1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari. Menejmentning ilmiy maktablari


Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi



Yüklə 187 Kb.
səhifə9/14
tarix24.02.2022
ölçüsü187 Kb.
#84085
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1476212025 65378

3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi
O'zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo'llagan turli xildagi murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o'z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo'lganki, ularni o'rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYasrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XYasrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qo'llanma bo'ladigan ko'rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, "Qutadg'i bilik", "Temur tuziklari" va boshqalar.

O'zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o'tgan 20 yil ichida bozor islohatlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy etishga karatilgan. O'zbekiston iqtisodiyotini Prezident Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o'tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda "O'zbek modeli" deb e'tirof etildi. Ushbu model jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Mustaqil O’zbekiston o’z xalqi tanlab olgan yul – ochiq, erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan odil jamiyat, kuchli demokratik xukukiy davlat kurish yulidan boskichma-boskich olga bormokda. Biz barpo etayotgan davlat, avvalo umumjaxon tsivilizatsiyasiga, davlat kurilishi soxasida tarakkiy etgan boshqa xalqlar erishgan tajribalarga va O’zimizga xos milliy an’analarga, ijtimoiy kadriyatlarga asoslanmokda. Respublika Prezidenti I.Karimov ushbu masalani quyidagicha ifodalaganlar: «Pirovard maksadimiz ijtimoiy yunaltirilgan barkaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashki siyosatga ega bulgan kuchli demokratik xukukiy davlatni va fukarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir»

Mustaxkam moddiy negiz yaratish manfaatlarini ko’zlab quyidagilar iqtisodiyotni islox qilish soxasida strategik maksadlar qilib belgilandi :



  1. Ijtimoiy yunaltirlgan bozor iqtisodiyotini boskichma-boskich shakllantirish, kudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, milliy boylikning ortishini, kishilar xayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoit-larni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish.

  2. Ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan maxrum bulishiga barxam, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bulgan xususiy mulkning davlat tomonidan ximoya qilinishini ta’minlash.

  3. Korxonalar va fukarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xujalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan vos kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy – buyrukbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va ragbatlantirish vositalaridan keng foydalanish.

  4. Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mexnat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan chukur strukturaviy o’zgarishlar qilish, ragbatbardosh maxsulotlarni ishlab chiqarish, jaxon itkisodiy tizimiga kushilib borish.

  5. Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyokarashini o’zgartirish, xar bir kishiga o’z mexnatini sarflash soxasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini beradi.

Bunda isloxatlar inson manfaatlariga mos kelgan, uning talab va extiyojlarini kondirishga yordam bergan, turmush darajasini oshirishga karatilgan takdirdagina axamiyatli bulishni O’zbekiston bozor modelida kurish mumkin.

Sistema (tizim) – o’zaro bog’liq bir-biriga ta’sir kursatuvchi elementlar tuplamiga aytiladi. Tizimning moxiyati ma’lum bir maksadga yunaltiril ganlik bilan belgilanadi. Agarda tizimdagi elementlar o’zaro muvofiklikni yo’qotsa unda tizim tubdan o’zgarishini yoki alokalarni boshqatdan kurib chiqilishini takozo etadi. Masalan, sobik ittifok sharoitidagi yukoridan majburiy rejalashtirish nafakat barkarorlikni keltirib chiqishni, balki ma’muriyatchilik, byurokratizmni va kishilar tomonidan lokaydlik, mas’uliyatsizlikni keltirib chiqarar edi. Bozor munosabatlari aksincha – nobarkarorlik xolatni mavjud etsa, u o’z yuliga kishilardan ishbilarmonlik, tadbirkorlikni namoyon etishni takozo etadi.

Ba’zi olimlar tizimi quyidagicha ta’riflashadi: tizim (sistema) – bu umumiy maksad yunalishda tushungan xolda o’zaro munosabatlar urnatib ma’lum muddat davomida birgalikda faoliyat kursatuvchi turli element-larning (tarkibiy kismlarning) tuplamidir Tizimlar odatda texnik, biologik, sotsial-iqtisodiy turlarga bulinadi.



Mentalitet – xalqning ko’p yillik kadriyatlari, urf-odati, madaniyati, dunyo karashiva boshqa namoyon buluvchi xususiyatlar tuplamiga aytiladi. O’zbek xalqi yoki uning xududiy elatlanishi buyicha viloyatlar vaqillarida xar xil xususiyatlarini kurish mumkin. Masalan, o’zbek xalqiga monand bulgan mexmondustlik, itoatkorlik, kattani xurmat qilish va shu kabilar xislatlari uning mentalitetini belgilaydi. Afsuski, menejment uchun zid bulgan tanish bilishchilik, karindosh-urugchilik kadrlar siyosatiga aks ta’sir kursatsa, berilgan vazifani o’z vaktida doimiy ravishda bajarilmaslik, ma’lum xolatda kengchilik kursatish ishning samarasiga salbiy ta’sir etadi.

Bozor iqtisodiyotiga utish davrida nafakat ushbu xususiyatlarni balki bozorga xos bulgan konuniyat va talablarni inobatga olish kerak.

2-chizmada bozor iqtisodiyotining belgilari keltirilgan. Unda bozor mexanizmini shakllanishdagi ta’sir ko’rsatuvchi omillar va kerakli shart-sharoitlar keltirlgan.

Tashki muxitni

muxofaza etish Demokratiya ximoyasi

Inson-xukukini ta’minlash






- Xujalik faoliyati erkinligi

- Kasb tanlash erkinligi

- Kelishuv erkinligi

- Birlashuv erkinligi

- Rakobat erkinligi

- Xususiy mulk erkinligi




Umumiy ximoya Iste’molchini ximoyasi

Axborotni kuriklash Iqtisodiy tizimni muxofaza etish

2 –chizma. Bozor iqtisodiyoti belgilari.

O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga utishda o’ziga xususiyatlari bor:


  • ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini modelini yaratish;

  • axoli tarkibida nafakaxur, yeshlar ko’pchiligini Tashkil etish;

  • malakali mutaxassislar yetishmasligi;

  • ishlab chiqarish tuzilmasi rivojlanmaganligi;

  • agrodavlat bulib ixtisoslashganligi;

  • dunyo bozoriga chiqish muammolari va boshqalar.


Yüklə 187 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə