1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Kognetiv - genetik nazariyachilar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə16/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

Kognetiv - genetik nazariyachilar L.Kolberg,D.Bromley, A.Vallon, G.Grimm va boshqalar xisoblanadilar.
A.Vallon (frantsuz) nuqtai - nazaricha Yosh davrlarini quyidagicha bosqichlarga ajratadi:
  1. homilaning ona qornidagi davri;


  2. impulsiv harakat davri – tug’ilgandan 6 oylikkacha;


  3. emitsional (his-tuyg’u) davri – 6 oylikdan 1 Yoshgacha;


  4. sensomotor (idrok bilan harakatning uyg’unlashuvi) davri – 1 Yoshdan 3 Yoshgacha;


  5. personologizm (shaxsga aylanish) davri – 3 Yoshdan 5 Yoshgacha;


  6. farqlash davri – 6 Yoshdan 11 Yoshgacha;


  7. jinsiy etilish va o’spirinlik davri – 12 Yoshdan 18 Yoshgacha;


YAna bir frantsiyalik yirik psixolog R. Zazzo o’z vatanidagi ta`lim va tarbiya sistemasining printsiplaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq YOndashib va uni boshqacha talqin etib, insonning ulg’ayib borishini quyidagi bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi:


  1. Birinchi bosqich – bolaning tug’ilganidan 3 Yoshgacha davri.


  2. Ikkinchi bosqich – 3 Yoshidan 6 Yoshigacha.


  3. Uchinchi bosqich – 6 Yoshidan 9 Yoshigacha.


  4. To’rtinchi bosqich – 9 Yoshidan 12 Yoshigacha.


  5. Beshinchi bosqich – 12 Yoshidan 15 Yoshigacha.


  6. Oltinchi bosqich – 15 Yoshidan 18 Yoshigacha.


Yosh davrlariga ajratishidan ko’rinadiki, R. Zazzo inson rivojlanishining bosqichlariga shaxs sifatida tarkib topish, takomillashuv nazariyasidan kelib chiqib YOndoshgani shaxs shakllanishi pallasining yuqori nuqtasi, ya`ni ijtimoiylashuvi bilan cheklanishga olib kelgan. SHuning uchun uning ta`limoti insonning tug’ilganidan umrining oxirigacha psixologik takomillashuvi, o’zgarishi, rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari to’g’risida mulohaza yuritish imkonini bermaydi.


G. Grimm ontogenezda insonning kamolotini quyidagi davrlarga ajratishni lozim topadi: 1) chaqaloqlik – tug’ilgandan 10 kunlikkacha; 2) go’daklik – 10 kunlikdan 1 Yoshgacha; 3) ilk bolalik – 1 Yoshdan 2 Yoshgacha; 4) birinchi bolalik – 3 Yoshdan 7 Yoshgacha; 5) ikkinchi bolalik – 8 Yoshdan 12 Yoshgacha; 6) o’smirlik – 13 Yoshdan 16 Yoshgacha o’g’il bolalar, 12 Yoshdan 15 Yoshgacha qizlar; 7) o’spirinlik – 17 Yoshdan to 21 Yoshgacha yigitlar, 16 Yoshdan 20 Yoshgacha qizlar; 8) etuklik – birinchi bosqich: 22 Yoshdan 35 Yoshgacha erkaklar, 21 Yoshdan 35 Yoshgacha aYOllar; ikkinchi bosqich: 36 Yoshdan 60 Yoshgacha erkaklar, 36 Yoshdan 55 Yoshgacha aYOllar; 9) keksayish (Yosh qaytishi) – 61 Yoshdan 75 Yoshgacha erkaklar, 55 Yoshdan 75 Yoshgacha aYOllar; 10) qarilik – 76 Yoshdan 90 Yoshgacha (jinsiy tafovut YO’q); 11) uzoq umr ko’ruvchilar 91 Yoshdan yuqorisi.
Biz chet el psixologiyasidagi Yosh davrlarini tabaqalashning YO’nalishlari va nazariyalariga qisqacha to’xtalib o’tdik. Ulardan ko’rinib turibdiki, bu sohada bitta umumiy nazariya hali ishlab chiqilmagan.
Rus psixologiyasida Yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vgotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topgan.
L.S.Vgotskiy muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib Yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi:
  1. CHaqoloqlik davri inqirozi.


  2. Go’daklik davri - 2 oylikdan 1 Yoshgacha. Bir Yoshdagi inqiroz.


  3. Ilk bolalik davri - 1 Yoshdan 3 Yoshgacha. 3 Yoshdagi inqiroz.


  4. Maktabgacha davri - 3 Yoshdan 7 Yoshgacha. 7 Yoshdagi inqiroz.


  5. Maktab Yoshi davri - 8 Yoshdan 12 Yoshgacha. 13 Yoshdagi inqiroz.


  6. Pubertat (jinsiy etilish)- 14 - 18 Yosh. 17 Yoshdagi inqiroz.


L.S.Vgotskiyning tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega bo’lib uning olg’a surgan g’oyalari hozirgi kunning talabiga mosdir.


D.B.El`koninning davrlashtirishi bo’yicha etakchi faoliyat, har qaysi rivojlanish pallasida faoliyatning biror ustunlik qilishiga asoslanadi.
  1. Go’daklik davri - tug’ilgandan 1 Yoshgacha; asosiy faoliyat bevosita


emotsianal muloqot.


  1. Ilk bolalik davri - 1 Yoshdan 3 Yoshgacha. Predmetlar bilan xarakatlar qilish .


  2. Maktabgacha davr - 3 Yoshdan 7 Yoshgacha; asosiy faoliyat - rolli o’yinlar.


  3. Kichik maktab Yoshi davri - 7 - 10 Yoshgacha; asosiy faoliyat - o’qish.


  4. Kichik o’smirlik davri - 10-15 Yoshgacha; shaxsning intim munosabati.


  5. Katta o’smirlik YOki o’spirinlik davri - 16 - 17- Yoshgacha; asosiy faoliyat o’qish, kasb tanlash.


Lekin bu nazariyalar Yoshlik, etuklik, qarilik davrlarining xususiyatlari, qonuniyatlari to’g’risida nazariy va amaliy malumotlar etishmaydi.


Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga sotsial - psixologik nuqtai nazardan YOndashib, Yosh davrlarini o’ziga xos tasnifini yaratdi. A.V.Petrovskiygacha psixologlar shaxsning bir tekis kamol topishini o’rgangan bo’lsalar, u shaxs shakllanishining prosotsial (ijtimoiy qoidalarga muvofiq) va asotsial (aksilijtimoiy) bosqichlari ham bo’lishi mumkinligini isbotlab berishga harakat qiladi: shaxsning kamol topishi uchta makrofazadan iboratligini qayd etib, birinchisi – bolalik davriga to’g’ri kelishini, unda ijtimoiy muhitga moslashish, ko’nikish (adaptatsiya) ro’y berishini; ikkinchisi – o’smirlarga xos iddividuallashish; uchinchisi – o’spirinlikda, ya`ni etuklikka intilish davrida o’ziga xos holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari paydo bo’lishini baYOn qiladi, shaxsning shakllanishi quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta`kidlaydi:
  1. Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya Yoshidan oldingi davr) – tug’ilganidan 3 Yoshgacha.


  2. Bog’cha davri – 3 Yoshdan 7 Yoshgacha.


  3. Kichik maktab Yoshi davri – 7 Yoshdan 11 Yoshgacha.


  4. O’rta maktab Yoshi (o’smirlik) davri – 11 Yoshdan to 15 Yoshgacha.


  5. YUqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri – 15 Yoshdan 17 Yoshgacha.


A.V.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo’lsada, kamolotning oraliq bosqichlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi.


Umuman psixologlar tomonidan Yosh davrlarini tabaqalashti- rishning puxta ilmiy- metodologik negizga ega bo’lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan bo’lib ular ontogenetik qonuniyatlarni YOritishga katta hissa qo’shgan.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə