1-Mavzu: Tarbiya fanini o’qitish metodikasi fanining asosiy maqsad va vazifalari



Yüklə 276,6 Kb.
səhifə4/26
tarix16.05.2023
ölçüsü276,6 Kb.
#110683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1 Mavzu Tarbiya fanini o’qitish metodikasi fanining asosiy maqs

Tarbiya metodlari. Yosh avlodni tarbiyalashda turli xil metod va vositalardan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.
Metod (lotincha-metodos-yo‘l so‘zidan olingan bo‘lib) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta‘limot deb tarjima qilingan.
Metodika (yunoncha-metodika) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‘indisi yoki o‘qitish tarbiyalash usullari va vositalari degan tushunchani anglatadi.
Tarbiya metodlari - pedagog-o‘qituvchilarning o‘quvchilarga ta‘sir ko‘rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jixatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo‘llaridir.
Tarbiya metodlari Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda muhim vosita bo‘lib, bola shaxsining har tamonlama kamol topishi bilan belgilanadi va Tarbiyaviy ishlar jarayoniga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina Tarbiyaviy ta‘sirlarni o‘z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tamonidan ta‘lim muassalari oldiga har tamonlama barkamol, erkin, ijodkor, tashkilotchi, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxsni tarbiyalash vazifasini o‘z ichiga oladi.
Tarbiya metodlari o‘qituvchi va jamoa tamonidan tarbiyalanuvchilarning g‘oyaviy va ma‘naviy e‘tiqodlarini, ma‘naviy his tuyg‘u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida qo‘llanadigan shaxsga Tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish yo‘llarini anglatadi.
Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan Tarbiya ishlarni olib borganda turli xil usul va vositalarni qo‘llaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, ta‘sir qilish zarurligini ko‘rsatadi. Shuning uchun Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanida ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib quyidagi turlarga ajratish mumkin.

1.Ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar.


2.Odatlantirish va faoliyatga mashqlantirish metodlari.


3.Tarbiyada rag‘batlantirish va jazolash metodlari.


Birinchi guruh metodlarining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy ongiga hayot, ahloq, mehnat qilish munosabatlari to‘g‘risida qoida va meyorlarini hosil qilishdan iborat.Tarbiya jarayonida ushbu metod shaxsning e‘tiqodi va ishonchiga aylanib boradi.


Ikkinchi guruh metodlari yordamida o‘quvchilarda ma‘naviy mazmuniga oid odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi. Faoliyat o‘quvchilarning ijtimoiy munosabat, ijtimoiy munosabat, ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba bo‘lib hisoblanadi.
Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda tarbiyalanuvchilardagi ijobiy hulq –atvor va odatlarni rag‘batlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuyg‘ulari va maqsadlariga bevosita ta‘sir ko‘rsatishda foydalaniladi. Ushbu guruh metodlariga rag‘batlantirish va jazo berish kabilar kiradi.
Tarbiyaviy ishlar tizimi va tarbiya jarayoni har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a‘zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlikka yuz tutadi va oqibatda inqirozi tayin bo‘ladi. Negaki, har qanday jamiyatning o‘sib, rivojlanishi uchun moddiy va ma‘naviy boyliklar yetishtirishni, ajdodlardan yaxshiroq darajaga ko‘tara bilishi kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma‘naviy qobiliyatlar shakllantirishi uchun jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko‘rsatadigan Tarbiya institutlar tizimiga ega bo‘lishni taqozo etadi.
2. Tarbiya jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta‘lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan ―Ta‘lim to‘g‘risidagi‖ Qonun , ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ning yaratilishi ta‘limni tubdan isloh etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o‘zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yo‘llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko‘rsatib bergan. Ayniqsa, ―Istiqlol va ma‘naviyat‖, ―O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida‖, ― Barkamol avlod orzusi ‖ kabi asarlarida jamiyatning ma‘naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishi, tarbiya masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon etilgan.
Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo‘lib, har xil tarzda izohlanib kelindi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog‘liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda.
Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya Tarbiya ishlarning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan oila tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limida amalga oshiriladigan tarbiya, oliy ta‘lim tarbiyasini qamrab oladigan jarayonlardir. Ijtimoiy tarbiyaning vazifasi ham jismonan baquvvat, ma‘naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan, ishlash va yashash qobiliyatiga ega bo‘lgan, zamonaviy fan-texnika va texnologiya yutuqlarini o‘zlashtiradigan, ma‘lum kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy tarbiya orqali shaxsning ijtimoiylashuvi yuzaga keladi. U ijtimoiy munosabatlarga kirishish usullarini o‘rganadi. Shaxsga kasb-hunar o‘rgatish, kishining ma‘naviy va g‘oyaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan xatti-harakatlar jarayoni ijtimoiy tarbiyadir. Ijtimoiy tarbiya o‘quvchilar ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni hamdir. Ijtimoiy tarbiya jarayonida inson va jamiyat hayotiga oid axloqiy tushunchalar, qonun-qoidalar bolalar ongiga singdirib boriladi. Kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishiga qaratilgan barcha ta‘sirlar ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ijtimoiy tarbiya umuminsoniy xarakterga ega bo‘ladi va bunda shaxs xohlagan soha bo‘yicha ta‘lim-tarbiya ko‘rib, istagan kasbni egallashi mumkin. Dunyo tabiyashunosligi ijtimoiy tarbiyaning mohiyatini asoslab berdi.
Tarbiya va Tarbiyaviy ishlar har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kab etadi, Yosh avlodning tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan xalq yoki mamlakat inqirozga yuz tutadi. Chunki har qanday mamlakatning rivojlanishi uchun moddiy va ma‘naviy boyliklarni ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi zarur. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma‘naviy qobiliyatlarini shakllantirish uchun uzluksiz ravishda faoliyat ko‘rsatadigan Tarbiya ishlar tizimi bo‘lishini taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlar tizimi jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo‘lib, har xil izohlandi. Shuning uchun ham turli sinf va ijtimoiy tabaqalarning tarbiyasi o‘zgacha bo‘ladi va bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash hukmronlik qilgan. Tarbiya jarayonida tarbiyaning sinfiy xarakterga ega emasligi isbotlanadi. Chunki chindan ham bunyodkorlik va vayronkorlikning mohiyati har qanday ijtimoiy sinf vakili uchun ham bir xildadir. Ijtimoiy tarbiya maxsus muassasalar tamonidan amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir. Xalqning o‘zi yaratgan tarbiyachilik san‘atiga va boy merosiga asoslanishi ijobiy ahamiyatni kasb etadi. Tarbiya jarayonida ijtimoiy tarbiya bilan birgalikda oila tarbiyasining uzviyligi va ustivorligi muhim hisoblanadi.
Ta‘lim muassalaridagi Tarbiyaviy ishlar jarayonining samaradorlik darajasi ko‘p jihatdan Tarbiyaviy ishlar tizimining tashkil etilishiga bog‘liq. Tarbiya tizimi mazmunan boy bo‘lishi, umumiy maqsad va o‘quvchilar imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak.
Tarbiya fani o‘qitish asoslari metodikasi fani bevosita mamlakat hayoti, xalq tarbiya tizimi bilan mustahkam bog‘langandir.
Tarbiya jarayoni va tarbiya ishlarini olib borish murakkab bo‘lgan bir butun jarayondir, binobarin, bola shaxsining har tamonlama rivojlanib borishida turli xil sharoitlar ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘lim muassalarining vazifasi Tarbiya ishlar tizimini to‘g‘ri tashkil etib va ba‘zi sharoitlarning rolini faollashtirib bola shaxsini kamol topishini ta‘minlashdir.



Yüklə 276,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə