1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə53/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   296
hisob raqam kod

10511 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari bo‘yicha berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan bo‘lgan qoplangan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10513 Plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar mijozlarining plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar mijozlarining plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olish uchun pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklar mijozlarining plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan bo‘lgan qoplangan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10597 Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan depozitlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarga qo‘yilgan depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga qo‘yilgan depozitlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə