291
sug‘urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va
bajarilishi;
sug‘urtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga
oshirish.
Litsenziya olish uchun sug‘urta brokerlari litsenziyalovchi
organga quyidagi
hujjatlarni taqdim etadi:
Sug‘urta brokerlari uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta
manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs
amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir
qismi) hamda ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat turi
amalga oshiriladigan muddat
ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning
notarial tasdiqlangan nusxasi;
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi
organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi
hujjat;
ustav kapitali to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi,
molg‘mulkni qabul qilishg‘topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar).
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.
Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston
Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining
besh baravari miqdorida
yig‘im undiriladi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi
litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori
berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash
ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilovaga qarang).
Ilova
keltirilgan sxemadan ko‘rinib turibdiki, sug‘urtalovchilar va sug‘urta
brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash jarayoni 6 ta bosqichni o‘z ichiga
olib, dastlab litsenziya talabgori zarur hujjatlarni tayyorlaydi va uni ko‘rib chiqish
uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi. Keyingi bosqichda hujjatlar Moliya
vazirligi tomonidan qabul qilinadi va ko‘rib chiqish
uchun ekspert komissiyaga
beriladi. Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o‘rganib chiqib,
sug‘urtalovchiga yoki sug‘urta brokeriga litsenziya berish yoxud litsenziya
berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
SHunday qilib xulosa qilish mumkinki, O‘zbekistonda sug‘urta
nazorati davlat
organiga yuklatilgan sug‘urta faoliyatini litsenziyalash vakolati, pirovardida,
292
barcha sug‘urtalanuvchilarning, ya’ni sug‘urta
kompaniyalari mijozlarining
qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bunday tizimining yaratilganligi
nafaqat sug‘urtalanuvchilarning, balki davlatning manfaatlariga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: