otladka registrlari - 6 ta. Pentium mikroprotsessorlari uchun quyidagi o‘zgarishlari
kiritilgan oldin band qilib qo‘yilgan CR4 boshqarish registrlari qo‘llanilgan.
MSR registrlar guruxi kiritilgan.
Boshqarish registrlari.
Boshqarish registrlari
guruxiga beshta registr
kiritilgan, CR0, CR1, CR2, CR3, CR4. bu registrlarning vazifasi butun sistema ishini
boshqarish hisoblanadi. Mikrolprotsessor beshta boshqarish registrlariga ega bo‘lsa
ham, ulardan faqat to‘rtasi ishlatiladi. CR1 registri ishlatilmaydi, chunki uning
funksiyasi aniqlanmagan. CR0 registri mikroprotsessorning holatini
va uning ish
rejimiga tasvir etuvchi sistema flaglaridan tashkil topgan. Quyida ular bilan
tanishamiz:
PE (protect enoble) mikroprotsessorning joriy vaqtida qaysi ish rejimida
ishlayotganini ko‘rsatadi. Agar uning qiymati 1 bo‘lsa, himoya rejimi, 0 bo‘lsa real
rejim.
MP(math present) soprotsessor borligi .
TS(task switched) amallar orasida o‘tish (pereklyuchatel zadach).
AM(alignment mask)
tekislash maskasi, ushbu bit tekislashni boshqaradi.
CD(cache disable) kesh xotirani ta’kiklash, ushbu bit AM=1 da kesh xotira
borligiga ruxsat beradi, AM=0 bo‘lsa ta’kiklaydi.
PG(pa ging) xotirani sahifalashda ruxsat berish (Pg=1) yoki ta’kidlash (Pg=0)
CR2 registri tezkor xotiraning sahifa rejimida ishlatilib ma’lum vaziyatdan chiqib
ketishga mo‘ljallangan. Ushbu vaziyat quyidagicha:
Agar buyruq xotirada joriy vaqtda bo‘lmagan sahifa adresiga murojaat qilsa,
mikroprotsessor ushbu adresni CR2 registriga yozib qo‘yadi. Shu ma’lumotga qarab
kerakli sahifa topiladi va xotiraga yuklanadi. CR3
registri ham xotiraning
sahifalashda ishlatiladi. Ushbu registrni birinchi darajali sahifalar katalogi registri
deb atasak bo‘ladi. CR4 Pentium mikroprotsessorlarining turli modellariga paydo
bo‘lgan elementlarni xarakterlaydi.
Sistema adreslar registri, ushbu registrlar shuningdek
xotirani boshqarish
registrlari deb ham ataladi. Ular mikroprotsessorning multiamalli holatida
ma’lumotlarni va dasturlarni himoyalash uchun qo‘llaniladi. Himoyalangan rejimda
mikroprotsessor adresli muhiti 2 ga bo‘linadi:
Global – barcha vazifalar uchun umumiy .
Lokal – har bir vazifa uchun alohida.
Mikroprotsessor tarkibida quyidagi sistemali registrlar mavjud:
GDTR(global descriptor table register) 48 bit o‘lchamga ega, shundan 32 bit global
deskriptor jadvali va 16 bit GDT jadvali chegarasi.
LDTR(local descriptor table register) 16 bit o‘lchamga ega va LDT deskriptor
jadvali spektorini o‘z tarkibida saqlaydi.
IDTR(interrupt descriptor table register)
TR(task register) 16 bitli vazifa registri
Otladka registrlari, bu apparatli otladka
uchun mo‘ljallangan registrlar guruhidir. Apparatli otladka vositasi birinchi marta
i486 mikroprotsessorlarida paydo bo‘ldi. Apparatli qism tomonidan mikroprotsessor
8 ta otladka registridan iborat. Lekin real holda ularning faqatgina 6 tasi ishlatiladi.
DR0, DR1, DR2, DR3 registrlari 32 bit razryadga ega va 4 ta uzulish nuqtasi
adresini kursatishga xizmat qiladi. Dastur tomonidan yaraladigan har qanday adres
DR0…DR3 registrlari tarkibidagi adreslar bilan taqqoslanadi va mos tushgan
holatda 1 raqamini otladka generatsiya qilinadi. DR6 –otladka
holati registri deb
ataladi. Ushbu registr bitlarini ko‘rib chiqaylik:
B0 - agar ushbu bitda 1 o‘rnatilgan bo‘lsa, oxirgi uzulish DR0 registridan nazorat
nuqta natijasida ro‘y beradi.
V1 - V0 singari, faqat DR1 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V2 - V0 singari, faqat DR2 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V3 - V0 singari, faqat DR3 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
BD - otladka registrlarini himoyalash maqsadida ishdatiladi.
BS - eflages registrida tfq1 bo‘lsa 1 ni qabul qiladi.
BT - qopqon bit ISSTq1 bo‘lganda 1 ni qabul qiladi.
Ushbu registrlarda qolgan bitlar nollar bilan to‘ldiriladi.
DR7 – otladkani boshqarish registri deyiladi.
Soprotsessor registrlari.
Soprotsessor dasturiy modelida registrlarning 3 ta
guruhini ko‘rish mumkin:
1) soprotsessor stekini tashkil etuvchi R0…R7 nomdagi 8 ta registr. Har bir registr
o‘lchami 80 bitdan. Bu hol hisoblash algoritmlarini bajaruvchi qurilma uchun
xarakterli hisoblanadi. 2) uchta xizmatchi registr:
SWR (status word regiter) – soprotsessor holatini ifodalovchi registr. SWR
registrlarida oxirgi buyruq bajarilganda qanday cheklanish kelib chiqdi, soprotsessor
stekining yo’qorigi registrlari qaysiligini ko‘rsatuvchi maydonlar mavjud.
CWR (control word register) - soprotsessor ish rejimlarini boshqaradi. Ushbu
registrdan maydonlarga qarab
sonli hisoblashlar aniqligi, yaxlitlashni boshqarish,
o‘z ishlarini niqob qilish mumkin.
TWR (tags word register) teg so‘zlari R0..R7 registrlarining holatlarini
boshqarish uchun ishlatiladi.
3) ikkita ko‘rsatish registrlari:
DPR (data point regiter) ma’lumotlarni ko‘rsatgich registri
IPR (instruction poin register) buyruqlar ko‘rsatiladi.
Ular buyruq adres va ular operandi adresini eslab qolish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: