1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Inkassoga jo‘natilgan veksellar — Xorijiy



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə283/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   296
hisob raqam kod

90986 Inkassoga jo‘natilgan veksellar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat krediti hisobiga to‘lovni olish uchun chet elga jo‘natilgan inkasso operatsiyalari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlardan bank tomonidan qabul qilingan tovar hujjatlari va trattalari, shuningdek akseptlangan trattalarning; tijorat krediti hisobiga to‘lov uchun chet elga jo‘natilgan va to‘lovi akkreditivlar bilan ta’minlanuvchi trattalar va veksellardan tashqari xorijiy banklarda joylashgan akseptlangan trattalar hamda veksellarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96330 — “Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida chet elga inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning va akseptlangan trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan hujjatlarning va/yoki xorijiy banklar tomonidan akseptlangan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xorijiy vakil (korrespondent)-bank, mijoz va inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib borilada.
90993 Kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu hisobvaraqda mijozlar foydasiga bank tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan kafolat va kafilliklarning, shuningdek bank tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan (avalirovannix bankom) veksellarining nominal qiymati hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96337 — “Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kafolatlarning summasi, shuningdek bank tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilgan, shuningdek foydalanilmagan va o‘rnatilgan tartibda muddati o‘tishi bilan yo‘q qilingan kafolatlarning summasi, shuningdek bank tomonidan kafillik berilgan boshqa emitentlarni qoplangan veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kafolat bo‘yicha, shuningdek avallashtirilgan veksellarning turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə