‘urtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalterga 
qo‘yiladigan bajarilishi majburiy bo‘lgan malaka talablarini belgilash; 


 259 
sug‘urtalovchilar tomonidan moliyaviy hisobot berilishi shakllari, tartibi va 
muddatlarini belgilash; 
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zahiralari hosil qilish va joylashtirish 
tartibi va shartlarini belgilash; 
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta hodisalari boshlanishining oldini olish 
va ogohlantirish bo‘yicha tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanishi tartibi va shartlarini 
belgilash; 
qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional qatnashchilarining 
faoliyatini tekshirish va aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida 
bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta 
brokerlari litsenziyalari amal qilishini to‘liq yoxud sug‘urtaning ayrim turlari 
(darajalari)ga nisbatan to‘xtatib turish, shuningdek ularning amal qilishini 
to‘xtatish. 
Har bir moliyaviy yil tamom bo‘lgandan keyin olti oy o‘tgach sug‘urta 
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi yillik 
hisobotlarni, shuningdek moliyaviy yil mobaynida sug‘urta bozorining faoliyati 
to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini e’lon qilish; 
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Davlat 
inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini va ularning hisobotlari 
ishonchliligini, shuningdek ular uchun belgilangan to‘lovga layoqatlilik 
ko‘rsatkichlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari ta’minlanishini 
tekshirish; 
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash; 
o‘z vakolatlari doirasida sug‘urtalovchilar ishini metodik ta’minlash; 
sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha sug‘urta qilish qoidalari (shartlari) va 
sug‘urta tariflari belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash; 


 260 
Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab sug‘urta 
munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha 
normativ hujjatlar va metodik materiallarni ishlab chiqish; 
sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini ishlab 
chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish; 
sug‘urtalovchilar tugatilgan va qayta tashkil etilgan taqdirda sug‘urta 
qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish; 
respublikada sug‘urta faoliyati rivojlanishining holati va tendensiyalarini 
tahlil qilish; 
sug‘urta faoliyati bo‘yicha mutaxassislarni kasbga tayyorlash va ularni qayta 
tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshirish, sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha 
seminarlar va konferensiyalar tashkil etish; 
ommaviy axborot vositalari orqali sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha 
axborot-tushuntirish ishlari olib borish; 
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha fuqarolarning takliflari va 
so‘rovlarini ko‘rib chiєish; 
noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Davlat inspeksiyasi quyidagi huquqlarga ega: 
sug‘urtalovchilardan sug‘urta faoliyati to‘g‘risida belgilangan hisobot va 
ularning moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni, shuningdek, korxonalar
muassasalar, tashkilotlar, banklardan (kichik va o‘rta korxonalar, mikrofirmalar 
bundan mustasno), fuqarolardan o‘ziga yuklangan funksiyalarini bajarish uchun 
zarur bo‘lgan axborotni olish;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishini nazorat єilish maqsadida sug‘urtalovchilar faoliyatini tekshirish, zarurat 
bo‘lsa buning uchun komissiyalar va ishchi guruhlar tashkil etish; 
davlat ijro etuvchi organlaridan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun 
zarur bo‘lgan axborot va statistika hisobotini tekin olish. 


 261 
Davlat inspeksiyasiga Moliya vazirining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik 
qiladi. Davlat inspeksiyasi boshlig‘i Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalarning 
bajarilishi va inspeksiya tollonidan o‘z funksiyalari amalga oshirilishi uchun 
shaxsan javob beradi. 
Sug‘urta nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishning asosiy 
masalalari va Davlat inspeksiyasi faoliyatining boshqa masalalari O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi. Davlat 
inspeksiyasi o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tashkil etadi. Davlat inspeksiyasi xodimlarining 
xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi 
mumkin. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə