1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari. Go’dak va muloqot



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə22/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

2. Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari. Go’dak va muloqot.


Go’daklar o’z yaqinlarini begonalardan qachondan boshlab ajratadilar ?

Go’dakning haYOtiy faoliyati va taqdiri uni qurshagan, parvarishlaydi gan katta Yoshdagilarga bevosita bog’liq bo’lib, uning barcha ehtiYOj va talablari faqat shular tomonidan qondiriladi. Psixologik iboralar bilan aytsak, kattalar bolaning fazodagi o’rnini uzluksiz, o’zgartirishi, almashtirishi natijasida unda ko’rish, eshitish, teri tuyush, haroratni sezish, ta`m bilish kabi sezgilar rivojlanadi (takomillashadi). Kattalar go’dak uchun yaratgan ob`ektiv va sub`ektiv shart-sharoitlar uning o’sishini belgilovchi muhim turtki vazifasini o’taydi. Atrof-muhitning xususiyat va xossalarini kattalar go’dakning psixik dunYOsiga singdiradilar. SHiqildoqlar shakli, rangi va har xil o’yinchoqlar va hokazolarni bolaning diqqatiga havola qilish unda jismlar to’g’risida tasavvur obrazlarini yaratadi, go’dakning hissiy bilish organlari esa ularni aks ettiradi. O’zaro muloqot jaraYOnida, jismlarni ushlashga o’rgatish, mashqlar natijasida go’dak «tanish» jismlarga talpinadigan, ularga qo’l cho’zadigan bo’la boshlaydi, unda rang va shaklni farqlash imkoniyati tug’iladi.


Ta`sir o’tkazishning keyingi murakkabroq bosqichida bola kattalar YOrdamida bilan o’tirish, o’rinda dumalash, tik turish, ovqatlanish qurollaridan to’g’ri foydalanishni, uzluksiz va mazmunli harakatlarni amalga oshirishni o’rganadi. SHuning uchun aks ettirish qaysi bosqichdaligidan qat`i nazar, bevosita YO’l bilan amalga oshadi. Umuman, go’daklik davrining dastlabki bosqichida olam, barcha ashYOlar, jismlar to’g’risidagi ma`lumotlar, tasavvurlar, timsollar va hokazolar bolaning kattalar bilan hamkorlkdagi faoliyati mahsuli sifatida ma`naviy boylikka aylanib, uning bosh miya yarim sharlari po’stlog’i ostida o’z izlarini qoldiradi. Mazkur davrning aksariyat bosqichlarida go’dakda bilim va tajriblarni egallash, o’quv, ko’nikma va malakalarni mustaqil o’zlashtirish imkoni bo’lmaydi.
Go’daklik davrining xususiyatlarini o’rgangan L. S. Vigotskiy «Go’dak lik davri» nomli asarida bolaning voqelikka munosabati daslab ijtimoiy munosabatdek tuyulishi, ana shu jihatdan uni ijtimoiy jonzot deyish mumkinligini uqtiradi.
D. B. Elkoninning fikricha, katta Yoshdagi odamlar go’dakni qurshagan voqelikning markaziy siymosi, muhim tarkibiy qismi hisoblanib, uning har qanday ehtiYOjini qondirish bilan bog’liq muammolar uchun tayanch nuqtasi vazifasini bajaradi. Go’dak tabiiy-biologik jihatdan onadan ajralgan bo’lsa ham, aslida u bilan ijtimoiy bog’liqligicha qoladi.
Go’dakning bir Yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o’rganish bo’yicha qator tadqiqotlar mavjud. SHular orasida N. L. Figurin, M. P. Denisova, M. YU. Kistyakovskaya, A. Vallon, D. B. Elkonin, E. A. Arkin, S. Fayans, SH. Byuler, F. I. Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir.
S. Fayans tajribasida go’dakka chiroyli va jozibador o’yinchoqlar 9 sm masofadan ko’rsatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan keyinchalik oraliq 60 sm bo’lganida bolaning intilishi, qo’l cho’zishi, sustlashgan, va nihoyat, ular 100 sm dan ko’rsatilganda bola intilishi, cho’zilishi, ixtiYOrsiz harakati mutlaqo so’ngan. U o’yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi shunchalik kuchayib borishini kuzatish mumkin.
YUqoridagi tajriba materiallari asosida, shunday xulosa chiqarish mumkin: kattalar go’dak qatnashaYOtgan faoliyatni jonlantiradilar. Go’dakni qurshab turgan jismlar borgan sari uning nigohini o’ziga tortib, maftun qilib, qo’zg’atuvchi vazifasini bajarib, bolaning qidirish, mo’ljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotchi A. V. YArmolenko yarim Yoshlik go’daklarda jozibali narsalar ning o’zaro qiYOsiy tasnifini tadqiq qiladi. Muallif olgan ma`lumotlarga qaraganda, go’dak behisob jismlar orasida insonni (katta Yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. SHu bilan birga harakatsiz ko’ruv qo’zg’atuvchisiga diqqatni to’plash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat qilmaYOtgan odamga bolaning tikilishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, harakatdagi ko’ruv qo’zg’atuvchisiga qarashi, 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e`tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada go’dakning harakatlanaYOtgan odamga diqqatini to’plab turishi to’rt marotaba ortgani aniqlangan.
Bizningcha, go’dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqarorroq qaratishi uning kattalarga munosabati o’zgarganidan emas, balki ular bilan aloqada kirishganda sust retseptor o’rnini faolroq retseptor egallaganidadir. Go’dakda fazoviy tasavvurning boyishida jismlarni idroq qilishdagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. HaYOt tajribasi ortib borshi, mashqlar natijasida jismlarning alomat va belgilarini farqlash uquvi paydo bo’ladi.
Frantsuz psixologi Anri Vallon go’dakda ijtmoiy ta`sirlanish ortib borishini atroflicha tadqiq qilgan olimdir. Uning ta`kidlashicha, yarim Yoshli bolada boshqa odamlardan farqli ravishda javob reaktsiyasi (ta`siri) o’zining yuqori bosqichiga ko’tariladi. Bola olti oyligida boshqa kishlarning imo-ishorasiz ta`siriga javob berishi (ta`sirlanishi) 50 foizni tashqil qiladi, etti oyligida esa aynan shu reaktsiya 20 foizga kamayadi, ammo imo-ishora orqali muloqot 41 foizga ortadi; etti-sakkiz oylikda boshqa kishilarga talpinish, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan to’rt marta ko’pdir.
M. YU. Kistyakovskaya bir Yoshgacha bolalarda kattalar bilan muloqotga kirishishning murakkablashib borishini o’rganib, bolalar psixologiyasi fani uchun eng zarur materiallar to’plangan va ularni atroflicha izohlagan. Olimaning fikricha, 3 oylikdn 6 oylikkacha bolada katta Yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo’lish vujudga keladi. Uch oyli go’dak begonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim Yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay biladi. 3-4 oylik go’dak unga yuzlangan, erkalatgan, muloqotga kirishgan har qanday odamga tabassum qiladi YOki erkalanadi, 5-6 oylikda u muomala qilaYOtgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin YO kulimsiraydi YOki undan yuzini o’giradi, hatto, qo’rqib yig’lab yuboradi. Bolada o’zini parvarish qilaYOtgan, boqaYOtgan yaqin kishilarga bog’lanib qolish sodir bo’ladi. Ana shu sababli onasi YOki egasini ko’rsaYOq qiyqirib qarshilaydi, talpinadi, qo’l-oYOg’ini ixtiYOrsiz tipirchilatadi. U yarim Yoshga to’lganida atrofidagi yaqin kishilar qatori qarindosh-urug’lariga, hatto, qo’ni-qo’shnilarga ham bog’lanib (o’rganib) ko’nikib qoladi. Taxminan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o’yin faoliyatini boshlaydi.
O’yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik tuyg’ulari avval faqat kattalar ishtirokida namoYOn bo’ladi, vaqt o’tishi bilan o’yinning o’zi bolaga quvonch bag’ishlaydi. Go’dak bir Yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-harakatlarini izchil kuzatishdan tashqari, unda asta-sekin ularning faoliyatida ishtirok etish tuyg’usi, istagi paydo bo’ladi, keyinchalik ularga ko’mak berish ishtiYOg’i tug’iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o’ta boshlaydi. Ma`lumki, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko’lami kengaytirishga YOrdam beradi.
Tadqiqotchilardan N. L. Figurin va M. P. Denisova go’dakning bir Yoshgacha davridagi psixik o’sishini o’rganganlar. Olingan ma`lumotlaridan kelib chiqib bir Yoshgacha kulgi inson chehrasi va tovushidan ta`sirlanish asosida vujudga kelishini ta`kidlaganlar. Bolaning boshini burib qarashi asosan insonning tovushiga javob reaktsiyasi tarzida namoYOn bo’lsa-da, u keyinchalik boshqa tovushlardan ta`sirlanishda ham ko’rinadi.
Bolada qo’rquv hissi kishilarni tanish va notanishga, qarindosh va begonaga ajratish, niqobni farqlash jaraYOnida vujudga keladi. SHuning uchun ijtimoiy tajriba va ko’nikmalarni o’zlashtirishda, biror holatni yaqqol aks ettirishda go’dak kattalarga taqlid qiladi. Taqlidchanlik bolaning ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi va uni faoliyatining yanada takomillashuviga turtki bo’ladi.
YUqoridagi tadqiqotchilarning fikrlarini umumlashtirsak, qimmatli umumpsixologik fikrlarni muayyan tartibda, izchil joylashtirish mumkin. Birinchidan mazkur Yosh davrida bola bilan uni parvarish qilaYOtgan kattalar o’rtasida yaqin va nisbatan barqaror aloqa o’rnatiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə