1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


-mavzu: Organizmning neyro-gumoral boshqarilishi



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə30/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
TBA MARUZA

4-mavzu: Organizmning neyro-gumoral boshqarilishi.


Reja:
1. Nerv tizimi va uning ahamiyati.
2. Endokrin tizimi va uning ahamiyati.
3. Toʻqimalar va organlarning gumoral regulyatsiyasi.
4. Organ va tizimlarning yosh xususiyatlari.

Nerv tizimi va uning ahamiyati.


Nerv tizimi asosan tashqi muhitdan, ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv tizimiga yetkazib beradi. Nerv tizimi organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan boʻgʻlab, organizmning bir butunligini ta ʻminlaydi.
Organizmni tashqi muhit bilan bogʻlaydi, hamda uni tashqi muhitga moslashtiradi. Nerv tizimi yordamida atrof-muhitdan turli signallar qabul qilinadi, ular analiz va sintez qilinib, turli reaksiyalar bilan javob qaytariladi.
Nerv tizimi ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan turli gormonlarning qon orqali organizmga koʻrsatadigan taʻsirini, moddalar almashinuvini boshqarib turadi, oʻsish, rivojlanishga taʻsir etadi. Bundan tashqari, nerv tizimining oliy boiimlarida ruhiy funksiyalar amalga oshiriladi. Idrok etish, fikrlash va hokazolar oliy nerv faoliyati bilan boshqarib turiladi.
Nerv tizimini nerv hujayralari va nerv tolalari tashkil qiladi. Nerv hujayralari neyron deb ataladi. Neyronlar katta kichikligi va shakli jihatidan har xildir. Har bir neyronning tanasida bir talay kalta shoxlangan oʻsimtalar-dendritlar va bitta shoxlaimiagan uzun oʻsimta - akson bor. Neyronlar tashqi tomondan maxsus parda - membrana bilan qoplangan. Nerv hujayralarining tanalari va ularning dendritlari toʻplanib kulrang moddani uzun oʻsimta akson esa maxsus miyelin pardasi bilan qoplanib oq moddani hosil qiladi.
Nerv tizimi markaziy (bosh va orqa miya), periferik (chetda joylashgan) nervlar, ularning oxirgi apparatlaridan tashkil topgan qismlarga boiinadi.
Markaziy nerv tizimida nerv hujayralari (neyron tanalarining) markazlari bor. Nerv tizimining periferik qismi asosan nervlardan, yaʻni tolalar bogiamidan iborat boʻlib, bu tolalarning tanasi (nerv hujayrasi) nerv tizimining markaziy qismida joylashgan.
Periferik nerv tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda umurtqa pogʻonasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Nerv tizimi shartli ravishda ikkiga; somatik va vegetativ nerv tizimiga boʻlinadi. Skelet muskullarini va baʻzi ichki organlarini (til, hiqildoq, halqum va hokazolarni) ta ʻminlab turadigan nervlar somatic nervlar deb nomlanadi. Somatik nerv tizimi, asosan, organizmni tashqi muhit bilan bogʻlaydi va skelet muskullari harakatini boshqaradi. Vegetativ nerv tizimi ichki organlarni (meʻda, ichaklar, nafas olish, siydik tanosil organlarni, ichki sekretsiya bezlari, teri, yurak va qon tomirlarni) nerv bilan ta ʻminlaydi.
Nerv tolalarining tuzilishi va xususiyatlari Parda bilan qoplangan nerv hujayralari oʻsimtasi nerv tolasi deyiladi. Nerv tolalari turli yoʻgʻonlikdagi tutamlarni hosil qiladi. Nerv tolalarining shunday toʻplami nerv deb ataladi. Nerv tolalari miyelinli va miyelinsiz boʻlib, miyelinsiz nerv tolalari faqat Shvann qavat bilan qoplangandir. Markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi va aralash nervlar birbiridan tafovut qilinadi. Markazga intiluvchi nervlar impulsni sezgi organlaridan nerv tizimining markaziy boʻlimiga oʻtkazadi. Bu nervlar sezuvchi nervlar deb ham ataladi. Bu nervning tarmoqlangan joyi retseptor deyiladi. Markazdan qochuvchi nervlar impulsni markazdan periferiyaga, ishchi organga oʻtkazadi. Bular harakatlanuvchi nervlar deb ham ataladi. Bu nervning oxirgi tarmogʻi effektor deyiladi. Aralash nerv impulsni ikki yoʻnalishda ham oʻtkazaveradi. Nerv tizimi oxirgi tarmoqlarga borib taqaladigan yagona neyronlar kompleksidan iborat.
Ayrim neyronlarning bir-biriga tutashadigan joyi sinaps deb ataladi. Bitta nerv hujayrasi tanasiga toʻgʻri keladigan umumiy sinapslar soni 100 taga yetadi, hatto bundan ham ortadi, dentritlarda esa, hatto necha minglab sinapslar bor.
Nerv tolasining asosiy xususiyati oʻta qoʻzgʻaluvchanlik va labillilik, moddalar almashinuvining sekin borishi, nisbatan charchamaslik hisoblanadi. Nerv tolasining asosiy xususiyati o ʻta qoʻzgʻaluvchanlik boʻlib, u organizmning tashqi va ichki muhitdan keladiagn har xil taʻsurotlarga javob bera olish qobiliyatidir. Taʻsurot berilgandan keyin nevr tizimida fiziologik protsess roʻy beradi. Bu hodisa qoʻzgʻalish deb ataladi. Toʻqimani qoʻzgʻatish uchun maʻlum kuchdagi taʻsirlovchi boʻlish kerak, shundagina toʻqimada moddalar almashinuvi vujudga kelib, tirik organizm taʻsurotga qoʻzgʻalish bilan javob beradi. Muskul toʻqimasi qoʻzgʻalsa qisqarish bilan, bez toʻqimasi qoʻzgʻalsa sekret ajralishi bilan javob beradi.
Toʻqimani qoʻzgʻatuvchi ta ʻsirlovchilari oʻz xususiyatiga koʻra fizikaviy, kimyoviy, elektrik, biologik va boshqa turlarga ajratiladi. Taʻsirlovchi kelib chiqishiga, organ, toʻqimaga taʻsiriga koʻra adekvat va noadekvat taʻsirlovchilarga boʻlinadi. Muayyan toʻqima hujayra va organ uchun xos boʻlgan taʻsirlovchi adekvat taʻsirlovchi deb ataladi. Masalan, koʻzning adekvat taʻsirlovchisi yorugʻlik, muskulniki nerv tolasidan keladigan impuls hisoblanadi. Muayyan toʻqima, hujayra va organ uchun xos boʻlmagan ta ʻsirlovchilar noadekvat taʻsirlovchi deb ataladi. Masalan, muskul toʻqimasi nerv tolasidan kelayotgan impulsdan tashqari, elektr toki, tuz, kislota ta ʻsirida ham qisqarishi mumkin. Bular noadekvat taʻsirlovchilardir. Nerv tolalarining labilligi turlicha boʻladi. Baʻzi nerv tolalari har lahzada bir necha oʻndan ortiq impuls oʻtkazsa, boshqalari 500 tagacha impuls oʻtkazadi. Qalin miyelin qavat bilan qoplangan nerv tolalari oʻta labillik xususiyatiga ega. Nerv tolalari qoʻzgʻalganda, muskullar qoʻzgʻalishiga nisbatan ancha kam energiya ajraladi. Ingichka nerv tolalari yoʻgʻon tolalarga nisbatan tezroq charchaydi. Soʻngi tekshirishlarda nerv tolasining charchashi isbotlangan. Nerv tolasi charchaganda biotoklarning kuchi oʻzgaradi. Qoʻzgʻalish impulsining tarqalishi 2-3-marta susayadi. Nerv tolasi maʻlum vaqt oraligʻida kelgan impulsga nisbatan kamroq impuls oʻtkazib, oʻzining charchamasligini ta ʻminlaydi. Nerv tolasidan chiqqan qoʻzgʻalish toʻlqinlarining oʻtkazilishi nervning keyingi keladigan har bir qismining yuqori voltli potensiallar bilan taʻsirlanishiga bogʻliq. Qoʻzgʻalish potensiallari yumshoq qavatli nerv tolalaridan uzluksiz emas, balki oʻqtin-oʻqtin tarqaladi. Qoʻzgʻalish toʻlqinining nerv tolasidan oʻtkazilishi oʻzidan oldingi harakatlanayotgan yuqori voltli potensiallarning hosil boʻlishiga bogʻliqdir. Nerv tolasidan taʻsir oʻtishi uchun u fiziologik normal holatda boʻlishi shart. Nerv tolasi qattiq sovitilsa yoki oʻtkir zaharlansa, nerv impulsini oʻtkazmaydi. Aralash nervlar tarkibidagi harakatlantiruvchi sezuvchi nervlar esa impulsni boʻlib-boʻlib oʻtkazadi. Impulslarni bu xilda ajralgan holda oʻtkazilishi nervning miyelin qavat bilan qoplanishiga sabab boʻladi. Nerv tolasi qirqilganda nerv hujayrasi tanasi tomondan oʻsa boshlaydi. Nerv tolasining qayta tiklanishi bilan impuls oʻtishi ham qayta tiklanadi.
Markaziy nerv tizimining neyronlari nerv tolasidan impulslarni bir tomonlama sezuvchi retseptordan ishchi organga oʻtkazadi. Bu nerv impulsining sinapslar orqali oʻtkazilishiga bogʻliq. Qoʻzgʻalish impulsi qoʻzgʻalgan toʻqimaning hamma qismiga bir tekis to ia tarqaladi. Nerv tolasi qancha yoʻgʻon boisa, qoʻzgʻalish shuncha tez oʻtadi. Nerv tolalari yoʻgʻonligiga koʻra , A, V, C, guruhlarga boʻlinadi. A guruhiga miyelin qavati qalinroq, diametri 12-22 mkm boʻlgan nerv tolalari kiradi, ular orqali ta ʻsirot bir soniyada 70-120m/sek tezlikda oʻtadi. Bu guruh nerv tolalari o ʻta elektrik faollikka ega. V guruhga vegetativ nerv tizimining miyelinlashgan baʻzi tolalari kiradi. Bularning diametri 1-3 mkm boʻlib, issiqqonli hayvonlarda ta ʻsirni 3-14 m/sek tezlikda oʻtkazadi. S guruhi nerv tolalari yumshoq qavatsiz boʻlib, diametri juda kichik, bularga asosan simpatik nerv tolalari kiradi.
Nerv markazining xususiyatlari. Maʻlum refleks amalga oshishida yoki biror funksiya bajarilishida bir guruh neyronlar ishtirok etadi. Bir guruh neyronlarning funksional birikmasi nerv markazi deb ataladi. Nutq funksiyasi, lablar, hiqildoq harakat muskullarining nerv markazlari uzunchoq miya, oʻrta va bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻida joylashgan. Soʻzlar maʻnosi tushuniladigan nerv markazi bosh miya kata yarim sharlarining chakka qismida joylashgan. Bu markaz shikastlanganda odam soʻzlar maʻnosini tushunish qobiliyatini yoʻqotadi. Peshona qism shikastlanganda odam nutqni tushunadiyu, lekin gapira olmaydi. Nerv tizimi nerv tolalaridan keladigan turli xildagi tashqi, ichki taʻsirni qabul qiladi. Reflekslarning nerv markazlari nerv tizimining turli joylarida oʻrnashgan. Bitta neyron bir necha refleksda ishtirok etib, turli nerv markazlarida qatnashishi mumkin. Masalan, til muskullarini taʻminlovchi neyronlar chaynash, yutish va nutq organlarining refiektor harakatlarida ishtirok etadi. Baʻzi reflekslarning yuzaga kelishida nerv tizimining turli boʻlaklaridagi nerv markazlarining neyronlari
qatnashadi. Masalan, nafas olish va nafas chiqarish reflekslarida uzunchoq miyadagi neyronlar bilan birga, orqa miya, bosh miya katta yarim sharlaridagi neyronlar ham ishtirok etadi.
Nerv markazlari qoʻzgʻalish, tormozlanish, uygʻunlashuv, transformatsiya, mayinlik, kislorod tanqsligiga chidamsizlik, dominanta, irradatsiya va boshqa fiziologik xususiyatlarga ega. Nerv hujayralari boshqa tirik hujayralar kabi tashqi va ichki muhit omilari, yaʻni taʻsirlovchilar ta sirida tinchlik holatidan faol holatga oʻtish xususiyatiga ega. Bu nerv hujayralarining muhim xususiyatlaridan biri qoʻzgʻalishdir. Qoʻzgʻalish tufayli taʻsirga tezda javob reaksiyasi paydo boʻladi.
Qoʻzgʻalish vaqtida toʻqimada funksional, fizik-kimyoviy hodisalar sodir boʻladi.
Qoʻzgʻalish kabi markaziy nerv tizimida har qanday refiektor faoliyati natijasida tormozlanish jarayoni yuzaga ehiqishi mumkin. Bundan tashqari nerv tizimining turli boʻlimlaridan qoʻzgʻalish toʻlqinlari refleks markaziga bir vaqtd kelsa refleks tormozlanadi. Koʻpgina reflekslar bosh miya taʻsirida tormozlanishi mumkin. Masalan, ixtiyoriy muskullar ishtiroki bilan boʻladigan siydik chiqarish, koʻzni ochib-yumish reflekslarni vaqtincha toʻxtatishi mumkin. Yana, ogʻriqdan tishni tishga qoʻyish, kulmaslik uchun labni tishlash va h.k. Tormozlanish jarayoni 1862-yilda ulugʻ rus olimi I.M. Sechenov tomonidan kashf etilgan. Nerv tizimining har bir sohasi, har bir tirik hujayra tashqaridan boʻlgan taʻsirga qoʻzgʻalish yoki tormozlanish bilan javob qaytaradi.
Markaziy nerv tizimidagi qoʻzgʻalish va tormozlanishjarayonlari oʻzaro va makonda ta ʻsir etadi, yaʻni markaziy nerv tizimidagi turli markazlar oʻzaro bogʻlanadi. Nerv tizimida qoʻzgʻalish jarayoni tormozlanish jarayoni bilan almashinib, qoʻzgʻalish tormozlanishga, tormozlanish qoʻzgʻalishga oʻtib turadi. Qoʻzgʻalishi va tormozlanishining nerv tizimi markazlarida tarqalishi irradiatsiya deyiladi.
Nerv jarayonlarining uygʻunligi. Markaziy nerv tizimida bir guruh neyronlar yoki ayrim nerv markazlari qoʻzgʻalganda, ikkinchi nerv markazlari tormozlangan holatda boʻladi. Bir guruh muskullarning nerv markazlari qoʻzgʻalib, shu muskullarni qisqartirsa, ayni vaqtda ikkinchi guruh muskullarining nerv markazlari tormozlanadi. Masalan, qoʻl panjasini musht qilganda yelka oldining oldingi muskullari qisqaradi, ayni vaqtda yelka oldining orqa tomonidagi muskullar boʻshashadi, yaʻni bukuvchi muskullarning nerv markazlari qoʻzgʻalib, yozuvchi muskullarning nerv markazlari tormozlanadi. Nerv tizimidagi qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining bu xildagi oʻzaro taʻsiri uygʻunlik deyiladi. Chap oyoqni bukkanda oʻng oyoqning tizza boʻgʻimi yoziladi va aksincha.
A.A. Uxtomskiy isbotlagan. Bir butun refleks apparati bir xil sharoitda ishlab turganda kuchli taʻsir natijasida impulslarning nerv markazlarida vaqtinchalik toʻplanib, ustunlik qilishi dominanta deyiladi.
Optimal kuch va optimal ritmdagi qoʻzgʻalish impulslari nerv markazlarida yuqori qoʻzgʻalish oʻchogʻini keltirib chiqaradi. Nerv markazlari gumoral taʻsir natijasida ham qoʻzgʻaladi. Oʻta qoʻzgʻalish nerv markazlarida yetiladi. Shunday qilib, ustunlik qiladigan qoʻzgʻalish oʻchogʻi paydo boʻladi.
Dominantada oʻta qoʻzgʻalgan nerv markazi boshqa nerv markazlaridan ustunlik qiladi. Masadan, agar tizza refleksi tekshirilayotgan odamda tizza refleksi yaxshi chiqmayotgan boʻlsa, unga oʻng qoʻli panjasini chap qoʻli bilan tortish buyuriladi, shu vaqtda tizza refleksi yaxshi natija beradi. Dominanta markazi nerv tizimining barcha boʻlimlar faoliyatiga taʻsir etadi. Qoʻzgʻaluvchanlik qancha kuchli boʻlsa, dominanta markazi ham shuncha turgʻun boʻladi, hamda shu nerv markaziga kelgan impulslar shunchalik koʻp toʻplanadi.
Nerv markazlari faolligi doimo bir xilda boʻlmaydi, refiektor reaksiyaning uygʻun boʻlishida bir guruh nerv markazlariga qaraganda boshqa nerv markazlari faol boʻladi. Dominantaning asosiy xususiyati qoʻzgʻaluvchanlikning nerv markazlarida yuqori boʻlishi, qoʻzgʻalish turgʻunligi, chetki taʻsirning toʻplanishi va dominantaning befarq boʻlishidir. Dominantaning vujudga kelishidagi muhim shartlardan biri nerv hujayralarining oʻta qoʻzgʻaluvchanligi hisoblanadi. Dominanta uzoq muddat saqlanib turishi mumkin. Lekin hamma markazlar ham dominanta holatiga kelavermaydi. Dominanta bitta nerv markazida emas, balki nerv tiziminig turli sohalarida bir vaqtda paydo boʻlishi mumkin. Muskul ishini bajarishdagi dominanta bunga misol boʻla oladi. Muskul ishi dominantasida miya poʻstlogʻining turli qismlarida, poʻstloq osti qismlarida kuchli qoʻzgʻalish vujudga keladi. Dominanta oliy nerv faoliyatiga, odamning ruhiyatiga bogʻliq boʻladi, albatta. Dominanta markazidan tashqaridagi reflekslarni vujulga keltiruvchi boshqa taʻsirlovchilar dominantaga halaqit bermaydi, aksincha shu dominanta markazining qoʻzgʻaluvchanligini yana-da oshiradi, binobarin, refleks halqalarida tormozlanishni kuchaytiradi. Dominanta printsipi faol diqqatning fiziologik asosidir. Shuning uchun nerv markazlari dominantasi pedagogika va psixologiyada juda katta ahamiyatga ega. Oʻqituvchilar oʻquvchilarga taʻlim-tarbiya berishda buni hisobga olishlari kerak.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə