4-Mavzu: Xotira va uning ishlash imkoniyatlari.
Registrlar va ularning turlari.
Reja:
1.
Mikroprotsessor xotirasi
2.
Mikroprotsessorning interfeys qismi
3.
Registrlar va ularning turlari.
4.
Registrlar turlari va tasnifi.
5.
Mikroprotsessorning sistemali registrlari.
Tayanch so’zlar
.
Mikroprotsessor, xotira, axborot, saqlash, xotira
qurilmasi, registr, universal registrlar, tizim shinasi, global.
Mikroprotsessor xotirasi (MPX) - kichik hajmga ega xotira bo‘lsa ham-ki, u
haddan tashqari tez ishlaydi (bunda,
MPXga murojaat qilish vaqti, ya’ni ushbu
xotiradan
axborotni qidirib topish, yozish yoki solishtirib chiqarish uchun
sarflanadigan vaqt nanosoniyalarda o‘lchanadi).
Mazkur xotira qurilmasi axborotni
qisqa muddat davomida saqlash, yozib
olish va mashinaning hisoblarda ishtirok etayotgan
taktlariga bevosita uzatish
uchun mo‘ljallangan. MPX mashinaning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash
uchun qo‘llaniladi, negaki asosiy xotira qurilmasi tez ishlaydigan
mikroprotsessorning unumli ishlashi uchun zarur bo‘ladigan
axborot yozish,
qidirib topish va solishtirib chiqarish tezligini doim ham ta’minlay olmaydi.
Mikroprotsessor xotirasi razryadlik darajasi bitta mashina so‘zidan kam
bo‘lmagan tez ishlovchi registrlardan tashkil topgan. Registrlarning soni va
razryadlik darajasi turli mikroprotsessorlarda har-xil bo‘ladi.
Mikroprotsessor registrlari umummaqsadli registrlar
va maxsus registrlarga
farq qiladi.
Maxsus registrlar turli manzillarni (misol uchun, komandalar manzillarini),
bajarilgan operatsiyalarning alomatlarini, ShKning ish rejimlarini (misol uchun,
bayroqchalar registrlarini) va shu kabilarni saqlash uchun qo‘llaniladi.
Umummaqsadli registrlar universal registrlar bo‘lib,
har qanday axborotni
saqlash uchun qo‘llanilishi mumkin. Biroq, ularning ayrimlari bir qator amallar
ijrosiga majburiy ravishda jalb etilgan bo‘lishi shart.