Interfeys qism o‘z tarkibiga
MPXning manzilli registrlarini, manzil
shakllantiruvchi uzelni, MPdagi komandalarning buferi sanaladigan komandalar
registrlarining blokini, MPning ichki interfeys shinasini hamda kiritish-chiqarish
portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.
Kiritish-chiqarish portlari - ShKning tizim interfeysiga qarashli punktlar
bo‘lib, MP ayni shu punktlar orqali boshqa
qurilmalar bilan axborot
almashinadi. MPda hammasi bo‘lib 65536 ta portlar bo‘lishi mumkin. Har bir
port, xotira uyasining manziliga mos keluvchi manzilga, ya’ni
port raqamiga
ega. Ushbu manzil (port raqami) asosiy kompyuter xotirasining bir bo‘lagi emas,
balki kiritishchiqarish qurilmasining ushbu portdan foydalanuvchi qismi
sanaladi.
Qurilma porti o‘z ichiga ma’lumotlar almashinuvi va boshqaruvchi axborot
bilan almashinish uchun mo‘ljallangan ulash apparatlari va
ikkita xotira registrini
mujassam etadi. Ayrim tashqi qurilmalar almashinishi darkor bo‘lgan axborotning
katta hajmini saqlash uchun asosiy xotiradan ham foydalanadi. Aksariyat standart
qurilmalar (klavishlar majmui, printer, soprotsessor va shu kabi qurilmalar) o‘ziga
muntazam biriktirilgan kiritish-chiqarish portlariga ega.
Kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasi quyidagi
vazifalarni bajaradi:
port manzilini va ushbu manzil uchun boshqaruvchi (portni qabul yoki
uzatish rejimiga ulash va shu kabi) axborotni shakllantirish,
portdan
boshqaruvchi axborotni, portning ishga shayligi va holati
to‘g‘risidagi axborotni qabul qilish; kiritish-chiqarish qurulmasining porti bilan
MP o‘rtasidagi ma’lumotlar uchun tizim interfeysining boshidan oxirigacha
ketgan kanalni tashkillashtirish.
Kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini
boshqarish sxemasi portlar
bilan aloqa bog‘lash uchun yo‘riqlarning kodli shinasi (YKSh), manzillar va
tizim shinasidagi ma’lumotlardan
foydalanadi, ya’ni: MP portiga kirish
mobaynida YKSh orqali signal uzatadi. Ushbu signal barcha kiritish-chiqarish
qurilmalariga manzillarning kodli shinasidagi (MnzlKSh)
manzil port manzili
ekanligi haqida xabar beradi, so‘ngra xususan port manzilini uzatadi. Bunday
signalni qabul qilib, port manzili mos tushgan
qurilma ishga shay ekanligi
haqida javob qaytaradi va shundan so‘nggina MKSh orqali ma’lumotlar
almashinuvi ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: