1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

2. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urtalash tizimi 
 
Hozirgi paytda aholi orasida keng tarqalgan majburiy sug‘urtaning quyidagi 
turlari mavjud: 


 297 
- Transport vositalari egalarining uchinchi shaxs oldidagi fuqarolik 
javobgarligining majburiy sug‘urtasi; 
- Ish beruvchining fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi. 
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta 
turlari xukumat qarorlari asosida joriy etilgan. Unda sug‘urtalanuvchilar guruhi, 
sug‘urta qilish shartlari, sug‘urta tarifi stavkalari va sug‘urta qoplamalari miqdori 
ko‘rsatilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish beruvchining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi 2009 yil 16 
apreldagi 210- sonli Qonuniga ko‘ra, 2009 yil 16 oktyabrdan boshlab ish 
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi Qonun asosida kuchga 
kirdi. Bu qonunning joriy qilishdan asosiy maqsad ish beruvchining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga 
solishdir. Keng ma’noda esa, mehnat jarayonida jarohat olgan, kasb kasalligi yoki 
xizmat burchini bajarayotgan vaqtida salomatligiga ziyon etgan kishilarning 
ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iborat.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtaning mohiyati 
shundan iboratki, xodim o‘z mehnat vazifasini bajarishi bilan bog‘liq holda 
mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘ligining boshqacha 
tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning xayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan 
zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchi o‘z fuqarolik javobgarligini 
sug‘urta qiladi. Bunday munosabat ishchining (xodimning) ish beruvchi (tashkilot, 
korxona, zavod va h.z.) bilan tuzgan mehnat shartnomasi imzolangandan so‘ng 
boshlanadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashning asosiy 
maqsadi barcha mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan ishchi va xodimlarni 
sog‘lig‘ini, hayotini ijtimoiy himoya qilishdir. “Ish beruvchining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” gi Qonunning maqsadi esa ish 
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.


 298 
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish 
shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanib, bu sug‘urta turi bilan sug‘urta 
tashkilotlari shug‘ullanishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- Avvalambor litsenziyaga ega bo‘lishi kerak; 
- Ustav fondining eng kam miqdori majburiy sug‘urta bo‘yicha shakllantirilgan 
bo‘lishi lozim; 
- Barcha hududlarda tashkilotning filiallari ta’sis etilgan bo‘lishi kerak; 
- Kelib tushdan da’volarni joylarda ko‘rib chiqishi darkordir.
Sug‘urtaning ushbu turining majburiyligi birinchi navbatda mamlakatning 
barcha ish beruvchilarini qamrab olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida 
sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha minimal sug‘urta tariflarini qo‘llashga imkoniyat 
yaratadi. Moxiyatan, majburiy sug‘urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari 
o‘rtasidagi jabrlangan ish beruvchilar ko‘rgan zararlarni qoplash uchun 
mo‘ljallangan mablag‘larni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida ish ko‘radi. Bu 
mexanizm orqali jabrlangan xodimlar ko‘rgan zararni qonunda belgilangan 
sug‘urta summasi doirasida qoplanishini kafolatlaydi va jabr ko‘rgan xodimga 
zararni qoplab berganda ham moliyaviy barqarorligi saqlanib qolishi ish 
beruvchining faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi real usul bo‘lib qoladi.
O‘zbekistonda bu majburiy sug‘urta turining joriy qilinishi ishchi va 
xodimlarning ish mobaynida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarini sug‘urtalash 
orqali ularning ish faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada ortishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, majburiy sug‘urtaning yana bir turi, transport vositalari 
egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash (keyingi o‘rinlarda -
FJMS) yo‘l-transport hodisasidan jabrlanganlarni ijtimoiy himoya qilishga 
yo‘naltirilgan majburiy sug‘urtaning anchayin keng tarqalgan turi hisoblanadi. 
Bugungi kunda deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda majburiy 
sug‘urtaning mazkur turi qo‘llaniladi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida majburiy 
sug‘urtaning mazkur turi FJMSning yagona tizimi (YAshil karta) sifatida 
qo‘llaniladi. YAna shuni ta’kidlash joizki, boshqa mamlakatlarda ham FJMSning 


 299 
xalkaro miqiyosda yanada samarali ishlashini ta’minlash maqsadida milliy FJMS 
tizimini yagona tizimga birlashtirish bo‘yicha ish olib borilyapti. 
FJMS bo‘yicha mamlakatimizda qabul qilingan qonun, shuningdek, yul-
transport hodisasidan jabrlanganlarni ijtimoiy himoya qilishni ma’lum darajada 
ta’minlashga yo‘naltirilgan. Qonunda transport vositalari egalarining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urtalash ko‘zda tutilgan va majburiy sug‘urtaning 
mazkur turini amalga oshirishning umumiy qoidalari belgilab berilgan. Bundan 
tashqari, Qonunda majburiy sug‘urta to‘lovlarini to‘lashni kafolatlovchi 
Jamg‘arma ta’sis etish ham ko‘zda tutilgan. 
FJMSning asosiy ijtimoiy yo‘nalishlari sifatida quyidagi jihatlarni keltirish 
mumkin: 
- majburiy ko‘rinishga ega bo‘lgan sug‘urtaning ijtimoiy samaradorligi; 
- qonunda nazarda tutilgan holatlarda zararni qoplash to‘lovlari. 
Ma’lumki, muayyan sug‘urta turini majburiy ravishda qo‘llanilishi 
kiritilganda, qonunchilikda
Ushbu majburiy sug‘urta turini amalga oshirishning 
tartibi va shartlari ham o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Transport 
vositalari egalarininng fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida» 
gi Qonunida mazkur majburiy sug‘urta turi amalga oshirilishining umumiy 
qoidalari belgilab berilgan. SHuning bilan birga hukumatning 2008 yil 24 iyundagi 
141-sonli qarori bilan FJMSni amalga oshirishning sharti va tartiblarini belgilab 
beruvchi transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashning 
qoidalari tasdiqlangan. 
Fuqarolik 
javobgarligini 
sug‘urtalashning 
majburiyligi 
sug‘urta 
kompaniyalariga majburiy sug‘urtaning Ushbu turining qo‘llanilish doirasiga 
kiruvchi barcha transport vositalarini qamrab olish imkonini beradi. SHu bilan 
birgalikda sug‘urtalanuvchilar o‘z fuqarolik majburiyatlarini majburiy sug‘urta 
summasidan yuqori qiymatda ixtiyoriy sug‘urta qilish huquqiga ham ega. Majburiy 
sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tariflari bir hil bo‘lib, barcha sug‘urtalovchilar 
tomonidan qonunda belgilangan tartibda qullaniladi. Ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha 


 300 
esa sug‘urtalovchilar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli sug‘urta tariflarini 
qo‘llaydilar. Modomiki, majburiy sug‘urta ob’ektlarini qamrab olish darajasidan 
ortiq ekan, bu majburiy sug‘urta bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urtadan ko‘ra pastroq 
tariflar belgilash imkonini beradi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, aynan shu sababli 
ixtiyoriy sug‘urta qilish bo‘yicha xizmatlar xaqi majburiy sug‘urta xaqiga nisbatan 
hamisha yuqori bo‘ladi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə