1. Mavzu: tinish belgilarining ishlatilishi dars maqsadlari: a talimiy maqsadi



Yüklə 27,85 Kb.
səhifə2/5
tarix24.05.2023
ölçüsü27,85 Kb.
#112489
1   2   3   4   5
1. Mavzu tinish belgilarining ishlatilishi dars maqsadlari a t

SO'ROQ BELGISI.
1.So'roq belgisi so'roq gaplardan so'ng qo'yiladi: Sinovlarga qanday tayyorlanayotirsiz?
2. Ko'picha so'roq gaplar birdan ortiq bo'lib keladi. Bu holatda so'roq belgisining qo'yilishi quyidagicha:
1) So'roq gaplarning har biriga ahamiyat berish lozim topilsa yoki har qaysi gap mazmunan o'ziga mustaqil bo’lsa, har biridan so'ng so'roq belgisi qo'yiladi: Komila so'zida davom o’di: ‘Ha, Jamo! akam qanday? Toshkentdami’
2) Agar so'roq gaplar mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa, so'roq belgisi eng so'nggi so'roq gapdan keyin qo'yiladi: - Tag'in mchmon boshlab keldingmi? Kim kelyapti: Savrimi, Rahvarmi, yo akangning bolalarini yo’aklab kelyapsanmi?
3. Soz yoki ibora noaniq bo'lsa yoki unda gumon ifodalansa: ovqatga tajovuz (?) qilingandan so'ng, mchmonlar qo'llarini dasturxonga (?!) artdilar.
UNDOV BELGISI.
Undov belgisi quyidagi o'rinlarda qo'yiladi:
1. Kuchli his - hayajonni ifodalagan gaplardan gaplardan so'ng:
a) ‘Professor Nazarov! Mana u qanday odam ekan!’
b) Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday falokal, bu qanday
mudhish motam!
2. Buyurish, tilak orzu ma'nolarini ifodalagan gaplardan so'ng:
a) Fido bo'lsin sen uchun jon - tanim, onam! Jamila, tur o'rningdan, yalinma bu itlarga, bo'lmasa la'nat deyman senday vafodor xotinga!
3. Gap boshida kelib, kuchli his - hayojon ifodalangan undalmalardan, undov hamda ha va yo'q so'zlaridan so'ng:
a) Seni unutolmas aslo, Ey, o'rta Osiyo, o'rta Osiyo!!!.
b) Yo'q, yo'q! Bu og'ir ishni bo’ynimga ololmayman!
KO’P NUQTA.
Ko'p nuqta quyidagi o'rinlarda qollaniladi:
1. Fikrning tugallanmaganligi, so'zlovchining yana nimadir aytmoqchi ekanligini ko'rsatish uchun (fikrning davom eltirmasligi odatda so'zlovchining hayajonlanishi, o'z flkrini to'liq ifodalashga botina olmasligi yoki gapning biror savab bilan bo'linishi tufayli ro'y beradi):
a) ‘Bilmayman, degan edingiz. Yana shuni aytdingiz...’ Shu payt ad'yutant kirib polkovnikka bir qog’oz uzatdi. ‘Agar sevsang... - Agar chindan ham sevsang, - dedi Besen'yev uning so'zini bo'lib. Tavva!.. Bu la'nati, asd nima qiladi? Qani endi... bo'g' boshlasam!
2.Vazan ko’p nuqta so'zlovchining o'ylashi, mulohaza qilishini ko'rsatadi: ‘Ochilsam’...Voy, muncha mazali bu so'z!’. Uydagi ishlarning hammasini o'zi qilsa, o'zi tartibga solib, o'zi bezasa... .
3. Biror so'z yoki gapning tushurilganini ko'rsatish uchun:
... Yudaxin familyali bir rus kishi... rus bo'lishiga qaramay, hamma usta-mardikorlar bilan ... o'zbek tilida so'rashib chiqdi.
Asli Yodimda, shiypon tagiga g'isht terilayotganda, Yudaxin familiyali bir rus kishi dadamni so'rab keldi va rus bo'lishiga qaramay, usta-mardikorlar bilan ‘horma, bor bo'l’ qilib o'zbek tilida so'rashib chiqdi.

Yüklə 27,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə