1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə14/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

Psixodinamika nazariyasining namoYOndasi amerikalik psixolog E.Erikson insonning umrini o’ziga xos betakror xususiyatlarga ega 8 ta davrga ajratadi.
Birinchi davr - go’daklikda tashqi dunYOga ongsiz «ishonch» tuyg’usi vujudga keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr-muhabbati,g’amxo’rligi va jonkuyarligidir. Agar go’dakda ishonchning negizi paydo bo’lmay, borliqqa ishonchsizlik hissi tug’ilsa, voyaga etgach ularda mahdudlik,umidsizlik vujudga kelishi mumkin.
Ikkinchi davr- ilk bolalikda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usi shakllanadi YOki aksincha ularning teskarisi - uyat va shubha xissi hosil bo’ladi.Bolada mustaqillikning o’sishi unga o’z tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat yaratib, bo’lg’usi shaxs xususiyatlaridan tartib-intizom, masuliyat,javobgarlik,xurmat tuyg’ulari tarkib topishiga zamin xozirlaydi.
Uchunchi davr – o’yin Yoshi deb ataladi va unga 5-7 Yoshli bolalar kiradi. Bu davrda tashabbus tuyg’usi qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli tarkib topadi. Mabodo boladagi hoxish-istakni ro’YObga chiqarish YO’li to’sib qo’yilsa, buning uchun u o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya`ni guruh o’yinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat kasb etadi: bola turli rollar bajarib ko’rishiga, uning xaYOloti o’sishiga imkon yaratadi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ula boshlaydi.
To’rtinchi davr – maktab Yoshi boladagi asosiy o’zgarishlar: ko’zlagan maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Bu Yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham bo’lib, ular ijobiy hislatlari etarli bo’lmasligi, ong haYOtning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni hal qilishda aql-zakovat darajasining pastligi, bilimlarni o’zlashtirishdagi qoloqlik va hokazolardir. Xuddi shu davrda shaxsning mehnatga munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr – o’spirinlikni betakror xislati, o’ziga xosligi, boshqa odamlardan keskin farqlanishi bilan xarakterlanadi. SHuningdek, o’spirinlik shaxs sifatida noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik, qat`iyatsizlik singari salbiy sifatlarga ham egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati «rolini kechiktirish»ning o’zgarishi hisoblanadi. U ijtimoiy haYOtda bajaraYOtgan rollarning ko’lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyatiga ega bo’lmaydi, shuningdek, rollarda o’zini sinab ko’rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o’spirinlarda o’zini o’zi anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil taxlil qiladi, unda vaqtni yangicha xis qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qzg’atuvchi) jaraYOnlarni va ularning turli ko’rinishlari namoYOn bo’lishini baYOn qiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə