1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə12/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
TBA MARUZA

Koʻkrak muskullari. Koʻkrak muskullari yuza va chuqur muskullarga b o ʻlinadi. Yuza muskullarga katta va kichik koʻkrak muskullari bilan oldingi tishsimon muskullar chuqur muskullarga esa qovurgʻalararo tashqi va ichki muskullar kiradi.
Diafragma yoki koʻkrak bilan qorin oʻrtasidagi toʻsiq nafas aktida ishtirok etadi. U gumbazga oʻxshab bukilgan yassi muskul boʻlib, ustki va pastki yuzasi fastsiyalar hamda seroz pardalar bilan qoplangan. Diafragma boʻyin boʻlimi segmentlaridan rivojlanadi va yurak bilan oʻpka o ʻsib, rivojlanib borgan sayin past tushib boradi, u bilan birga esa diafragma nervi ham past tushaveradi. Kichik yoshdagi oʻquvchilarda diafragma gumbazi kattalardagiga qaraganda birmuncha yuqori turadi, chunki bolalarda qovurgʻalar ancha gorizontal holatni egallaydi. Qorin muskullari. Qorin boʻshligʻini oʻrab turadigan devorlar qorinning tashqi muskuh, ichki qiyshiq muskuh, koʻndalang toʻgʻri muskullaridan iborat. Qorin boʻshligʻining pastki devori yoki kichik chanoq tubi ham muskullardan tashkil topgan boʻlib, oraliq deb ataladi. Oraliq qorin boʻshligʻidagi organlarni past tomonlan tutib turadi va shu bilan bir vaqtda orqa teshik hamda siydik-tanosil apparatining sfinkteri vazifasini bajaradi.
Qoʻl-oyoq muskullari. Qoʻl muskullari orasida yelka kamari muskullari va erkin qoʻl muskullari tafovut qilinadi. Yelka kamari muskullari jumlasiga; deltasimon, oʻq usti, oʻq osti va kurak osti muskullari kiradi. Erkin qoʻl muskullariga yelka, bilak va qoʻl panjasi muskullari kiradi. Oyoq muskullari. Oyoq muskullari jumlasiga chanoq muskullari va erkin oyoq muskullari kiradi. Erkin oyoq muskullariga son, oldingi katta boldir va orqa kichik boldir muskullari kiradi. Oyoq paojasi muskullari. Bular oyoq panjasining orqa va tag muskullariga boʻlinadi. Oyoq panjasi tagining hamma muskullari zich fastsiya bilan qoplangan. Ular oyoq panjasi suyak-muskul skeletini
gumbazsimon holatda ushlab turadi.
Muskullarning ishi. Muskullarning kuchi tolalarining koʻndalang kesimiga, koʻp-ozligiga bogiiq. Muskulning har bir santimetri oʻrta hisobda 10 kg yuk k o ʻta rad i. Ularning ishi nerv sistemasining qoʻzgʻaluvchanhgiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog'liq, muntazam ravishda mashq qilib turgan odamning muskullari baquvvat boiadi, qon tomirlar bilan yaxshi ta ʻminlanadi, organizmda energiya va moddalar almashinuvi kuchayadi. Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq boiib, tashqi muhit taʻsirida choʻziladi yoki qisqaradi. Qisqarganda boʻgimlarda harakat vujudga keladi. Muskullar boʻgimdan o'sishiga qarab bir boʻgimli (masalan, deltasimon muskul) va koʻp boʻgʻimli (masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul) boʻladi. Muskullar boʻgʻimlardagi harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va antagonist muskullarga boʻlinadi. Sinergist muskullar qisqarganda umumiy harakat vujudga keladi. Masalan, yelka, bilak va yelkaning ikki boshli muskullari qisqarganda tirsak boʻgʻimida bukish harakati sodir boʻladi. Antagonist muskullar qisqarganda qarama qarshi harakatlar vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak va yelkaning ikki boshu muskullariga yelkaning uch boshli muskuli antagonistdir. U qisqarsa, tirsak boʻgʻimida yozish harakati sodir boʻladi. Muskullar suyaklarni harakatlantirlshda richag qonuni asosida taʻsir etadi. Masalan, birinchi tartib, yaʻni muvozanat richagida tayanch nuqta oʻrtada, muskulning tortish va ogʻirlik kuchi ikki chetda, ularning yelkasi va yoʻnalishi bir xil boʻladi. Masalan, ensa-atlant boʻgʻimida kalla muvozanatining saqlanishi. Burchagida tayanch nuqta o ʻrtada boʻlib, kalla yuz qismining vazni oldingi yelkada, ensaga birikkan muskullaming tortish kuchi orqada, bularning yelkasi bir-biriga teng boʻladi. Shunday richagda normal muvozanat saqlanadi. Ikkinchi tartib richag kuch richagi deyiladi, bunda tayanch nuqta chetda, ogʻirlik kuchi oʻrtada boʻladi. Muskulning tortish kuchi ikkinchi chetda boʻlib, yelkasi uzun. Bu richagda qatnashuvchi muskullaming yelkasi uzun boʻlgani uchun kuchli ish bajariladi.
Uchinchi tartib richagda ham tayanch nuqta chetda boʻladi, lekin ogʻirlik kuchi ikkinchi chetda boʻlib, yelkasi muskul tortish kuchining yelkasidan bir nechta marta uzun. Muskulning tortish kuchi oʻrtada boʻlib, yelkasi juda qisqa. Bunday richagda keng qulochli tez harakatlar bajariladi. Masalan, tirsak b o ʻgʻimida qoʻlni bukib, panjada yuk koʻtarish.
Muskullaming rivojlanishi. Muskullar hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida tabaqalanib borib, sut emizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida muskullar mezodermaning orqa-chetki qismidagi somitlardan hosil boʻladi. Bunda avval Imyot uchun eng zarur muskullar: til, lab, diafragma, qovurgʻalararo, soʻngra qoʻl, gavda va oyoq muskullari rivojlanadi. Bola tugʻilganda barcha muskullari mayda va rivojlanmagan boʻladi. Ular bolaning hayoti davomida rivojlana borib, 25 yoshda to ʻliq shakllanadi. Muskullaming rivojlanishi skeletining taraqqiy etishiga va bola qad-qomatining shakllanishiga sabab boʻladi. Yangi tugʻilgan bola muskullarining vazni tanasi vaznining 23,3% ni, 8 yoshda - 27,2% ni, 12 yoshda - 29,4% ni, 15 yoshda - 32,6%> ni, 18 yoshda - 44,2% ni tashkil etadi. Bir yoshda yelka kamari, qoʻl muskullari yaxshi rivojlangan boʻladi. Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari tez oʻsadi, 6-7 yoshdan boshlab qoʻl panjasining muskullari tez rivojlanadi. Bolalarda bukuvchi muskullaming taranghgi yuqoriroq boʻlib, yozuvchi muskullarga nisbatan tez rivojlanadi. 12-16 yoshda yurish-turish uchun zarur muskullar rivojlanadi. Yosh ortib borishi bilan muskullaming kimyoviy tarkibi, tuzilishi ham oʻzgaradi. Bolalar muskulida suv koʻp boʻladi. Muskullarning rivojlanishi bilan ulardagi qon tomirlar va nerv tolalari soni ortadi. Umuman, katta odamlarda 50 yoshdan boshlab muskullar sust rivojlanadi. Keksayganda vazni 15-20% kamayadi. Tashqi muhitda turli omillarning sezgi organlariga ta ʻsiri natijasida muskullar qisqaradi. Bu impulslar nerv sistemasining normal faoliyatini saqlab turadi, boshqacha aytganda, skelet muskullarining uygʻunlashgan harakatini vujudga keltiradi. Shuning uchun ham odamning harakatlari tartibli boʻladi. Skelet muskullarining qisqarishi kishining ixtiyoriga borliq. Muskul asosan muskul tolalaridan tuzilgan. Organizmdagi barcha muskullar koʻndalang y o ih muskullar va silliq muskullarga boʻlinadi. Toʻqimaning maʻlum vaqt ichida taʻskni juda koʻp qabul qilib, yangi taʻsirga tayyorlanishi labillik, yaʻni funksional harakatchanlik deb aytadi. Skelet muskullari taʻsirga qancha tez javob qaytarsa, vaqt birligida undan shuncha koʻp koʻzgʻalish oʻtadi va labilligi shuncha yuqori boʻladi. Aksincha muskul taʻsirga qancha sekin javob bersa, labilligi shuncha past boʻladi. Bola yoshining ortishi bilan labulik ham orta boradi. 14-15 yoshda labillik kattalarnikidek bo'lib qoladi. Bir butun organizmda mioskuUarga juda koʻp impulslar ketma-ket kehb turadi. Muskullar ana shu impulslarga javoban uzoq qisqaradi. Nerv tolasidan impuls tez-tez kelib turganidan muskullarning shu tariqa qisqarishi tetanik qisqarishi, yaʻni tetanus deb ataladi. Muskullarning ishi va kuchi uzunhgiga bogiiq. Muskul kuchi shu muskul tolalari yigindisining koʻndalang kesigi diametriga to ʻgʻri proporsionaldir. Boshqacha aytganda, muskul koʻndalang kesigining diametri qancha katta boisa, muskul shuncha kuchli boiadi. Muskul ishi yuk og'irligi yetarli boʻlganda juda yuqori boiasa, yuk meʻyoridan ogirlashganda esa muskulning ish qobiliyati pasayib ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shugʻullanib turilganda muskul tolalarining yoʻgʻonligi va kuchi orta boradi. 8-9 yoshda muskul kuchi ancha tez ortasa, 9 yoshdan 12 yoshgacha bir qadar sekinlashadi. 0 ʻsmirlarda balogʻatga yetish davrida muskullar kuchi tez ortadi va turlicha rivojlanadi. 5-6 yoshda yelka va bilak muskullari, 6-7 yoshda panja muskullari, 9 yoshdan boshlab boshqa barcha muskullar kuchi ortib boradi. Muskullar kuchining ortib borishi mashq qilishga, jinsga bogiiq. Qizlarda muskullar kuchi birmuncha kam boiadi. Mashqlar ta ʻsirida muskullar massasi ham orta boradi, moddalar almashinuvi, ayrim organlar (yurak, oʻpka, meʻda va boshqalar) faoliyati kuchayadi, natijada organism yaxshi oʻsadi va rivojlanadi.



Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə