1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Mahalliy



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə281/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   296
hisob raqam kod

90965 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: inkassoga qabul qilingan mahalliy veksellarning, trattalarning yoki cheklarning, shuningdek boshqa hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraqda to‘lov hujjatlari to‘lovlar muddati kelgunga qadar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96323 — “Inkassoga qabul qilingan mahalliy (ichki) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy veksellarning, trattalarning yoki cheklarning, shuningdek inkassoga qabul qilingan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq yoki qisman-qisman qilib to‘langan hujjatlarning summasi hamda akseptdan rad qilish natijasida qaytarilgan yoki 90963 — “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan hujjatlarning summalari aks ettiriladi. Tahliliy hisob mijozlar va inkassoga qabul qilingan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90966 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96321 — “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘liq qoplangan sotib olingan debitorlik qarzlar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90969 Barter shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank mijozlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan kontragentlari bilan o‘zaro tovar yetkazib berishlik asosida tuzgan barter shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96317 — “Barter shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq dir.
Hisobvaraqning debetida barter shartnomasining umumiy summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qabul qilingan tovar va amalga oshirilgan majburiy sotish qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir barter shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə