1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


-mavzu: Tayanch-harakat tizimi. Yurak faoliyati



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə10/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
TBA MARUZA

2-mavzu: Tayanch-harakat tizimi. Yurak faoliyati.


Reja:
1. Suyak va mushaklar haqida umumiy tushunchalar.
2. Suyak va muskullar funksiyasining vazifalari va ahamiyati.
3. Bolalar va oʻsmirlarda tayanch-harakat apparatining yosh anatomiyasi va fiziologiyasi.
4. Yurak va qon aylanish sistemasi anatomiyasi, fiziologiyasi

Suyak va mushaklar haqida umumiy tushunchalar.


Harakat aʻzolari tizimiga suyaklar (skelet), bogʻlar, boʻgʻunlar va muskullar kiradi. Suyaklar, bogʻlar va bugʻunlar harakat aʻzolarining passiv elementlari hisoblanadi. Harakat apparatining faol qismi boʻlib muskullar hisoblanadi.
Harakat aʻzolari tizimi – yaxlitdir; har bir organ va uning qismlari bir-biri bilan uzviy bogʻliq holda shakllanadi va faoliyat koʻrsatadi.
Skelet har bir organni va butun tananing tayanchi va himoyachisi boʻlib xizmat qiladi, koʻplab suyaklar esa tana va uning qismlari tomonidan bajariladigan murakkab harakatlarning kuchli koʻtargichi ham hisoblanadi. Muskullar barcha suyakli koʻtargichlarning harakatini taʻminlaydi. Skelet tananing tuzilish asosini tashkil etadi va jiddiy darajada uning oʻlchami va shaklini aniqlaydi. Skeletning miya qutisi, koʻkrak qafasi va chanoq, umurtqa pogʻonasi tanasi kabi qismlari, miya, oʻpka, yurak, ichaklar kabi hayotiy muhim aʻzolarni joylashadigan joyi va himoyachisi boʻlib hisoblanadi.
Yaqin vaqtlargacha odamlar organizmidagi skeletning roli, tananing tayanch va harakat faoliyatidagi ishtiroki bilan uning funksiyasi chegaralangan deb hisoblanardi. Ana shundan “tayanch-harakat apparatlari” degan atama yuzaga kelgan. Hozirda skeletni funksiyasi juda keng ekanligi aniqlangan.
Skelet moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi, aynan qonning mineral tarkibini maʻlum darajada ushlab turilishini taʻminlaydi. Bundan tashqari suyaklar tarkibiga kiruvchi qator moddalar (kalsiy, fosfor, limon kislotasi va boshq.) zarur boʻlgan paytlarda almashinuv reaksiyalariga yengil qoʻshiladi.
Koʻpchilik muskullar suyaklarga tutashgan boʻladi. Muskullar skelet suyaklarini harakatga keltiradi va ish bajaradi. Koʻplab muskullar, tana boʻshligʻini oʻrab ichki aʻzolarni himoya qiladi.
Muskul sistemasi. Odam organizmida 600 dan ortiq muskul boʻlib, katta yoshli odam tanasi vaznining 45-50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning guruh-guruh boʻlib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir boʻladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta ʻsir qilishi va ana shu ta ʻsirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda taʻsir etadi. Muskullar harakatlanish organi boʻlib, nerv tolalari va biriktiruvchi toʻqimalardan tuzilgan. Muskul toʻqimasi hujayralardan tashkil topgan, boʻlib, hujayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul toʻqimasining tuzilishi va funksiyasiga koʻra koʻndalang yoʻlli va silliq muskullarga ajratiladi. Koʻndalang yoʻlli muskullar, asosan skelet muskullari boʻlib, silliq tolali muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul muskul tolalari yigʻindisidan iborat boʻlib, bu tolalar biriktiruvchi toʻqima yordamida oʻzaro birikkan.
Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi toʻqima bilan oʻralgandir. Har qanday muskulning boshlanish qismi - boshi va birikish qismi - dumi boʻlib, keng tanasi, yaʻni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda boʻgʻimda harakat sodir boʻladi. Muskul tolalarining yoʻnalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsinion, tasmasimon va ikki qorinchali boʻlishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan yupqa parda bilan oʻralgan, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini oʻrab turishi mumkin. Yumaloq muskullar ogʻiz, koʻz atrofida uchraydi. Kalta yoʻgʻon muskullar baquvvat boʻlib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga koʻra, yelka-bilak muskuli,
funksiyasiga koʻra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo, tuzilishiga k oʻra , ikki boshli yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga koʻra peshona, yelka muskullari va hokazo; shakliga koʻra trapetsiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va hokazo.
Suyaklarning tuzilishi. Har bir suyak-suyak toʻqimalari, suyakusti qatlami, suyak moyi (miyasi), qon va limfa tomirlari hamda nervlardan iborat murakkab organdir.
Yuzalarni biriktiruvchi suyaklardan boshqa suyaklarni hammasi suyak usti pardasi bilan qoplangan. Bu yupqa biriktiruvchi toʻqimali poʻstloq boʻlib nervlar va tomirlarga juda boy, ular bu pardadan oʻtib maxsus teshiklar orqali suyakka kiradi. Suyak usti pardasiga bogʻlar va muskullar yopishgan boʻladi. Suyak usti pardasining ichki qatlami oʻsuvchi va koʻpayuvchi hujayralardan tashkil topgan boʻlib, suyakni yoʻgʻonlikga oʻsishini taʻminlaydi, singan paytlarda –esa ulardan suyak, qadoqlari hosil boʻladi.
Agarda naysimon suyakni uzun oʻqi boʻylab arralasak yuzasida jips yoki kompakt modda joylashgan, uning tagida esa shimuvchi modda (gubkasimon) – chuqurlikda joylashgan. Kalta suyaklarda, masalan, umurtqalarda gubkasimon moddalar kup buladi. Kompakt moddaning qalinligi turlicha va suyakka tushadigan yukni taʻsiriga bogʻliq boʻladi. Gubkasimon (shimuvchi) modda ancha ingichka suyakli turdan hosil boʻladi. Suyakli turlar parallel chiziqli tayanch kuchlanishiga moslashgan boʻlib, suyakni katta yuk taʻsiriga chidamli boʻlishiga imkon beradi.
Suyakni zich qatlami plastinkali tuzilishga ega boʻlib, bir-biriga tegizib, qator qilib qoʻyilgan tizimni eslatadi. Bunday tuzilish suyakga qattiqlik va yengillik beradi. Suyak toʻqimalarini hujayralari suyak moddasining plastinkalari orasida yotadi. Suyak plastinkasi - bu suyak toʻqimasining hujayralar aro moddasidir.
Naysimon suyaklar, tana-diafiz va ikki uchidan yoki epifizlardan tashkil topgan. Epifizlarda togʻay bilan qoplangan va boʻgʻunlarni hosil boʻlishida ishtirok etuvchi boʻgʻunlar yuzasi joylashgan. Suyaklar yuzasida doʻnglar, doʻngchalar, egatlar, kesmalar, teshiklar joylashgan boʻlib, ularga paylar, muskullar tutashadi yoki nervlar va tomirlar oʻtadi.
Suyakning kimyoviy tarkibi. Quritilgan va yogʻsizlantirilgan suyak 30 % organik modda, 60 % mineral moddalar va 10 % suvdan tashkil topgan. Suyakning organik moddalari orasida tolali oqsil (kollagen), uglevodlar va koʻplab fermentlar boʻladi. Suyakning mineral moddalari kalsiy, fosfor, magniy tuzlari, shaklida berilgan boʻlib, ulardan tashqari koʻplab mikroelementlar (alyuminiy, ftor, marganes, qoʻrgʻoshin, stronsiy, uran, kobalt, temir, molibden va boshq.) ham mavjudligi kuzatiladi.
Voyaga yetgan odam skeletida 1200 g.ga yaqin Ca, 530 g P, 11 g Mg, jamlangan, odam tanasidagi barcha Ca ning 99 % suyaklarda saqlanadi.
Agar suyakni bir necha kunga kislota eritmasiga solib qoʻysak, u oʻzining shaklini saqlab qoladi, ammo shunchalik yumshoq boʻlib qoladiki, undan tugun tugish mumkin, chunki uning tarkibida endi Ca tuzlari yoʻqoladi. Olovda kuydirilgan suyak organik moddalardan ajraladi, kuyib yoʻqoladi va eziladigan-maydalanadigan boʻlib qoladi.
Bolalarning suyak toʻqimasida organik moddalar koʻp boʻladi, ularning skeleti egiluvchan, elastik boʻlganligi sababli juda yengil deformasiyalanadi, uzoq muddatli va ogʻir yuk koʻtarganda qiyshayib qoladi va tana holatining buzilishi kuzatiladi. Yosh ulgʻayishi bilan suyakdagi mineral moddalarning miqdori ortadi, natijada suyaklar moʻrtlashib qoladi va koʻpchilik holatlarda sinadi.
Organik va mineral moddalar suyakni mustahkam, qattiq va tarang qiladi. Bundan tashqari suyakni mustahkamligini gubkali moddasidagi bosim kuchi va choʻziluvchanligiga mos holda joylashgan suyaklar xarilarining joylanish tuzilmalari xam taʻminlaydi. Suyak gʻishtga nisbatan 30-marta, granitga nisbatan 2,5-marta qattiq-mustahkamdir. Suyak dubdan ham mustahkam, mustahkamligi boʻyicha qoʻrgʻoshindan 9-marta ustun turadi va choʻyannikiga teng boʻlgan mustahkamlikga ega.
Odamning son suyagi tik qilib qoʻyilganda 1, 5 tonnalik yuk bosimiga bardosh bersa, katta boldir suyagi esa 1, 8 tonnagacha yukga bardosh beradi.
Suyaklarning oʻsishi. Embrional rivojlanish davrida skelet xuddi biriktiruvchi toʻqimalar singari hosil boʻla boshlaydilar. Bola tugʻilguniga qadar biriktiruvchi toʻqimalar togʻaylar bilan almashinadi, shundan keyingina sekin-asta togʻaylarning parchalanishi boshlanadi va uning oʻrniga suyak toʻqimalari hosil boʻla boshlaydi. Suyaklanish jarayoni organizmning butun rivojlanishi davomida uzoq davom etadi. Oʻsayotgan organizmlarda uzun suyaklarning uchlari –epifizlar uzoq muddat togʻayligicha qoladi.
Yosh-yangi suyaklar boʻyiga –uzunasiga ularning uchlari va tanalari orasida joylashgan togʻaylar hisobiga oʻsadilar. Suyaklarning oʻsishini oxiriga kelib togʻaylar toʻliq suyak toʻqimalari bilan almashadi. Bolalarning suyaklarini oʻsishi davomida uning tarkibidagi suvning miqdori kamayadi, mineral moddalarning miqdori esa ortadi. Bu paytda organik moddalarning miqdori esa kamayadi.
Erkaklarda suyaklarning oʻsishi 20-24 yoshga kelib tugaydi. Bu vaqtda suyaklarni boʻyiga oʻsishi tamomlanadi va ularning togʻayli qismlari toʻliq suyak toʻqimalariga aylanib boʻladilar. Ayollarda skeletning rivojlanishi 2-3 yil oldin tamom boʻladi.



Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə