1. Moddiy zaxira tushunchasi. Zaxiralar hosil qilishning zarurligi. Zaxiralarning asosiy turlari


rasm. Moddiy zaxiralarning asosiy turlari



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü72,03 Kb.
#165348
1   2   3   4   5   6
Qishloq xo‘jaligi logistikada ombor xo’jaligi.

rasm. Moddiy zaxiralarning asosiy turlari
O‘tuvchi zaxiralarga hisob davrining oxiridagi moddiy vositalar resursla-rining qoldiqlari kiradi. Zaxiralarning ushbu turi hisob davridan keyingi davr-dagi yetkazishgacha bo‘lgan vaqt ichida uzluksizlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Tayyorgarlikli zaxiralar – bu ishlab-chiqarish jarayonida ishlatishdan oldin qo‘shimcha tayyorgarlikni talab qiluvchi ishlab-chiqarish zaxiralarining bir qismi-dir.
Nolikvid zaxiralar – bu uzoq vaqt davomida ishlatilmaydigan ishlab-chiqa-rish yoki tovar zaxiralaridir. Ular, saqlash jarayonida tovarlar sifatining yomonla-shishi, ma’naviy eskirishi munosabati bilan paydo bo‘ladilar. Shuningdek bu zaxi-ralarga, endilikda ishlab-chiqarilmaydigan mahsulot uchun mo‘ljallangan zaxiralar ham kiradi.
Yo‘ldagi zaxiralar – bu hisob vaqtida tashilayotgan, ya’ni yo‘lda bo‘lgan zaxira-lardir. Zaxiralarni yo‘ldagi vaqti deganda, transportga ortilganidan to manzilgacha yetib kelishi uchun sarflangan vaqt tushuniladi. Bu ko‘rsatkich shartnomada kelishil-gan, hamda turli transportlar uchun mavjud me’yorlar bo‘yicha belgilanadi.


4.Zaxira o‘lchamini aniqlash
Buyurtma qilinadigan partiyaning optimal o‘lchamini aniqlash.
Zaxiralarni to‘ldirish tizimi tanlangandan so‘ng, buyurtma kattaligini va tak-rorlanish vaqtini miqdoran aniqlash lozim bo‘ladi.
Buyurtmaning optimal kattaligi va chastotasi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘la-di:
talab hajmi;
transport-tayyorlov xarajatlari;
zaxirani saqlashga bo‘lgan xarajatlar.
Buyurtma o‘lchami oshganda transport-tayyorlov xarajatlari kamayadi, chunki to-varlarni sotib olish va tashish katta partiyalarda, va demak kamroq amalga oshiri-ladi. Bu bog‘liqlikning grafigi 7.2.-rasmda tasvirlangan.


rasm. Transport-tayyorlov xarajatlarini buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligi.
Optimallik mezoni sifatida transport-tayyorlov va saqlashga bo‘lgan xarajat-lar summasining minimumi olinadi.
Ushbu ikkala xarajatlar ham buyurtma o‘lchamiga bog‘liq, ammo ularning bog‘liq-lik darajalari turlicha.
Saqlashga bo‘lgan xarajatlar esa buyurtma o‘lchamiga to‘g‘ri proporsionaldir. Bu bog‘liqlikning grafigi 7.3.-rasmda keltirilgan.
Yuqoridagi ikkita grafikni qo‘shib, transport-tayyorlov va saqlash xarajatla-rini buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligini aks ettiruvchi egri chiziqqa ega bo‘lamiz. Ko‘rib turganimizdek bu egri chiziq minimum nuqtasiga ega, aynan shu nuqtada xarajatlar yig‘indisi minimumga teng bo‘ladi. Ushbu nuqtaning abssissasi esa buyurtmaning op-timal o‘lchami qiymatini aks ettiradi.



Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə