1. Moddiy zaxira tushunchasi. Zaxiralar hosil qilishning zarurligi. Zaxiralarning asosiy turlari



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü72,03 Kb.
#165348
1   2   3   4   5   6
Qishloq xo‘jaligi logistikada ombor xo’jaligi.

3.Zaxiralarning asosiy turlari.

  • Ta’kidlab o‘tilganidek, zaxira tushunchasi moddiy ishlab-chiqarishning barcha sohalariga tegishlidir. Chunki moddiy oqim xom-ashyo manbaidan so‘nggi iste’molchi-gacha bo‘lgan «zanjirni» istalgan bo‘g‘inida zaxira ko‘rinishida to‘planishi mumkin. Har bir bo‘g‘indagi zaxiralarni boshqarish esa o‘z xususiyatlariga egadir.

  • Yuqorida tilga olingan «zanjir» bo‘ylab xarakatlanish chog‘ida zaxiralarning 2 ta asosiy turi yaratiladi (9.1-rasm):

  • ishlab-chiqarish zaxiralari;

  • tovar zaxiralari;

  • O‘z navbatida ularning har biri ham uchta turga bo‘linadi:

  • joriy zaxiralar;

  • ehtiyot zaxiralar;

  • mavsumiy zaxiralar;

  • Ishlab-chiqarish zaxiralari – bu ishlab-chiqarish iste’moli uchun mo‘ljallan-gan, moddiy ishlab-chiqarishning barcha tarmoqlari korxonalarida mavjud bo‘lgan za-xiralardir. Bu zaxirani yaratishdan maqsad – ishlab-chiqarish jarayonini uzluksizli-gini ta’minlashdir. Misol tariqasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ish-lash korxonasidagi ushbu mahsulotlar zaxirasini keltirish mumkin.

  • Tovar zaxiralari – bu ishlab-chiqaruvchi korxonalardagi tayyor mahsulot zaxi-ralari, va shuningdek yetkazib beruvchidan iste’molchiga qadar bo‘lgan yo‘ldagi zaxi-ralardir (ulgurji va chakana savdo korxonalaridagi).

  • Tovar zaxiralari o‘z navbatida ishlab-chiqarish vositalarining tovar zaxirala-ri va iste’mol buyumlarining tovar zaxiralariga bo‘linadi. Masalan, traktor ish-lab-chiqarish uchun lozim bo‘lgan qismlar (shina, motor va x.) zaxirasi bu ishlab-chiqa-rish vositalari tovar zaxirasidir. Turli xil sharbatlar, yog‘, sut mahsulotlarining zaxirasi esa bu iste’mol buyumlarining tovar zaxiralariga kiradi.

  • Aytib o‘tilganidek ishlab-chiqarish zaxiralari ham joriy, ehtiyot va mavsumiy-larga bo‘linadi.

  • Joriy zaxiralar – ishlab-chiqarish va tovar zaxiralarining asosiy qismini tashkil etadi. Zaxiralarning bu kategoriyasi, keyingi yetkazishlargacha bo‘lgan davr ichida ishlab-chiqarish yoki savdo jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Joriy zaxiralar hajmi doimo o‘zgarib turadi.

  • Ehtiyot zaxiralari – turli xil ko‘zda tutilmagan hollarda ishlab-chiqarish yoki savdo jarayonini uzluksizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangandir. Bunday hol-larga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • yetkazishlar davriyligi va kattaligi shartnomadagidan farq qilishi;

  • materiallar va tovarlarning turli sabablar bilan yo‘lda to‘xtab qolishi;

  • talabni kutilmagan oshib ketishi;

  • Shunday qilib, ehtiyot zaxiralari yaxshi rivojlanmagan xo‘jalik munosabatlari va noto‘g‘ri bashoratlardan o‘zini asrash uchun yaratiladi.

  • Ehtiyot zaxiralarining hajmi, odatda, o‘zgarmas bo‘ladi.

  • Mavsumiy zaxiralar – ishlab-chiqarish, iste’mol yoki tashish mavsumiy xusu-siyatga ega bo‘lganda paydo bo‘ladilar. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab-chiqarish, qayta ishlash va tashish uchun ayniqsa muhimdir. Misol tariqasida yig‘im-terim mavsumida yoqilg‘i iste’molini keltirish mumkin. Qishloq xo‘jaligi ishlab-chiqarishining mavsumiyligini hisobga olgan holda unga tegishli deyarli barcha zaxiralar mavsumiy deb hisoblanishlari mumkin.

  • Bundan tashqari moddiy zaxiralarning quyidagi turlari mavjud:

  • o‘tuvchi;

  • tayyorgarlikli;

  • nolikvid;

  • yo‘ldagi zaxiralar va b.;




Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə