1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


MIOTROP TAʼSIRLI TOJ TOMIRLARNI KENGAYTIRUVCHI VOSITALAR



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə56/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
TBA MARUZA

MIOTROP TAʼSIRLI TOJ TOMIRLARNI KENGAYTIRUVCHI VOSITALAR.
DIPIRIDAMOL – miokardda adenozinni qayta soʻrib olishini susaytiradi, xamda uni parchalovchi adenozindezaminaza fermentini faolligini susaytiradi. Natijada adenozin miqdori miokardda ortib ketadi. Adenozin esa toj tomirlarni kuchli darajada kengaytiradi. Gemodinamikaga va qon bosimiga dipiridamol kuchli taʼsir koʻrsatmaydi. Adenozin trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaganligi sababli, miokard mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi. Dipiridamolning asosiy taʼsiri toj tomirlar qarshiligini kamaytirish, toj tomirlardagi qon aylanishining hajmiy tezligini oshirish va miokardga kislorodni keltirishni koʻpaytirishdan iborat. Preparat asosan miokarddagi mayda rezistiv tomirlarga taʼsir koʻrsatadi. Preparatning toj tomirlarning aterosklerozi boʻlmagan stenokardiyani davolashda ichiladi. Nojoʻya taʼsiri: dispepsiya, bosh ogʻrigʻi, qon bosimini pasayishi.
KARBOKROMEN – toj tomirlarni kengaytiradi, ularda hajmiy qon aylanish tezligini oshiradi. Kollateral qon aylanishni ortirishga imkoniyat yaratadi, miokardda metabolik jaraѐnlarni oshiradi.Taʼsiri asta-sekin rivojlanadi, uzoq vaqt qoʻllaniladi (6 oy). Qon bosimi past boʻlgan hollarda ham qoʻllasa boʻladi. Koʻrsatmalar: IBS, miokard infarkti. Nojoʻya taʼsiri: bradikardiya, xolsizlik, dispepsiya. Meʼda va ichak yara xastaligida qoʻllash mumkin emas. Tarqalgan stenozlanuvchi aterosklerozda, gepatit, buyrak yetishmovchiligida ishlatilmaydi.
PAPAVERIN – miotrop taʼsirga ega boʻlgan spazmolitik, toj tomirlarni moʻtadil kengaytiradi. Bundan tashqari papaverin katta tomirlarni va arteriolalarni kengaytiradi, jumladan bosh miya tomirlarini, ichki aʼzolarning silliq mushaklarini boʻshashtirib, ularning spazmini daf etadi. Papaverinning antianginal taʼsiri kuchli emas.
VALIDOL – mentolning izovalerian kislotasi mentil efiridagi 25-30%eritmasi. Suvda erimaydi. Rangsiz, oʻziga xos hidli eritma. Taʼsiri boʻyicha mentolga oʻxshaydi. MNSga tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Til ostidagi sovuqni sezuvchi retseptorlarni qoʻzgʻatib, toj tomirlarni reflektor yoʻl bilan oʻrtacha kengaytiradi. Stenokardiya hurujlarni bartaraf etish uchun qoʻllaniladi, taʼsiri tez boshlanadi, lekin 2-3 dan keyin ogʻriq qolmasa tezlik bilan nitroglitserin qabul qilish kerak.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə