1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Yosh davrlarini tabaqalash nazariyalari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə13/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

2. Yosh davrlarini tabaqalash nazariyalari


Insonning tana tuzilishi shaxsning individual tipologik xususiyatlariga bog’liqmi?

Psixologiya fanida Yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha qator mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan YOndashadi va muammoning mohiyatini turlicha YOritadi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixo-analitik, bixevioristik nazariyani kiritish mumkin.


Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari ifodalangan Yosh davrlarini tabaqalash printsiplarini ko’rib chiqamiz.
Biogenetik nazariyada insonning biologik etilishi bosh omil sifatida qabul qilingan, qolgan jaraYOnlarning rivojlanishi ixtiYOriy bo’lib ana shu omil bilan o’zaro bog’liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishining bosh maqsadi biologik derminantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xusiyatlar kelib chiqadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonunga ko’ra,shaxs psixologiyasining indvidual rivojlanishi (ontogenez) butun insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi. Nemis psixologi V. SHternning fikricha, chaqaloq xali odam xisoblanmaydi balki faqat sut emizuvchi xayvondir; oltioylikdan oshgach u psixik rivoji jixatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi,ikki Yoshida oddiy odam xoliga keladi,besh Yoshida ibtidoiy gala xolidagi odamlar darajasiga etadi,maktabga kirganidan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi,(ularni ongi o’rta asr kishilari darajasiga etadi) nixoyat,etuklik davri (16-18) Yoshlaridagina xozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga etadi.
Amerikalik olim S.Xoll «rekapitulyatsiya qonunini» yani (filogenezni qisqacha takrorlashni) psixologik o’sishning bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenez filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, go’daklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalarning esa asosiy mashg’uloti ovchilik va baliqchilik bo’lgan qadimgi kishilarning davriga aynan mos keladi. 8-12 Yoshlardagi o’sish davri YOvvoyilikning oxiri va tsivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolotga tengdir. O’spirinlik esa jinsiy etilishdan (12-13 Yoshdan) boshlanib etuklik davrigacha (22-25 Yoshgacha) davom etib, romantizmga barobardir. S. Xollning talqinicha, bu davrlar «bo’ron va tazyiqlar», ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar) dan iborat bo’lib, odamda «individuallik tuyg’usi» vujudga keladi. Yosh davrlarni tabaqalashning bu turi o’z navbatida tanqidiy, mulohazalar manbai vazifasini o’taydi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik kontseptsiyaning boshqa turi nemis «konstitutsion psixologiyasi» (insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoYOndalari tomonidan ishlab chiqilgan. E. Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasining negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E. Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: tsikloid (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta beqaror) va shizoid (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg’usi cheklangan) larga ajratadi. Bu taxminini Yosh davrlari xususiyatlariga ham tatbiq etib, o’smirlar tsikloid xususiyatli, o’spirinlar esa shizoid xususiyatliligini ta`kidlaydi. Lekin insonning kamol topishida biologik shartlangan sifatlar hamisha etakchi va hal qiluvchi rol o’ynay olmaydi, chunki shaxsning individul-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoYOndalari – amerikalik psixologlar A. Gezell va S. Xoll rivojlanishning biologik modeliga tayanib ish ko’radilar, bu jaraYOnda muvozanat, integratsiya va yangilanish tsikllari o’zaro almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. Uning ta`limotiga binoan shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar YOki instinktlardan kelib chiqadi, birinchi navbatda, jinsiy (seksual) maylga bog’liqdir. Bunday biologizatorlik omillari inson hulqini belgilovchi birdan-bir mezon YOki betakror turtki rolini bajara olmaydi.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi sotsiogenetik nazariya dir.Bu nazariyada shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlarni jamiyatning strukturasi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, atrofidagi odamlar bilan o’zaro vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko’ra inson biologik tur sifatida tug’ulib, haYOtdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta`siri ostida shaxsga aylanadi.
G’arbning eng muhim nazariyalaridan biri – rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga ko’ra jamiyat o’zining har bir a`zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakatning barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan maxsus rollar uning hulq-atvorida, boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi.
AQSHda individual tajriba va bilimlarni o’zlashtirish (ko’nikish) nazariyasi keng tarqalgan. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning haYOti va voqelikka munosabati, ko’nikmalarni egallashi va bilimlarni o’zlashtirishi qo’zg’atuvchining barqarorligiga bog’liqdir.
K. Levin tavsiya qilgan «fazoviy zarurat maydoni» nazariyasi o’z davrida muhim ahamiyat kasb etgan. K. Levin nazariyasiga ko’ra, shaxsning hulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiYOq (intilish), maqsad (niyat) bilan boshqarilib turadi, bu kuchlar fazoviy zarurat maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga YO’nalgan bo’ladilar.
YUqorida ifodalangan xar bir nazariya shaxsning ijtimoiy hulqini u odam xoxlashi YOki xohlamasligidan qatiy nazar mazkur muhitga moslashmog’i (ko’nikmog’i) zarur degan g’oidaga amal qiladi.
Psixologiyada psixogenetik nazariya tarafdorlari, biogenetik va sotsiogenetik omillarni kamsitmaydi, balki psixik jaraYOnlarning rivojlanishini birinchi darajali axamiyatga ega deb hisoblaydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə