1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


TOJ TOMIRLARDA QON AYLANISHI YETISHMOVCHILIGIDA QOʻLLANILADIGAN VOSITALAR



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə55/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
TBA MARUZA

TOJ TOMIRLARDA QON AYLANISHI YETISHMOVCHILIGIDA QOʻLLANILADIGAN VOSITALAR.
Toj tomirlarda qon aylanishining buzilishi, yurakning ishemik xastaligiga (IBS) olib keladi. Odatda bu xastalik toj tomirlar spazmida ѐki trombozida rivojlanadi. Bunda miokardning kislorodga boʻlgan extiѐji va uni taʼminlanish orasida tafovut kelib chiqadi. Umuman, IBS yurak toj tomirlarida qon aylanish va miokardni kislorod bilan taʼminlanishning buzilishi tufayli rivojlanadi. Shuning uchun IBS xastaligida toj tomirlarini kengaytirib, yurakni qon bilan taʼminlanishini oshirish kerak ѐki yurakni kamroq ishlatib, uning kislorodga boʻlgan extiѐjini kamaytirish kerak. Shularga etiboran quyidagi tasnif qabul qilingan:
1. Organik nitratlar nitroglitserin, sustak, trinitrolong, erinit, nitrosorbit.
2. Kalsiy kanallarini qamallovchi vositalar verapamil, fenigidin.
3. Turli vositalar – amiodaron.
4. β-adrenoblokatorlar (miokardni kislorodga boʻlgan extiѐjini kamaytiradi) – anaprilin, metoprolol, talinolol.
5. Miotrop taʼsirli, toj tomirni kengaytiruvchi vositalar dipiridamol, karbokromen, papaverin, no-shpa.
6. β-adrenomimetik taʼsirga ega vositalar nonaxlazin, oksifedrin.
7. Reflektor taʼsir etib, toj tomirlar spazmini daf etuvchi vositalar validol. Oxirgi 3ta guruh preparatlari miokardni kislorod bilan taʼminlanishini oshiradilar.
ORGANIK NITRATLAR – bu tarkibida nitroglitserin bor boʻlgan preparatlar. NITROGLITSERIN – azot kislotasining glitserin bilan hosil qilgan efiridir. Til ostiga qoʻyilgach, tez soʻriladi va 2-3 minutdan keyin taʼsiri boshlanib, 30 minut davom etadi. Asosan stenokardiya hurujlarini daf etishda qoʻllaniladi. Nitroglitserinning antianginal taʼsiri, asosan uni ekstrakardial taʼsiroti bilan bogʻliq, yaʼni vena va arteriya tomirlarni kengaytirib, tomirlarning qon oqishga boʻlgan qarshiligini kamaytirib, ular orqali yurakka keladigan qon xajmini kamaytiradi, natijada yurakka tushaѐtgan yuklamani kamaytiradi. Shunga mos ravishda yurakning ishini va uni kislorodga boʻlgan extiѐjini kamaytiradi va gipoksiya xolati bartaraf boʻladi.
Nojoʻya taʼsiri: taxikardiya (reflektor, qon bosimi tushib ketgani uchun), bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi (ayniqsa birinchi bor qabul qilganda). Nitroglitserinni dozasi oshirib yuborilsa, kollaps boʻlishi mumkin. Davomli qoʻllanilganda unga oʻrganish rivojlanadi. Stenokardiya hurujlarini oldini olishda nitroglitserinning davomli taʼsir etuvchi preparatlari qoʻllaniladi.
TRINITROLONG – applikatsiya (ѐpishtirib qoʻyish) uchun tayѐrlangan, tez eruvchan parda (plenka) tarkibida,001 va 0,002 g nitroglitserin bor boʻlgan plastinka.. Taʼsiri tez boshlanadi va 3-4 soatdan koʻproq davom etadi. Ayniqsa hurujlari zoʻriqish va tinch xollarda, ham tez-tez qaytalanadigan stenokardiyada yaxshi naf beradi.
NITRONG – maxsus mikrokapsullangan, davomli taʼsir koʻrsatuvchi preparat. Taʼsiri ichgandan keyin, 1 soatlar ichida boshlanib, 3-4 soatdan keyin eng yuqori darajaga yetadi. Stenokardiya hurujlarini oldini olish uchun qoʻllaniladi. Ovqatdan oldin ichiladi. Teriga 2% surtmani surkab polietilen plenkasi bilan ѐpib qoʻyish mumkin.
ERINIT – nitroglitseringa nisbatan shilliq qavatlardan sekin soʻriladi. Taʼsiri astasekin boshlanadi, lekin uzoq taʼsir koʻrsatadi. Ichilgandan keyin 35-40 minutdan keyin, til ostiga qoʻyilsa, 15-20 minutdan keyin boshlanadi va 4-6 davom etadi. Gipotenziv taʼsiri nitroglitseringa nisbatan kam. Stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun qoʻllaniladi. Nojoʻya taʼsiri: kamdan-kam boʻladi, boʻlsa xam kuchsiz boʻladi.
NITROSORBIT – taʼsiri boʻyicha erinitga oʻxshaydi, lekin uzoqroq taʼsir etadi (5 soatdan koʻp). Qon zardobi oqsillari bilan mustaxkam birikadi. Periferik venalarini yaxshi kengaytiradi va yurakka qonni qaytishini kamaytiradi, kichik qon aylanish doirasida qon bosimini kamaytiradi, xansirash va koʻkarishni kamaytiradi. Endoartritlarda ham ѐrdam beradi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə