1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari. Menejmentning ilmiy maktablari



Yüklə 187 Kb.
səhifə2/14
tarix24.02.2022
ölçüsü187 Kb.
#84085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1476212025 65378

2. Menejmentning ilmiy maktablari
Boshqaruv fikri g'oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud bo'lib, ular ba'zida bir birlariga mos kelganlar, ba' zida esa bir birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob'ektlari bo'lganlar, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko'proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog'liq bo'lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo'yicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.

Boshqaruv tizimini shakllantirishda quyidagi olimlarni sanab o’tish mumkin : Elton Meyo (1880-1949), Valter Dill Skott (1869-1955), Mari Parker Fellot (1868-1933), Abraxam Maslou (1908-1970), Duglas Mak Gregor (1906-1964), Anri Fayol (1841-1925), Maks Veber (1864-1920), Piter Draker (1909).

YUkorida aytganimizdek, boshkarish fan sifatida shakllangunga kadar davrlarda xam ushbu jarayonni tub moxiyati va mazmunini tuyingan va amaliyotda qo’llagan, turli murakkab odamlar guruxlariga muvaffakiyatli raxbarlik qilgan, o’z tajriba va nuktai-nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida koldirgan buyuk shaxslar bulganki, ularni urganishlik xozirgi zamon boshkarish fanini rivojlanishiga shubxasiz samarali ta’sir kursatadi. Ana shunday sifatarga ega shaxslardan biri Soxibkiron Amir Temurdir. Uning boshkarishga doir boy me’rosini tarixiy adabiyotlardan bilishimiz mumkin. Amir Temurning “Xar bir voli o’zining kamchisi kabi axamiyatga ega bulmasa, u turalik mansabiga loyik emas iborasi [11, 6 b].

Uning raxbarlik lavozimiga, odamlar guruxini boshqarish faoliyatiga aloxida axamiyat berganligini kursatadi. “Temur tuzuklari”ni o’qib, murakkab Tashkiliy birikmalarini boshkarishning klassik (chizikli) strukturasini taxlil qilish mumkin. 1995-96 yillarda Respublikamizda Soxibkiron Amir Temurning 660 yilligiga bagishlab utkazilgan kator ilmiy-amaliy anjumanlar materiallari bilan tanishish orkali kadimiy murakkab Tashkilotlarni boshkarishga doir boy me’rosdan vokif bulish mumkin.

Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez o'zgarishlarning maydoniga aylangan va ko'p mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan o'z munosabatlarini borgan sari qat'iyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga ta'sir ko'rsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Boshqaruv fanini rivojlanishiga katta hissa qo'shgan to'rtta asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin.

Hammadan avval, boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan yondashuv. U, o'z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ko'rib chiquvchi quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma'muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul.




Yüklə 187 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə