1. Moddiy zaxira tushunchasi. Zaxiralar hosil qilishning zarurligi. Zaxiralarning asosiy turlari


Zaxiralar hosil qilishning zarurligi



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü72,03 Kb.
#165348
1   2   3   4   5   6
Qishloq xo‘jaligi logistikada ombor xo’jaligi.

2.Zaxiralar hosil qilishning zarurligi.
Ishbilarmonlar moddiy zaxiralarni yaratayotganda tayanadigan asosiy omillar quyidagilar.
Talabning o‘zgarish ehtimoli (chiquvchi moddiy oqim intensivligini bashorat qilib bo‘lmaydigan pasayishi). Tovarga bo‘lgan talab o‘zgarib turadi, va uni o‘zgari-shini har doim ham oldindan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun, agarda yetarlicha zaxira-ga ega bo‘lmasa to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan talab qondirilmasligi mumkin, ya’ni ishbilarmonda tovar bo‘lmagandan keyin mijozning puli o‘zida qolib u xaridsiz ke-tib qoladi.
Tovarlarning ayrim turlariga bo‘lgan talabni mavsumiy o‘zgarishi. Bu ay-niqsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishlidir. Masalan, O‘zbekistonda kar-toshka hosili yig‘iladi. Ammo kartoshka oqimlari tovar o‘tkazuvchi zanjirlar (bo-zorlar, do‘konlar) bo‘ylab yil davomida xarakatlanadi. Demak, qayerdadir zaxira yi-g‘ilishi lozim bo‘ladi.
Tovarlarning yirik partiyalarini xarid qilganlarga beriladigan chegirma-lar ham zaxiralar yaratishning sababchisi bo‘lishi mumkin (ayrim yurtdoshlarimiz aynan shu sababli uylarida oziq-ovqatlarning nisbatan katta zaxiralarini saqlay-dilar).
Mahsulotlarni olib-sotish. Ayrim tovarlarning narxi keskin oshib ketishi mumkin. Bu oshishni oldindan ko‘ra bilgan korxona, bozor narxini o‘zgarishi hisobi-ga foyda olishni ko‘zlab zaxira yaratadi.
Buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan xara-jatlarning kamayishi.
Har bir yangi buyurtmani rasmiylashtirish va yetkazish jarayoni qator xarajat-lar bilan kuzatiladi:
ma’muriy xarajatlar: yetkazib beruvchini izlash, u bilan muzokaralar olib bo-rish, xizmat safarlari, shaharlararo telefonda so‘zlashuvlar va hokazolar;
buyurtmani tashishga bo‘lgan xarajatlar;
Bu xarajatlarni, buyurtmalar miqdorini kamaytirgan xolda, pasaytirish mum-kin. Bu esa buyuriladigan partiya hajmini oshishiga, va zaxira ko‘payishiga olib ke-ladi.
Yetkazishlarning belgilangan grafigini buzilish ehtimoli (kiruvchi moddiy oqim intensivligini bashorat qilib bo‘lmaydigan pasayishi). Bunday holda, savdo jarayoni to‘xtab qolmasligi uchun, zaxiralar zarur bo‘ladi. Bu ayniqsa korxona daro-madini shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydigan tovarlar uchun muhimdir.
Ishlab-chiqarishda esa, jarayonlarning rejalashtirilmagan to‘xtab qolishi, ish-lab-chiqarishning uzluksiz sikliga ega bo‘lgan korxonalar uchun ayniqsa xavflidir.
Mahsulot birligini ishlab-chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni kamayti-rish. Mahsulotlarni talab paydo bo‘lgan sari kichik partiyalar bilan ishlab-chiqa-rish mumkin. Unda zaxiralar kichik bo‘ladi, ammo bir birlik mahsulot tannarxi oshadi. Ikkinchi variant – bitta katta partiya ishlab-chiqarish va tayyor mahsulotni zaxirada saqlab turish. Bunday holda, zaxira oshgan taqdirda ham, bir birlik mahsu-lot tannarxi pasayishi mumkin.
Ishlab-chiqarish va taqsimot operatsiyalarini bir tekisda amalga oshirish imkoniyati. Faoliyatning bu ikkita turi o‘zaro bog‘langan bo‘ladi: ishlab-chiqaril-gan narsagina taqsimlanishi mumkin. Zaxiralar yo‘qligida, taqsimot tizimidagi moddiy oqimlar intensivligi ishlab-chiqarish intensivligini o‘zgarishlariga muvo-fiq ravishda o‘zgarib turadi. Taqsimot tizimida zaxiralarning mavjudligi, ishlab-chiqarishdagi vaziyatdan qat’iy nazar, realizatsiya jarayonini yanada tekisroq amalga oshirishga imkon beradi.
O‘z navbatida, ishlab-chiqarish zaxiralarining mavjudligi, xom-ashyo yetkazishda-gi o‘zgarib turishlarni tekislab, ishlab-chiqarish jarayonining bir tekisligini ta’-minlaydi.
Xaridorga tezda xizmat ko‘rsatish imkoniyati. Xaridor buyurtmasini quyi-dagi usullarning biri bilan bajarish mumkin:
buyurilgan tovarni ishlab-chiqarish;
buyurilgan tovarni sotib olish;
buyurilgan tovarni mavjud zaxiradan tezda olib berish;
Oxirgi usul, odatda, eng qimmat bo‘ladi, chunki u zaxiralarni saqlashni talab etadi. Ammo raqobat muxitida aynan ushbu omil hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Ehtiyot qismlar bo‘lmaganligi uchun yuzaga keladigan ishlab-chiqarishdagi to‘xtashlarni kamaytirish. Asbob-uskunalarni ishdan chiqishi, ehtiyot qismlar-ning zaxirasi bo‘lmagan taqdirda, ishlab-chiqarish jarayonining to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Bu ayniqsa uzluksiz ishlab-chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan kor-xonalar uchun muhimdir, chunki ishlab-chiqarishning to‘xtab qolishi ular uchun qim-matga tushishi mumkin.
Ishlab-chiqarishni boshqarish jarayonining soddalashuvi. Bunda korxona ichi-dagi ishlab-chiqarish jarayonining turli bosqichlarida yarim tayyor mahsulotlar zaxi-ralarini yaratish tushuniladi. Ushbu zaxiralarning mavjudligi har xil uchastkalar-dagi ishlab-chiqarish jarayonlarining o‘zaro kelishuvchanligiga bo‘lgan talablarni pa-saytirish imkonini beradi.
Yuqorida qayd etilgan tamoyillarda ta’kidlanishicha ishlab-chiqarish, savdo va boshqa sohalarda ham zaxiralarni yaratish maqsadga muvofiqdir, aks holda xarajat-lar oshib ketadi. Shu bilan birga zaxiralarning optimal kattaligini topish ham mu-him ahamiyat kasb etadi.
Jarayonlarni logistik tarzda tashkil etilishi, zaxiralar darajasini oshirmas-dan bir birlik mahsulotni ishlab-chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ka-maytirishga, extiyot qismlarining yo‘qligi sababli, ishlab-chiqarishda yuzaga kelgan to‘xtashlarni minimallaashtirishga, va zaxiralarning qator boshqa funksiyalarini amalga oshirishga imkon beradi.



Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə