1. Moddiy zaxira tushunchasi. Zaxiralar hosil qilishning zarurligi. Zaxiralarning asosiy turlari


rasm. Zaxiralarni saqlashga bo‘lgan xarajatlarni buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligi



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü72,03 Kb.
#165348
1   2   3   4   5   6
Qishloq xo‘jaligi logistikada ombor xo’jaligi.

rasm. Zaxiralarni saqlashga bo‘lgan xarajatlarni buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligi.


rasm. Transport-tayyorlov va saqlash xarajatlari summasini buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligi.
Sопт – buyurtmaning optimal o‘lchami.
Buyurtmaning optimal o‘lchamini aniqlash masalasi analitik usul bilan ham yechilishi mumkin. Buning uchun transport-tayyorlov va saqlash xarajatlari summasi-ni aks ettiruvchi funksiyani minimumga intilishi shartlarini aniqlash lozim, ya’ni:
С ум.= Ссақ. + Стр. min (7.1)
бу ерда:
Сум. – tashish va saqlashga bo‘lgan umumiy xarajatlar;
Ссақ. – zaxirani saqlashga bo‘lgan xarajatlar;
Стр. – transport-tayyorlov xarajatlari;
Tasavvur qilaylik, aniq bir davr ichidagi aylanma kattaligi Q.ni tashkil et-sin. Bitta buyuriladigan va yetkaziladigan partiyaning o‘lchami S. Oldingi partiya tu-gab bo‘lgandan so‘nggina keyingisi olib kelinadi. Unda zaxiraning o‘rtacha qiymati S/2 ga teng bo‘ladi.
Zaxirani saqlash uchun (M) tarifni kiritamiz. M – T davr ichidagi saqlash xara-jatlarini o‘sha davrdagi o‘rtacha zaxira qiymatidagi ulushi bilan o‘lchanadi. Masalan, M=0,1 bo‘lsa, demak zaxirani saqlash bo‘yicha xarajatlar, uning o‘rtacha qiymatini 10% ni tashkil etadi. Shuningdek, bir birlik tovarni saqlash xarajatlari ham, uning qiymatini 10%ni tashkil etadi.
Endi T davr ichida tovarlarni saqlashga bo‘lgan xarajatlarni hisoblash mum-kin:
(7.2)
T davr ichidagi transport-tayyorlov xarajatlarining o‘lchami, buyurtmalar soni-ni, bitta buyurtmani olib kelish bilan bog‘liq xarajatlarga ko‘paytmasi bilan aniq-lanadi.
(7.3)
bunda:
K-bitta buyurtmaga bo‘lgan transport-tayyorlov xarajatlari;
Q/S - T davrdagi buyurtmalar miqdori;
Olingan ifodalarni joy-joyiga qo‘yib chiqib, olib kelinadigan partiyaning optimal o‘lchamini topamiz. (Sопт.)
С ум.= Ссақ. + Стр. min
(7.4)
Сум, uning S bo‘yicha birinchi hosilasi nolga teng, ikkinchisi esa noldan katta bo‘lgan nuqtada, minimumga erishadi. Birinchi xosilani topamiz:
(7.5)
(7.6)
Maqsadli funksiya hosilasini nolga olib keluvchi Sning qiymatini topamiz:
(7.7)
bundan
(7.8)
Tekshiruv, ikkinchi hosilani noldan katta ekanligini ko‘rsatadi. Demak, topil-gan Sopt. yetkazish va saqlashga bo‘lgan xarajatlar summasini minimumini ta’minlay-di.
Buyurtmaning optimal o‘lchamini hisoblashga imkon beruvchi ushbu formula, za-xiralarni boshqarish nazariyasida Uilson formulasi deb nomlanadi. [Gadjinskiy]
Buyurtmaning optimal o‘lchamini hisoblashga doir misolni ko‘rib chiqamiz. Bosh-lang‘ich ma’lumotlar sifatida quyidagi kattaliklarni olamiz.
Bir birlik tovar qiymati – 40 so‘m (0,04 ming so‘m)
Berilgan tovar pozitsiyasi bo‘yicha omborning oylik aylanmasi (oboroti):
Q’= 500 birlik/oy, yoki Q = 20 ming so‘m/oy.
Tovarni saqlash xarajatlari, uning qiymatini 10%ga teng, ya’ni M=0,1.
Bitta buyurtmani joylashtirish va yetkazish bilan bog‘liq transport-tayyorlov xarajatlari: K=0,25 ming so‘m
Bunda yetkazilayotgan buyurtmaning optimal o‘lchami:
ming.so‘m
Agarda aylanma (oborot) hajmini natural birliklarda ifodalaganda, hisob boshqacha shaklga ega bo‘ladi:
(7.9)
bu yerda:
Q’ – natural birliklarda ifodalangan aylanma hajmi (bizning misolimizda Q’=500 birlik)
R – bir birlik tovarning qiymati (bizning misolimizda R = 0,04 ming so‘m)
бирлик
Ravshanki, tovarni bir oy ichida ikki marotaba yetkazish maqsadga muvofiq bo‘la-di: 20 m.s. : 10 m.s. = 2 marta
Bu xolda transport-tayyorlov va saqlash xarajatlari:
ming so‘m
Olingan natijalarni e’tiborga olmaslik, xarajatlarni oshib ketishiga olib keladi. Masalan: 12 ming so‘mga teng bo‘lgan partiya olib kelinganda (ya’ni S=12)
ming so‘m
8 ming so‘mga teng bo‘lgan partiya olib kelinganda (ya’ni S=8) esa:
минг сўм
Buyuriladigan partiya hajmini aniqlashdagi 20% lik xatolik, bizning misoli-mizda korxonaning tashish va saqlash bo‘yicha oylik xarajatlarini 2% ga oshiradi. Buni depozit jamg‘armasining stavkasi bilan tenglashtirish mumkin. Boshqacha qi-lib aytganda, Agrologistika menedjerining ushbu xatosi, pullarni depozitda «ishlat-masdan», ushlab turgan moliyachi xatosi bilan baravardir.
2.Buyurtmaning optimal o‘lchami formulasining qo‘llanilishi
Uilson formulasidagi K va M kattaliklarini hisoblash, transport-tayyorlov va saqlash xarajatlari smetalarini tuzish asosida amalga oshiriladi. Ushbu hisob-lashlarning har biri bilan tanishib chiqamiz:
Bitta buyurtmaga bo‘lgan transport-tayyorlov xarajatlari (K kattaligi), o‘tgan davrdagi transport-tayyorlov xarajatlarini ushbu davrda qabul qilingan buyurtma-larga nisbati bilan aniqlanadi.
Transport-tayyorlov xarajatlarining smetasi, quyidagi xarajat turlarini o‘z ichiga oladi:
К1 – yetkazish shartnomasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni xizmat safarlariga, muzokaralar olib borishga va b. bo‘lgan xarajatlar;
К2 – yetkazish jarayonida yukni qo‘riqlashga bo‘lgan xarajatlar;
К3 – sug‘urta xarajatlari;
К4 – tashish xarajatlari;
К5 – buyurtmani joylashtirish va bajarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
Umumiy transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(7.10)
bu yerda:

  1. L – belgilangan davrda joylashtirilgan (qabul qilingan) va bajarilgan buyurt-malar miqdori.

  2. T davr ichidagi saqlash xarajatlarini, ushbu davrdagi o‘rtacha zaxira qiyma-tidagi ulushini (M kattaligi) hisoblash ham bir necha moddalarni o‘z ichiga oladi:

m1 – zaxiralar qiymatini to‘lash uchun zarur bo‘lgan kredit bo‘yicha foizlar.
U quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
(7.11)
bu yerda:
Sбирлик – buyurtmaning natural ko‘rinishidagi hajmi;
Р – bir birlik tovarni sotib olish bahosi, so‘m;
б – kredit bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi;
m2 – zaxiralarni saqlash bilan bog‘liq xodimlarning ish xaqi;
m3 – zaxiralarni saqlashda ishlatiladigan binolar va uskunalar amortizatsiya-si;
m4 – ma’muriy xarajatlar va kommunal xizmatlar;
m5 – qo‘riqlash, yo‘qotishlar va zaxiralarni saqlash bilan bog‘liq boshqa joriy xarajatlar;
M kattaligi, ya’ni T davrdagi zaxiralarni saqlash xarajatlarining ushbu davr-dagi o‘rtacha zaxira qiymatidagi ulushi, quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
(7.12)

Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə