1-mavzu. “Tizimli tahlil” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. «Tizimli tahlil»


Tizimlilik materiyaning umumiy xususiyati sifatida



Yüklə 233,67 Kb.
səhifə3/84
tarix11.12.2023
ölçüsü233,67 Kb.
#147182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Tizimlilik materiyaning umumiy xususiyati sifatida. Tizimlilik tushunchasiga ko’ra, dunyodagi barcha hodisalar yagona yaxlitlikni tashkil qiladi va ular o’zaro bog’langan elementlardan tashkil topgan tizimlar sifatida mavjud. Bu tushuncha nafaqat tirik organizmlar va texnik tizimlarga, balki notirik materiyaga ham tegishlidir. Shunga ko’ra tizimlilik materiyaning muhim atributidir. Materayadagi tizimlilikning namoyon bo’lishini, o’zaro aloqa va ta’sir qiluvchi elementlardan tizim xolatiga o’tish(tashkil bo’lish) tartibida ko’rishimiz mumkin. Atom, molekula, hujayra va organizm kabi elementlar ma’lum bir vazifani bajarishda o’zaro harakat qilishadi va ta’sirlashadi, ushbu funksiyalar yagona yaxlitlikni yoki butunlikni tashkil qiladi. Ushbu tuzilmalar murakkab tuzilishga ega bo’lgani bilan ular fizika, kimyo va biologiyaning ma’lum qonuniyatlariga bo’ysunadi. Materiyaning tizimliligi tabiatning tartibli tuzilishga egaligi va ma’lum qonuniyatlarga amal qilishida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra materiyadagi barcha obyektlar va tabiat xodisalari xususiyatlari va tarkibiga ko’ra tizimlanishi mumkin.
Materiyaning tizimlilik tabiati uning tuzilishi va xossalarini o’rganishga yordam bersa, ushbu tizimlarning o’zaro solishtirilishi obyektlarning turli sharoitlarda harakatini bashorat qilishga imkon beradi. Materiyadagi elementlarning birgalikdagi barqaror faoliyati ularni tizim sifatida o’rganishga sharoit yaratadi. Barqarorlik - bu tizimning o’z xususiyatlarini va funksiyalarini ma’lum parametrlar va sharoitlarda saqlab turish xususiyati xisoblanadi. Aynan barqarorlik tizimning eng muhim xususiyatidir, chunki vaqt va tashqi ta’sir jrayonida tizim elementlari o’z vazifasini barqaror bajara olsagina ular tizimlilik xususiyatiga ega bo’ladi.
Umuman olganda, tizimlilik materiyaning muhim xususiyati bo’lib, atrofimizdagi dunyoni yaxshiroq tushunishga va o’zaro munosabatda bo’lishga yordam beradi.
Tizimli tahlilning tamoillari. Tizimli tahlil odatda tizim xolatiga keltirilmagan yoki murakkab tuzilishga ega bo’lgan jarayonlarni o’rganish uchun qo’llaniladigan metodologiya xisoblanadi. Tizimli tahlilning asosiy protseduralari quyidagilardan iborat

  1. tadqiqot jarayonini formallashtirsh;

  2. tizimni uning alohida tarkibiy qismlarida emas, balki butun sifatida ko’rib chiqish(elementlar va ular orasidagi bog’lanishlar, ularning o’zaro ta’siri va bir butun sifatida ishlashi);

  3. muammolarni hal qilishda maqsadni shakllantirish;

  4. ma’lumotlarni to’plash va sintez qilish;

  5. tizimning ishlash qonuniyatlarini aniqlash va tizimning turli elementlari o’rtasidagi o’zaro ta’sirni o’rganish;

  6. tizimning ishlashini yaxshilash uchun optimal yechimlarni topish;

  7. tizimning kelajakdagi faoliyatini o’zgarishi va rivojlanishini bashorat qilish xisoblanadi.

Tizimli tahlilning asosiy tamoillari tadqiqot jarayonlari shuningdek ularning natijlarini umumlashtirish orqali shakllanib boradi. Shunga ko’ra ushbu tamoillar mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinadi va ularning asosiylari quyidagilar xisoblanadi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə