razryadiga registrning bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada
saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
1)
Sonning kodini o‘zgartirish;
2)
Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish;
3)
Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;
4)
Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;
Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket
va paralel registrlarga
bo‘linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi
impulslar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi
impulsli signallar
konyuktorlar orqali registrlarga tushadi. Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab
2 turga bo‘linadi:
xotira (siljitmaydigan) registr;
siljituvchi registr.
Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz
. Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli
impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha razryad o‘ngga yoki chapga
siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo‘qoladi.
Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham
qo‘llaniladi. Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi.
Katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2
usulda
yozilishi mumkin.
Parallel kodlarda;
Ketma – ket kodlarda.
Ketma – ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining
kirishiga soni kichik razryaddan boshlab ketma – ket kodli signal impulsi
ko‘rinishida beriladi. Har bir razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi.
Natijada yozilgan ikkilik son bir razryad o‘ngga siljiydi. Siljituvchi impuls hamma
trigerlarni 0 holatga keltiradi. Bu holda trigerlarda yozilgan birlik signal impulsi shu
trigerlarning chiqishidan kichik razryadli trigerga ma’lum vaqt kechikib boradi.
Trigerlardagi o‘tkinchi protsesslar tugashi bilan registrdagi ikkilik son (kodli signal)
kichik razryadga siljiydi. Registrda soni hamma razryadlar yozib bulingandan keyin
“o‘qish” komandasi bilan chiqishdagi kon’yunktorlar orqali parallel kodli shinaga
uzatiladi.
Parallel kod bilan soni yozishda signal kodi kodli shinaga beriladi.
“Siljituvchi” komandasi bilan signal kodi bir razryad o‘ngga siljiydi.
N razryad
siljitish uchun n marta siljituvchi impuls berish kerak. Shunday qilib bitta registr
yordamida soni parallel kodini ketma – ket kodiga aylantirish mumkin. Sonni
chapga siljitish uchun kichik razryadli trigerni birlik
chiqishini kechiktiruvchi
element orqali katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulash kerak. Ko‘pincha
EHM larda zahira siljituvchi registrlar ham ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi paytda
registrlar integral mikrosxema ko‘rinishda ishlab chiqarilmokda.
Trigerlar, xotira va arifmetik qurilmaning asosiy elementi hisoblanadi. U 2 ta
turg‘un holatga ega bo‘lgan elektron qurilmadir. U ikki kaskadli simmetrik
qarshilikli kuchaytirgichdan iborat bo‘lib kaskadlar orasida 100 % li musbat teskari
bog‘lanishi amalga oshirilgan. Hisoblash texnikasida
trigerlar xotira qurilmasi
sifatida qo‘llaniladi.
Trigger kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta’sirida u bir turg‘un
holidan ikkinchi turg‘un holatga o‘tadi. Uning bitta turg‘un holati mantiqiy 1 deb,
ikkinchisi 0 deb qabul qilinadi. Trigerni kirishiga beriladigan har bir signalga
muvofik u o‘z holatini o‘zgartirishi uchun hisobli kirish rejimi qo‘llanildi. Buning
uchun trigerni alohida kirishlari o‘zaro birlashtirib ulanadi.
Trigerlar amalda inersiyasiz bo‘lib 1 sekunda 106 marta qayta-qayta ulanib
turishi mumkin. Trigerlar asosida EHM larni registrlari,
hisoblagichlari va
jamlagichlari yig‘iladi. Trigerlar integral mikrosxema asosida ish chiqilmokda.
Trigerlar axborotni saqlash usuliga ko‘ra asinxron va sinxron trigerlarga bo‘linadi.
Asinxron trigerlarda axborot vaqtning istalgan momentida kirish signalining
o‘zgarishi bilan o‘zgarishi mumkin.Sinxron trigerlarda ularning chiqishlaridagi
axborot vaqtning aniq momentida sinxron signal berilgandagina o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: