4. Sug‘urta tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning zarurligi va
uning faoliyatini litsenziyalash tartibi
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonunining 15-moddasida sug‘urta faoliyatini litsenziyalash masalalari ko‘rsatib
o‘tilgan. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda
maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta qilish sohasida yoxud umumiy
sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni
sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi
umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas,
umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilaydigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasnodir. Umumiy sug‘urta
sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta
qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug‘urta turlari
(klasslari) ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini
yanada rivojlanlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan sug‘urta
faoliyati klassifikatori tasdiqlangan. Unda hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i 4 ta
klassdan, umumiy sug‘urta tarmog‘i 17 ta klassdan iborat ekanligi ko‘rsatilgan.
Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishining to‘xtatib turilishi uning yangi
sug‘urta shartnomalari tuzishi taqiqlanishiga, shu jumladan amaldagi sug‘urta
shartnomalari uzaytirilishining taqiqlanishiga sabab bo‘ladi. Bunda sug‘urtalovchi
ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan
majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga majburdir. Litsenziyaning amal
qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi
sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda sudga murojaat etishi shart.
Sug‘urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari to‘xtatib
turiladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tayinlagan sug‘urtalovchining
muvaqqat ma’muriyatiga o‘tadi. Muvaqqat ma’muriyat sud qaror chiqargunga
264
qadar bo‘lgan davrda o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Sug‘urtalovchi muvaqqat
ma’muriyatining hisoboti maxsus vakolatli davlat organiga hamda sug‘urtalovchini
tugatish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining arizasi yo‘llangan sudga
taqdim etiladi. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati o‘z faoliyati davrida
xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, sug‘urtalovchining
boshqaruv xarajatlari (ma’muriy xarajatlari), sug‘urtalovchiga tushayotgan pullarni
hisobga yozish va ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta
hodisalari yuz berganda sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash bilan bog‘liq
hollar bundan mustasnodir. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining ishlash
tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning
qoidalari sug‘urtalovchining arizasiga binoan litsenziya bekor qilingan hollarga,
shuningdek uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlarida shunday
vakolat berilgan sug‘urtalovchining boshqaruv organi qaroriga binoan qayta tashkil
etilishi yoxud tugatilishiga taalluqli emas.
Sug‘urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 27 noyabrda qabul qilgan
qaroriga ko‘ra, sug‘urta kompaniyalari ustav kapitaliga talablar qo‘yildi7.
Sug‘urtalovchi ustav fondining kamida to‘qson foizi muassislarning pul
mablag‘laridan shakllantiriladi. Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish
uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan
mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sug‘urtalovchining ustav fondi
litsenziya olinadigan paytga qadar sug‘urtalovchining muassislari tomonidan
to‘langan bo‘lishi kerak. Sug‘urta kompaniyalari ustav fondining eng kam miqdori:
qayta sug‘urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun (agar
faoliyat mavzusi faqat qayta sug‘urta qilish bo‘lsa) - 2 mln AQSH dollariga teng
summada belgilandi. Majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi
sug‘urtalovchilar uchun ustav fondining eng kam miqdori 500 ming AQSH
dollariga teng miqdordagi summada belgilandi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, 2007 yil 10 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 618-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh
qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 618-son qaroriga muvofiq,
sug‘urta kompaniyalari ustav kapitali eng kam miqdoriga yangi talab o‘rnatildi.
Qayta sug‘urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun (agar
7
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori.”
265
faoliyat mavzusi faqat qayta sug‘urta qilish bo‘lsa) - 3 mln AQSH dollariga teng
summada belgilandi. Majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi
sug‘urtalovchilar uchun ustav fondining eng kam miqdori 1,0 mln. AQSH
dollariga teng miqdordagi summada belgilandi.
Vazirlar
Mahkamasining
yuqorida
ko‘rsatib
o‘tilgan
qarori
bilan
“Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash
to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, sug‘urtalovchilar va sug‘urta
brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan
yuridik shaxslar sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini
amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlari bo‘lishlari mumkin. Sug‘urtalovchi
va sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning
amal qilish muddati, qoidaga ko‘ra, cheklanmaydi. Litsenziyaning amal qilishi
litsenziya berilgan kundan boshlanadi.
Sug‘urta tashkilotlari litsenziya olishlari uchun quyidagi talab va shartlarga javob
berishlari zarur:
-O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
rioya qilish;
-sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonun hujjatlari
talablariga muvofiq maxfiyligini ta’minlash;
-litsenziyalovchi organ talabiga ko‘ra sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga doir
qonun hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish;
-litsenziya talabgori rahbari oliy ma’lumotga hamda sug‘urta sohasida kamida ikki
yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak;
-litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari boshqa sug‘urta tashkilotlarida rahbar
lavozimini egallashga haqli emas.
a) sug‘urtalovchilar uchun:
ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud
bo‘lishi;
b) sug‘urta brokerlari uchun:
sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma
majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash;
sug‘urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va
bajarilishi;
sug‘urtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga
oshirish.
266
Litsenziya olish uchun sug‘urta kompaniyasi litsenziyalovchi organga quyidagi
hujjatlarni taqdim etadi:
a) sug‘urtalovchilar uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta
manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs
amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi hamda ko‘rsatib
o‘tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan litsenziya berish
to‘g‘risida ariza;
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning
notarial tasdiqlangan nusxasi;
rahbar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi va
mehnat daftarchasidan ko‘chirma);
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi
organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi
hujjat;
ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitali
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul
qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar);
sug‘urta faoliyatining iqtisodiy asoslanishi, unga sug‘urtalash operatsiyalarini
rivojlantirish prognozini, ehtimol tutilgan qayta sug‘urtalash bitishuvlari rejasini,
sug‘urta zahiralarining hisob-kitob rejasini o‘z ichiga oluvchi litsenziyalanayotgan
sug‘urta klassi bo‘yicha biznes-reja kiradi;
sug‘urtalashning litsenziya talab qilinadigan turlari bo‘yicha qoidalar (shartlar),
litsenziyada quyidagilar bo‘ladi: sug‘urtalash sub’ektlari doirasini belgilash va
sug‘urta shartnomasi tuzish bo‘yicha cheklashlar, sug‘urta ob’ektlarini belgilash,
sug‘urta hodisalari ro‘yxatini belgilash - ushbu holatlar ro‘y berganda
sug‘urtalovchining sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlari paydo bo‘ladi,
(asosiy va qo‘shimcha shartlar), olib qo‘yish (tavakkalchilarning yoki mol-
muklarni) bunda sug‘urtalovchi majburiyatlarni bajarmasdan ozod bo‘ladi,
sug‘urta mukofotlari tariflari (stavkalari), sug‘urtalashning eng ko‘p (eng kam)
muddati, sug‘urta shartnomalarini tuzish va sug‘urta mukofotlarini to‘lash tartibi,
tomonlarning sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari va sug‘urta
shartnomalari bo‘yicha to‘lovni rad etishning mumkin bo‘lgan holatlari sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha e’tirozlarni ko‘rib chiqish tartibi. Qoidalarga sug‘urta
shartnomalari namunalari ilova qilinishi kerak. Litsenziya talabgori rahbari
tomonidan tasdiqlangan sug‘urtalash qoidalari (shartlari) ikki nusxada taqdim
etiladi, ularning betlari tikilgan va raqamlangan bo‘lishi kerak. Faoliyat turi faqat
267
qayta sug‘urta qilishdan iborat bo‘lgan litsenziya talabgorlari mazkur bandda
ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni taqdim etadilar, sug‘urtalash qoidalari (shartlari)ga oid
xat boshi bundan mustasno.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.
Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston
Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida
yig‘im undiriladi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi
litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori
berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash
ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilovaga qarang). Ilova
keltirilgan sxemadan ko‘rinib turibdiki, sug‘urtalovchilar va sug‘urta
brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash jarayoni 6 ta bosqichni o‘z ichiga
olib, dastlab litsenziya talabgori zarur hujjatlarni tayyorlaydi va uni ko‘rib chiqish
uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi. Keyingi bosqichda hujjatlar Moliya
vazirligi tomonidan qabul qilinadi va ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyaga
beriladi. Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o‘rganib chiqib,
sug‘urtalovchiga yoki sug‘urta brokeriga litsenziya berish yoxud litsenziya
berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
SHunday qilib xulosa qilish mumkinki, O‘zbekistonda sug‘urta nazorati davlat
organiga yuklatilgan sug‘urta faoliyatini litsenziyalash vakolati, pirovardida,
barcha sug‘urtalanuvchilarning, ya’ni sug‘urta kompaniyalari mijozlarining
qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bunday tizimining yaratilganligi
nafaqat sug‘urtalanuvchilarning, balki davlatning manfaatlariga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |