1. Mavzu: tinish belgilarining ishlatilishi dars maqsadlari: a talimiy maqsadi


KO’P NUQTA, UNDOV VA SO'ROQ BELGILARINING BIRIKKAN HOLDA KELISHI



Yüklə 27,85 Kb.
səhifə3/5
tarix24.05.2023
ölçüsü27,85 Kb.
#112489
1   2   3   4   5
1. Mavzu tinish belgilarining ishlatilishi dars maqsadlari a t

KO’P NUQTA, UNDOV VA SO'ROQ BELGILARINING BIRIKKAN HOLDA KELISHI.
Murakkab mazmun ifodalangan gaplarda undov belgisi bilan so'roq belgisi, undov belgisi bilan ko'p nuqta va so'roq belgisi bilan ko'p nuqta ko'pincha birikkan holda keladi.
1. Undov va so'roq belgisi birikkan holda(!?) aslida so'roq mazmunidagi gap bo'lib, so'roq mazmuniga qaraganda his - hayajon kuchli bo'lgan gaplardan so’ng qo'yiladi.
2. Qani bu yerda insof, qani bu yerda adolat degan narsa!? kuchli his - hayajon, taajub bilan aytilgan so'roq gaplardan so'ng qo'yiladi:
Jamiki kamvag'al xalq qo'lni — qo'lga berib, yaktan bo’lib tursa, kimning haddi bor mardikor olishga?! Men bo'rib o'ldimmi?!
3. Undov belgisi va ko’p nuqta birikkan holda (!..) mazmunan tugallanmagan hamda kuchli his - hayajon ifodalangan o'rinlarda qo'llaniladi: a) Uyatni bilasizmi!.. ‘Yo'q!.. Hech qayerga bormayman!’ So'roq belgisi va ko'p nuqta birikkan holda (?..) mazmunan tugallanmagan so'roq gaplardan so'ng ishlatiladi: a) Ayb kimda? ... Ayb nimada? Yoki yer yomonmi?.. ‘Bu ablah ana shu noma'lum odamga Qamvar bilan Anton haqida gapirdi. - ‘A?.. Qamvar bilan Anton haqida?..’
VERGUL.
Vergul quyidagi o'rinlarda qo'llaniladi:
1. Uyushiq bo'laklar orasida:
1). Bog'lovchisiz birikkan uyushiq bo'laklar orasida:
Andijon, Namangan, Qo'on, Marg'ilon - o'zbekning chamani, bog'u bostoni
2). Takrorlanuvchi bog'lovchilar bilan birikkan uyushiq bo'laklar orasida: Saodat goh men bilan, goh atlas bilan mashg'ul, boyagi uyalib turishini bir yoqqa yig'ishtirib qo'ygan edi.
3). Zidlovchi bog'lovchilar yordami bilan birikkan uyushiq bo'laklar orasida: Zamiraning valand, ammo mayin ovozi bor edi.
2 Undalmalarni ajralish uchun: a) Do'stlarim, shu asl vahor haqida Butun qalbimizdan yangrasin qo'shiq. Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
3. Kirish so'zlarni va tuzilish tomondan murakkab bo'lmagan kirish gaplarni ajratish uchun: a) ‘Modomiki, haqingizda shu qabilda so'z yurar ekan, alvatta, bchuda bo'lmasa kerak deb o'ylaymanw. ‘Ko'nglingizga kelmasin - ku, izvoshga eshak qo'shib bo'lmaydi’.
4. Ha va yo'q so'zlarini gap bo'laklaridan ajratish uchun:
Xafa bo'ldingizmi, xato gapirdimmi?
Yo'q, yo'q. Siz haqli, - dedi Olimjon.
5.Undov so'zlarni ajratish uchun: ‘Ey, yosh bolamisiz! Nega yig'laysiz?’.
6. Gapning ajratilgan bo'laklarini ayirib ko'rsatish uchun:
‘Biz, 22 - guruhda o'quvchi qizlar, Xayriniso ham biz bilan yonma - yon ttirib o'qishni istaymiz’. Nihoyat, orqasini yostiqdan uzib, muhim savdo ishi bilan
shug'ullangan kabi, jiddiy ravishda gapirib ko’di.
7. Bog'lovchisiz bog'langan qoshma gaplarda: Siz otam o'rniga olalik qildingiz, sizdan hech yomonlik ko'rmdadim.
8. Va, ham, hamda, yoki dan boshqa bog'lovchilar bilan bog'langan qo'shma gaplarda: Yo'lchi shu choq, qacha aqchasi bo'lsa ham berishga tayyor edi, likin yonida bir tiyin ham yo'q edi.
9. Ergash gaplarni ajratish uchun: o'g'rilar devordan tushmoqchi bo'lib, qorinlarini paxsaga qo'yib, boshlarini ezganda, Kenja botir ularning kallalarini uza berdi.
10. Muallif gapini ko'chirma gapdan ajratish uchun: - Ostimizda olov daryo o'tadi, - dedi CHO’Lpon ota, - bug' olov bo'lib yonadi.

Yüklə 27,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə